|
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tasarrufidagi
|
bet | 14/17 | Sana | 12.07.2024 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #267425 |
Bog'liq 4-Informatikadan to’garak dasturi va qilingan ishlar bo’yicha qaydnomasi3–misol. Amal bajarilsin: 19632107 + 19702202. Bu amalni qanday bajargan bo’lar edingiz? Ha, to’gri, bu sonlarni ustun ko’rinishida deyarli quyidagicha qo’shasiz:
1) sonlar xonalari mos keladigan tartibda tagma tag yozib olinsin;
2) sonlarni birlik xonasidagi raqamlarini qo’shib, natijani birlik raqami birliklar tagiga yozilib, o’nlik raqami dilda saqlansin;
3) sonlarni o’nlikdagi raqamlarini va dildagi raqam qo’shilib, natijani birlik raqami o’nliklar tagiga yozilib, o’nlik raqami dilda saqlansin;
va 3-banddagi qoida yuzliklar, mingliklar va hokazo uchun takrorlanadi. Bu amallar quyidagi ko’rinishda sizga juda tanish:
+19632107
|
19702202
|
39334309
|
Yuqoridagi misollarda keltirilgan amallar ketma-ketligi, boshqacha aytganda, ko’rsatmalar yoki buyruqlar ketma-ketligi biror kishi tomonidan bajarilgach, ko’zlangan maqsadga erishiladi. Hayotimizda har kuni va har soatda uchrab turadigan turli qoidalar ichida biror zaruriy natijaga erishishga olib keladigan amallarni ketma-ket bajarishni talab etadigan qoidalar informatikaning asosiy tushunchalaridan biri algoritm so’zi bilan ifodalanadi.
Algoritm so‘zi IX asrda yashab (783 - 850) o‘z ilmiy ishlari xazinasi bilan dunyoga tanilgan vatandoshimiz buyuk astronom, matematik va geograf Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. Al-Xorazmiyning arifmetikaga bag‘ishlangan risolasi XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. Bu tarjimaning XIV asrda ko‘chirilgan yagona qo‘lyozma nusxasi Kembrij universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Risola lotin tilida “Dixit Algorithmi”, ya’ni “Dediki Alxorazmiy” iborasi bilan boshlanadi.
Algoritmdagi har bir ko’rsatma yoki buyruq biror amalni bajarishni ko’zda tutadi. Algoritmdagi amallarni bajaradigan obyektni ijrochi tushunchasi bilan bog’laymiz. Har qanday algoritm – bu amallarni belgilovchi qoida bo’lib, ularning zanjiri natijasida berilgan qiymatlardan izlangan natijaga kelinadi. Bunday amallar zanjiri algoritmik jarayon, har bir amal algoritmning qadami deb ataladi.
|
| |