|
-Ma’ruza
Mavzu: Suv va gaz sarfini o’lchash asboblari
|
bet | 2/8 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 37,57 Kb. | | #128584 |
Bog'liq Suv oʻlchash qurilmalari7-Ma’ruza
Mavzu: Suv va gaz sarfini o’lchash asboblari
Reja:
1.Sarf haqida asosiy ma’lumotlar.
2. Bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar.
3. Bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar.
4. Elektromaginit sarf o‘lchagichlar.
5.Ultratovushli sarf o‘lchagichlar.
6.Issiqlik (kalorimetrik) sarf o‘lchagichlar.
7.Ionizatsion sarf o‘lchagichlar.
8.Suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchash.
Sarf o‘lchash uchun ishlatiladigan asboblar sarf o‘lchagichlar deb ataladi. Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida o‘tgan miqdori modda sarfi deyiladi. Sarf o‘lchaydigan asboblar oniy sarfni o‘lchaydi va texnologik rejimlar (ayniqsa uzluksiz jarayonlarda) ishining barqarorligini nazorat qilishga, texnologik jarayonning o‘tishini har bir onda avtomatik ravishda rostlashga va rejimni berilgan yo‘nalishda sozlashga imkon beradi.

Moddaning hajmiy sarfi l/s, m3/s, m3/soat, massa sarfi esa kg/s, kg/soat, t/soat va hokazolarda o‘lchanadi. Asboblar hisoblagichlar (integratorlar) bilan ta’minlanishi mumkin, unda bu asboblar hisoblagichli sarf o‘lchagichlar deyiladi
Modda miqdorini o‘lchaydigan asboblar hisoblagichlar deb ataladi. Hisoblagichlar o‘zlaridan o‘tgan modda miqdorini istalgan vaqt (sutka, oy va hokazo) mobaynida o‘lchaydi. Uning miqdori hisoblagich ko‘rsatkichlari farqi bilan aniqlanadi. Modda miqdori hajmiy (litr, m3) yoki massa (kg, t) birliklarida ifodalanadi. Hisoblagichlar bevosita o‘lchash asboblari bo‘lib, ularning shkalasi bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha hisoblashni talab qilmaydi.
|
| |