|
Sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanish tarixi. Asosiy tushuncha va atamalar
|
bet | 2/10 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #112862 |
Bog'liq Sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanish tarixi. Asosiy tushunAsosiy tushuncha va atamalar
Algoritm - bu har qanday masalani yechish uchun aniq ketma - ketlik aniqlab va ko‘rsatib beruvchi qoida hisoblanadi.
Intellektual masalalar - bu shunday algoritm yaratish yoki topish kerakki, u aniq fikrlash, mantiqiy isbotlangan va juda yuqori darajali aniqlik bilan yechimini topish kerak bo‘lgan masalalar hisoblanadi.
Intellektual tizim (IT) - bu dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan texnikaviy qurilma (kompyuter) bo‘lib, tashqi xolat va ta’sirlarga qarab o‘z parametrlarini sozlab, masalani yechish qobiliyatiga ega bo‘lgan qurilma hisoblanadi.
Intellektual informatsion tizim (IIT) - bu vositalar, usullar va inson bir-biri bilan bog‘langan uyushma bo‘lib, ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish qobiliyatiga ega bo‘lgan, hamda qo‘yilgan masalani yechish uchun o‘z parametrlarini tashqi xodisalarga qarab sozlay oladigan vosita hisoblanadi.
Sun’iy intellekt (SI) - bu dasturiy muhitning shunday tizimiki, unda inson tafakkuri kompyuter jarayoniga imitatsiyalangan. Sun’iy intelekt atamasi 1956-yilda Stenford universiteti (AQSh) tomonidan taklif qilingan.
Intellekt - bu maqsadga erishishda zarur bo‘ladigan faktlar va usullar to‘plamidan iborat.
Dispetcher - bu bilimlar bazasidan qachon va qay tartibda qoidalarni qabul qilishni boshqarib turadigan mexanizm qismi.
Ekspert tizim - bu oldindan mo‘ljallab qo‘yilgan va boshqa bilimlardan ajratilgan soxa bilimlariga asoslangan dastur.
Sun’iy intellekt ustida ishlayotgan jahondagi o‘n kompaniya
1 .Numenta Sun’iy intellekt har qadamimizda uchraydi. Hozirda smartfondan tortib avtomobilgacha sun’iy intellekt bilan ta’minlanmoqda. Ko‘plab jahonga taniqli kompaniyalar “aqlli mashina” yaratish yo‘lida izlanayotibdi. Quyida sun’iy intellekt yaratayotgan o‘n kompaniyani e’tiboringizga havola etamiz.
2.Scaled Inference 2011 yildan beri mavjud, ammo biror yangilik yaratganligi xususida darak yo‘q. Yaqinda IBM kompaniyasi Numenta izlanishlariga homiylik qilishini e’lon qildi. Kompaniya qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonini kosmosdan turib o‘rganadi. Bu jamoa Googlening sobiq xodimlaridan tashkil topgan. Yaqinda xizmat ko‘rsatish va dasturiy ilovalar mavzuidagi sun’iy intellekt yaratish loyihasi qisqa muddatda 8 mln dollar investitsiya to‘pladi.
|
| |