• O‘lchanayotgan moddaning turiga ko‘ra sarf o‘lchagichlar suv, mazut, bug‘, gaz va hokazolar sarfini o‘lchagichlarga bo‘linadi.
  • Suyuqlik va gazlarning miqdorini o‘lchaydigan hisoblagichlar quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi: 1) hajm hisoblagichlari; 2) tezlik hisoblagichlari; 3) vazn hisoblagichlari.
  • BOSIMLAR FARQI O‘ZGARUVCHAN SARF O‘LCHAGICHLAR
  • Konussimon naychali shisha rotatametrlar suv bo‘yicha 3000 l/soat va havo bo‘yicha 40 m3/soat o‘lchov chegarasiga; 0,6 mPa (6 kgk/sm2) gacha ishchi bosimga mo‘ljallangan. Asosiy xatolik ±2,5 %
  • Modda miqdorini o‘lchaydigan asboblar




    Download 37,57 Kb.
    bet3/8
    Sana27.12.2023
    Hajmi37,57 Kb.
    #128584
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Suv oʻlchash qurilmalari

    Modda miqdorini o‘lchaydigan asboblar hisoblagichlar deb ataladi. Hisoblagichlar o‘zlaridan o‘tgan modda miqdorini istalgan vaqt (sutka, oy va hokazo) mobaynida o‘lchaydi. Uning miqdori hisoblagich ko‘rsatkichlari farqi bilan aniqlanadi. Modda miqdori hajmiy (litr, m3) yoki massa (kg, t) birliklarida ifodalanadi. Hisoblagichlar bevosita o‘lchash asboblari bo‘lib, ularning shkalasi bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha hisoblashni talab qilmaydi.
    Sanoatda keng tarqalgan sarf va miqdor o‘lchagichlar ishlash prinsipi va tuzilishlariga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda suyuqlik, bug‘ va gazlarning sarfini o‘lchaydigan asboblarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
    1) bosim farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar; 2) bosim farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar; 3) tezlik bosimi sarf o‘lchagichlari; 4) o‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar; 5) induksion sarf o‘lchagichlar; 6) ultratovushli sarf o‘lchagichlar; 7) kalorimetrik (issiqlik) sarf o‘lchagichlar; 8) ionli sarf o‘lchagichlar.
    O‘lchanayotgan moddaning turiga ko‘ra sarf o‘lchagichlar suv, mazut, bug‘, gaz va hokazolar sarfini o‘lchagichlarga bo‘linadi.
    O‘lchanayotgan moddaning turiga ko‘ra sarf o‘lchagichlar suv, mazut, bug‘, gaz va hokazolar sarfini o‘lchagichlarga bo‘linadi.
    Suyuqlik va gazlarning miqdorini o‘lchaydigan hisoblagichlar quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:
    1) hajm hisoblagichlari; 2) tezlik hisoblagichlari; 3) vazn hisoblagichlari.
    Quyida texnologik jarayonlarni nazorat qilishda keng tarqalgan usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan.
    BOSIMLAR FARQI O‘ZGARUVCHAN SARF O‘LCHAGICHLAR
    BOSIMLAR FARQI O‘ZGARUVCHAN SARF O‘LCHAGICHLAR
    Quvurlardagi suyuqlik, gaz va bug‘ sarfini bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar bilan o‘lchash keng tarqalgan va yaxshi o‘rganilgan. Sarfni bunday usul bilan o‘lchash suyuqlik yoki gaz o‘tayotgan quvurda kichik diametrli to‘siq-diafragma (1– rasm,a), soplo (1–rasm,b), Venturi soplosi (1–rasm, c) va Venturi quvuri (1–rasm, d) o‘rnatish natijasida hosil bo‘ladigan modda potensial energiyasi (statik bosimi) ning o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan.
    Toraytirish qurilmalari vujudga keltirilgan bosimlar farqi orqali modda sarfini o‘lchash prinsipi va ularning asosiy tenglamalari toraytirish qurilmalarining barcha turlari uchun bir xil. Faqat bu tenglamalardagi tajriba orqali aniqlanadigan ba’zi koeffitsientlar bir-biridan farq qiladi.
    Toraytirish qurilmalari vujudga keltirilgan bosimlar farqi orqali modda sarfini o‘lchash prinsipi va ularning asosiy tenglamalari toraytirish qurilmalarining barcha turlari uchun bir xil. Faqat bu tenglamalardagi tajriba orqali aniqlanadigan ba’zi koeffitsientlar bir-biridan farq qiladi.
    Asbobsozlik sanoatida quyidagi qatordagi bosimlar farqi chegaralariga mos keladigan difmanometrlar chiqariladi: 10; 16; 25; 40; 63; 100; 160; 250; 400; 630; 1000; 1600; 2500; 4000; 6300; 10000; 16000 va 25000 Pa hamda 0,04; 0,063; 0,1; 016; 0,25; 0,4; va 0,63 mPa. Difmanometrning yuqori o‘lchash chegarasi berilgan eng katta sarfga mos kelishi kerak. Eng katta sarf quyidagi qatorga mos kelishi zarur: 1,0; 1,25; 1,5; 2,0; 3,2; 4,0; 5,0; 6,3; 8,0; 10 va hokazo.
    Gaz va bug‘ sarfini hisoblash tenglamalari suyuqlik sarfini hisoblash tenglamasidan ε koeffitsientning mavjudligi bilan farq qiladi. Agar ε=1 bo‘lsa, bu tenglamalarni siqilmaydigan suyuqliklar uchun ham qo‘llash mumkin. Bir qator o‘zgartirishlardan so‘ng quyidagi hajmiy va massaviy sarf tenglamasiga ega bo‘lamiz:
    Bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar – rotametrlar laboratoriyalarda va sanoatda keng ishlatilib, toza hamda biroz ifloslangan bir jinsli suyuqlik va gazlarning sarfini o‘lchashga mo‘ljallangan.
    Bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar – rotametrlar laboratoriyalarda va sanoatda keng ishlatilib, toza hamda biroz ifloslangan bir jinsli suyuqlik va gazlarning sarfini o‘lchashga mo‘ljallangan.
    Asbobning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan muhit oqimining pastdan yuqoriga o‘tishida konussimon naycha ichiga joylashgan qalqovichning vertikal (tik) siljish holatiga asoslangan. Qalqovichning holati o‘zgarishi bilan qalqovich va konussimon naycha devorlari orasidagi o‘tish kesimi o‘zgaradi, natijada o‘tish kesimidagi o‘lchanayotgan modda oqimining tezligi ham o‘zgaradi. Berilgan muhitning har bir sarf kattaligiga qaloqovichning muayyan holati mos keladi. Rotametrlar bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega: rotametrlarning shkalalari teng bo‘linmali bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan sarflarni o‘lchashga imkon beradi; bosimning yo‘qolishi kichik va u sarf kattaligiga bog‘liq emas; rotametrlarning o‘lchash chegarasi katta:
    Konussimon naychali shisha rotatametrlar suv bo‘yicha 3000 l/soat va havo bo‘yicha 40 m3/soat o‘lchov chegarasiga; 0,6 mPa (6 kgk/sm2) gacha ishchi bosimga mo‘ljallangan. Asosiy xatolik ±2,5 %

    Download 37,57 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 37,57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Modda miqdorini o‘lchaydigan asboblar

    Download 37,57 Kb.