|
Finland, Helsinki international scientific online conferenceBog'liq Abduraximzoda MuqaddamFinland, Helsinki international scientific online conference
"SUSTAINABILITY OF EDUCATION SOCIO-ECONOMIC SCIENCE THEORY
"
64
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish va rivojlantirish
bo„yicha dasturning ijrosini ta‟minlash yuzasidan reja-jadvali tasdiqlandi.
“XXI asr – axborot texnologiyalari asri ” – deb bejizga aytmaganlar 1-
prezidentimiz I.A. Karimov. Axborot texnologiyalarni rivojlanishi har bir mamlakat
uchun ish unumdorligini oshishi, sifati va eng asosiysi ish samaradorligi yuqori
darajada bo‟lishini ta‟minlab beradi. O' zbekiston Respublikasi mustaqillik yillari
axborotlashtirish sohasida inqilobiy o' zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qulayliklar yaratish bilan bir
qatorda yangi muammolarni ham o' rtaga qo'ymoqda.
Mustaqillik yillari mamlakatimizda axborot telekommunikatsiya texnologiyalarining
jadal sur' atlar bilan rivojlanib borishi global axborot jamiyatida O„zbekiston Respublikasi
ham munosib o„rin egallashiga katta ta' sir ko„rsatdi. Hozirgi kunda axborot bazalarida
saqlanayotgan va telekommunikatsiya tizimlarida aylanayotgan axborot xavfsizligiga
tahdid keskin oshib bormoqda.
Natijada axborot xavfsizligi muammosi O„zbekiston Respublikasi uchun ham
dolzarb muammoga aylandi. O„zb
е
kiston R
е
spublikasining milliy kriptografik
algoritmlarini yaratish, ularni takomillashtirish va axborotni kriptografik
muhofazalashning milliy dasturiy va apparat-dasturiy vositalarini ishlab chiqish
O„zb
е
kiston R
е
spublikasi Pr
е
zid
е
ntining 2007 yil 3-apr
е
ldagi «O„zb
е
kiston
R
е
spublikasida axborotning kriptografik muhofazasini tashkil etishga oid chora-
tadbirlar to„g„risidagi» 614-sonli qarorida birinchi galdagi vazifa qilib qo„yilganligini
hisobga olsak, mazkur ixtiro bu qarorning bajarilishini ta‟minlashda muhim ahamiyatga
egadir. Bundan kelib chiqib kompyuter tizimlari rivojlanayotgan bir vaqtda tarmoqdan
foydalanishda xar bir foydalanuvchini shaxsini aniqlash va unga ma‟lum huquqlar
berish vaqt talabi bo‟lib bormoqda. Kompyuter tizimida ro‟yxatga olingan har bir
subyekt (foydalanuvchi yoki foydalanuvchi nomidan harakatlanuvchi jarayon) bilan uni
bir ma‟noda identifikatsiyalovchi axborot bog‟liq.
Bu ushbu subyektga nom beruvchi son yoki simvollar satri bo‟ lishi mumkin. Bu
axborot subyekt identifikatori deb yuritiladi. Agar foydalanuvchi tarmoqda ro‟yxatga
olingan identifikatorga ega bo‟lsa u legal (qonuniy), aks holda legal bo‟lmagan
(noqonuniy) foydalanuvchi hisoblanadi. Kompyuter resurslaridan foydalanishdan avval
foydalanuvchi kompyuter tizimining identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonidan
o‟tishi lozim. Identifikatsiya (Identification) - foydalanuvchini uning identifikatori
(nomi) bo‟yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga
uringanida birinchi galda bajariladigan funksiyadir.Foydalanuvchi tizimga uning so‟rovi
bo‟yicha o‟zining identifikatorini bildiradi, tizim esa o‟zining ma‟lumotlar bazasida uning
borligini tekshiradi.
Autentifikatsiya (Authentication) – ma‟lum qilingan foydalanuvchi, jarayon yoki
qurilmaning haqiqiy ekanligini tekshirish muolajasi. Bu tekshirish foydalanuvchi
(jarayon yoki qurilma) haqiqatan aynan o‟zi ekanligiga ishonch xosil qilishiga imkon
beradi.Autentifikatsiya o‟tqazishda tekshiruvchi taraf tekshiriluvchi tarafning xaqiqiy
ekanligiga ishonch hosil qilishi bilan bir qatorda tekshiriluvchi taraf ham axborot
almashinuv jarayonida faol qatnashadi. Odatda foydalanuvchi tizimga o‟z xususidagi
|
| |