• Gazsimon moddalar miqdorini o‘lchash uchun diafragmali, rotasion va barabanli hisoblagichlar keng qo‘llaniladi.
  • Suv oʻlchash qurilmalari

    Download 37,57 Kb.
    bet7/8
    Sana27.12.2023
    Hajmi37,57 Kb.
    #128584
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Suv oʻlchash qurilmalari

    Suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchash.Suyuqlik va gazlar miqdorin o‘lchashga mo‘ljallangan hisoblagichlar o‘zlarining ishlash prinsipiga ko‘ra hajm, tezlik va vazn hisoblagichlariga bo‘linadi. Ko‘proq hajm va tezlik hisoblagichlari ishlatiladi. Gaz miqdorini o‘lchashda hajm hisoblagichlaridan foydalaniladi.

    Vaqt oralig‘i t1- t2 dagi oqim, massa va energiya yig‘indisini ko‘rsatuvchi o‘lchash asbobi hisoblagich deb ataladi.

    Hajm hisoblagichlarining ishlash prinsipi suyuqlik yoki gaz oqimi muayyan miqdorga – porsiya (doza) larga bo‘linib sarflanishi va bu porsiyalar sonini hisoblash yo‘li bilan sarflanayotgan modda miqdorini aniqlashga asoslanadi.

    Sarflanayotgan porsiyalar soni yig‘indisi hisoblash mexanizmi yordamida aniqlanadi. Hajm hisoblagichlari asosan toza, mexanik aralashmalarsiz bo‘lgan suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchashga mo‘ljallangan. Ularning asosiy afzalliklari o‘lchash xatoligining kichikligi va o‘lchash chegarasining kattaligidir.

    Tuzilishiga ko‘ra hajm hisoblagichlari ovalsimon shesternyali, rotasion, porshenli, diafragmali, barabanli va boshqa xil turlarga bo‘linadi.

    Ovalsimon shesternyali suyuqlik hisoblagichlari 0,8...36 m3/soat chegaradagi o‘lchashlarni ta’minlaydi. SHartli o‘tish diametrlari 15...80 mm, asbobning xatosi ±0,5%, ishchi bosim 1,57 mPa (16 kgk/sm2). Hisoblagich ishlashida quvurdagi bosimning yo‘qotilishi taxminan 0,02 MPa (0,2 kgk/sm2).

    Gazsimon moddalar miqdorini o‘lchash uchun diafragmali, rotasion va barabanli hisoblagichlar keng qo‘llaniladi.

    Gazsimon moddalar miqdorini o‘lchash uchun diafragmali, rotasion va barabanli hisoblagichlar keng qo‘llaniladi.

    Rotasion hisoblagichlar 40...40 000 m3/soat sarfni o‘lchashga mo‘ljallab chiqariladi. Ishchi bosimlari: 0,1: 0,6: 1,6 va 6,4 mPA. SHartli o‘tish diametrlari 50...1200 mm. Asboblarning aniqlik sinfi 1 va 1,5. Hisoblagich o‘rnatilishdagi bosim yo‘qotilishi 35...40 mm.suv ust. dan oshmaydi.

    Download 37,57 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8

    Download 37,57 Kb.