|
Elektromagnit (induksion) sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi tashqi magnit maydoni ta’sirida elektr tokini o‘tkazuvchi suyuqlik oqimida hosil bo‘lgan EYUK ni o‘lchashga asoslangan
|
bet | 4/8 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 37,57 Kb. | | #128584 |
Bog'liq Suv oʻlchash qurilmalariElektromagnit (induksion) sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi tashqi magnit maydoni ta’sirida elektr tokini o‘tkazuvchi suyuqlik oqimida hosil bo‘lgan EYUK ni o‘lchashga asoslangan. Elektromagnit (induksion) sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi tashqi magnit maydoni ta’sirida elektr tokini o‘tkazuvchi suyuqlik oqimida hosil bo‘lgan EYUK ni o‘lchashga asoslangan. E=B·D·vo‘rt bu yerda, B – magnit qutblari oralig‘ida hosil bo‘lgan elektr magnit induksiyasi, Tl; D – quvurning ichki diametri (elektrodlar orasidagi masofa), m; vo‘rt – oqimning o‘rtacha tezligi, m/s. Induksion sarf o‘lchagichlar bir qator afzalliklarga ega. Induksion sarf o‘lchagichlar bir qator afzalliklarga ega. Bular inersion emas, bu hol tez o‘zgaruvchan sarflarni o‘lchashda va ularni avtomatik rostlash tizimlarida ishlatishda juda muhim. O‘lchash natijalariga suyuqlikdagi zarrachalar va gaz pufakchalari ta’sir qilmaydi. Sarf o‘lchagichning ko‘rsatishlari o‘lchanayotgan suyuqlik xususiyatlariga (qovushqoqlik, zichlik) va oqim xarakteriga (laminar, turbulent) bog‘liq emas. Elektromagnit sarf o‘lchagichlarning kamchiliklariga o‘lchanayotgan muhit elektr o‘tkazuvchanligi qiymatining minimalligiga qo‘yilgan talabni kiritish lozim, bu ularni qo‘llanish doirasini cheklaydi. O‘lchash sxemasining murakkabligi. Induksion sarf o‘lchagichlar 1...2500 m3/soat va undan katta chegarada diametri 3...1000 mm va undan katta quvurlarda, suyuqlikning chiziqli tezligi 0,6... 10 m/s gacha bo‘lganda, sarf o‘lchashlarni ta’minlay oladi. Asboblarning aniqlik sinfi 0,6; 1; 1,5; 2; 2,5. Ultratovushli sarf o‘lchagichlar. Sarf o‘lchashning ultratovushli usuli quvurga nisbatan ultratovush tezligining oqim tezligiga bog‘liqligiga asoslangan. Tovush to‘lqinining harakatdagi muhitda tarqalishida tovushning manbadan qabul qiluvchi qurilmaga yetib borish tezligi faqat tovushning tezligiga emas, balki harakat qiluvchi muhitning tezligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Sarf o‘lchashning ultratovushli prinsipi shunga asoslangan. . Ultratovushli sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi quyidagilarga asoslangan:
ultratovushning oqim bo‘ylab va unga qarshi yo‘nalishdagi vaqt tafovutini o‘lchash;
ultratovush tebranishlarining oqim bo‘ylab va unga qarshi yo‘nalishdagi tebranishlari fazalarining siljishini o‘lchash;
oqim bo‘ylab hamda unga qarshi yo‘nalishda hosil qilingan ultratovush tebranishlari chastotasining ayirmasini o‘lchash.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Elektromagnit (induksion) sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi tashqi magnit maydoni ta’sirida elektr tokini o‘tkazuvchi suyuqlik oqimida hosil bo‘lgan EYUK ni o‘lchashga asoslangan
|