|
Sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanish tarixi. Asosiy tushuncha va atamalar
|
bet | 3/10 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #112862 |
Bog'liq Sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanish tarixi. Asosiy tushun3.Amazon Bu kompaniya savdo maqsadida internetdan foydalanishni boshlab bergan ilk qaldirg‘ochlardan. Hozir dunyo miqyosida faoliyat yuritayotgan onlayn-tijorat markazi sanaladi. Muvaffaqiyatli tijorat yuritish, savdoni tez tahlil etish va tushumni oshirish maqsadida korporatsiya injenerlari sun’iy intellekt ishlab chiqargan.
4.Nuance AQShda ancha yillardan beri faoliyat yuritmoqda. Nutqi va eshitishida nuqsoni bor kishilar uchun sun’iy intellekt yaratish yo‘lida izlanadi. Uning dasturi inson nutqini anglash va jonli tarzda qayta tiklashga qaratilgan.
5.Henson robotics Ushbu kompaniya rosmana robotlar yaratish yo‘lida izlanadi. 2002 yilda Kanada ko‘rgazmasida ixtirolarini namoyish qilgan. 2005 yilda esa Eynshteynga qiyofadosh robotini yasagan. Xenson Eynshteynning elastik yuzini yaratgan, koreyalik olimlar esa robotning harakatlanuvchi tanasini ishlab chiqqan. Hozirda kompaniyaning eng mashhur roboti nomi Ham. U inson mimikasini ko‘chira oladi.
6.Microsoft
Sun’iy intellektga ega aqlli yordamchilar yaratish uchun izlanish olib bormoqda. Oxirgi loyihasi nomi – “Eynshteyn” deb ataladi. Bu Google new yoki Apple Siriga o‘xshash yangilik bo‘ladi.
7.Facebook Bu kompaniya sun’iy intellekt yordamida ijtimoiy tarmoqlardagi reklama bo‘yicha o‘zgarish yasamoqchi. Shuningdek, zo‘ravonlik aks etgan videolarni aniqlash va spamni elakdan o‘tkazish texnologiyalari ustida ishlamoqda.
8.Apple
“Tishlangan olma” kompaniyasining telefon va boshqa qurilmalari allaqachon sun’iy intellektga ega bo‘lgan. Kompaniya hozir Siri loyihasi ustida ishlayapti. Bu iOS tizimi uchun ishlangan savol-javob tizimi bo‘lib, smartfon egasining ovozini taniydi va savolga yarasha javob beradi.
9.Google
Hozir guglchilar oddiy mavzularda bo‘lsa-da savol-javob qila oladigan mashina yaratishga yeng shimargan. Sun’iy intellektli suhbatdosh nomini, qayerda va qachon dunyoga kelganini ayta oladi, kinofilm subtitrlarini “o‘qib” axborotni eng sodda tarzda qabul qiladi, ammo ma’lumot uzatilishida izchillik yo‘qligi uning kamchiligidir.
10.IBM IBM birinchilardan bo‘lib sun’iy intellekt yaratishga kirishgan ulkan kompaniyalardandir. Qolaversa, sun’iy intellekt yaratayotgan kompaniyalarni moliyaviy jihatdan qo‘llab turadi.
|
| |