• Sirdaryo havzasi
  • Sirdaryo suv resurslaridan xalq ho`jaligida




    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/34
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,84 Mb.
    #231100
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
    Bog'liq
    0RJrQ3vRD3kUqmZxQjhYHPBLke8N991r3vYc3dNV

    Sirdaryo suv resurslaridan xalq ho`jaligida 
    foydalanish diagrammasi
    Irrigatsiya
    56,2%
    Ho`jalik va ichimlik 
    suvi
    8,2%
    Qishloq ho`jaligi
    0,1%
    Boshqalar
    0,4%
    Baliqchilik
    0,7%
    Sanoat
    18,5%
    Energetika
    15,9%
    Sirdaryo havzasi, 
    Andijon, Namangan , Farg‗ona, Sirdaryo , Jizzax, Toshkent viloyatlari 
    is‘temolchilariga kiradi. 
    2.2. O„rta Osiyoda transchegaraviy daryolardan foydalanishda yuzaga kelgan vaziyat va 
    uning ekologik oqibatlari 


    33 
    Markaziy Osiyo mintaqasida yuz berayotgan geosiyosiy jarayonlar mazkur mintaqaning 
    yuksak geosiyosiy ahamiyatga ega ekanligidan dalolat bermoqda. Mintaqa xavfsizligi ko`p 
    jihatdan uning geosiyosiy ahamiyati, salohiyatini belgilovchi geografik, iqtisodiy va ijtimoiy 
    omillar bilan belgilanadi. 
    Mintaqaning geosiyosiy mavqeini o`rganish bir necha omillar xususida fikr yuritishni 
    talab etadi. Mumtoz geosiyosiy nazariyaga ko`ra, har bir mintaqaning geosiyosiy mavqei 
    quyidagilar bilan belgilanadi: 
    - geografik joylashuvi va tabiiy- iqlim xususiyatlari; 
    - iqtisodiy salohiyati; 
    - shu hududda yashovchi xalqlarning qat‘iy ravishda tabiiy-geografik omillar ta‘siri ostida 
    shakllangan mentaliteti hamda an‘analari; 
    - ushbu xususiyatlar ta‘sirida shakllangan siyosiy tuzumning tabiati.
    Geosiyosiy 
    nazariyaning 
    muhim 
    shartlaridan 
    biri 
    – 
    mintaqalarning 
    geografik 
    xususiyatlari, xususan, yer yuzasi, tuproq tarkibi, suv havzalari yoki tog`larga yaqinligi kabi 
    omillarni o`rganish orqali shu hududdagi xalqlar va davlatlarning siyosiy tabiatiga baho 
    berishdan iborat. Chunki davlatlar va elatlar hududdagi tabiiy sharoit xususiyatlariga uzviy 
    bog`liq holda shakllanishi to`g`risidagi qoida ushbu fanning negizida yotadi. Markaziy 
    Osiyoning tabiiy geografik xususiyatlari haqida qisqacha to`xtalib o`tish maqsadga muvofiqdir. 
    [320-325] 
    Markaziy Osiyo g`arbda Kaspiy dengizidan sharqda Xitoyning Shinjon muxtor tumaniga 
    qadar, Shimolda Qozog`istondan to Pokistonga qadar hududni egallagan ulkan geografik birlik 
    bo`lib, Yevroosiyo materigining markaziy qismini o`z ichiga olgan 4 mln. kv. kmlik ulkan 
    hududni egallaydi. Rossiya, Eron va Xitoy kabi geosiyosiy nuqtai nazardan muhim davlatlar 
    bilan chegaradosh bo`lgan mintaqada bor yo`g`i 50 million atrofida aholi istiqomat qiladi.
    Asosiy hududi tekislik va pasttekisliklardan iborat bo`lgan mintaqaning iqlimi mo`‘tadil, 
    keskin kontinental. Ayrim tog`li hududlarda arktik xususiyatga ega. Mintaqaning ko`pgina qismi 
    qumli cho`llar hamda tekisliklardan iborat bo`lsa-da, hududning qariyb to`rtdan biri hosildor 
    yerlar hisoblanadi. Tabiiy iqlim sharoitlariga ko`ra, mintaqaning juda qulay ekanini ta‘kidlash 
    zarur. Turkmaniston va Qozog`iston asosan cho`l, chala cho`l, tekisliklar va pasttekisliklardan 
    iborat. Yillik yog`in miqdori shimoliy va markaziy tekislik hududlarda - 300 mm, cho`llarda - 
    100 mm, tog`li hududlarda esa - 600 mm.ni tashkil etadi. qishning eng past harorati Shimoliy 
    hududlarda -18( janubda esa 0( atrofida, yozning eng yuqori harorati esa Shimoliy hududlarda 
    Q28, eng janubda esa Q44( ni tashkil etadi.


    34 
    O`zbekiston, Qirg`iziston va Tojikiston asosan Farg`ona, Zarafshon, Vaxsh, Kofirnihon 
    va boshqa serhosil vodiy va vohalardan iborat. Qirg`iziston va Tojikistonda tog`li hududlar 
    ushbu respublikalar umumiy maydonining 35-60% ni (Pomir va Tyan-shan) tashkil etadi. 
    Mintaqa hududiy jihatdan asosan tekisliklardan iborat bo`lib, Kaspiy hamda Orol dengizlari ham 
    ushbu mintaqada joylashgan. Tog`li hududlar bo`lsa – Pomir va Tyanshan, shuningdek, ularning 
    etaklarida joylashgan bir necha tog` tizmalaridan iborat.
    Suv zaxiralari Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng muhim geosiyosiy omillaridan biri 
    hisoblanadi. Suv yo`llari asosan Amudaryo va Sirdaryo, shuningdek, o`nlab kichik daryo hamda 
    o`zanlardan iborat. Garchi Qozog`istonning Shimoli-g`arbiy va Shimoli-Sharqiy qismida Ural va 
    Irtish kabi yirik daryolar mavjud bo`lsa-da, ulardan nafaqat mintaqaning, balki Qozog`istonning 
    qishloq xo`jaligi ehtiyojlari uchun ishlatish imkoniyati mavjud emas. Har bir respublika 
    hududida yuzlab kichik daryolar mavjud bo`lib ularning ma‘lum bir qismi yoz oylarida qurib 
    qoladigan mavsumiy daryolar hisoblanadi. Shuni ta‘kidlash kerakki, Markaziy Osiyoning suv 
    zaxiralari kam bo`lishi bilan birga ularning taqsimotida jiddiy muammolar mavjud. Mintaqaning 
    eng yirik daryolari hisoblangan Amudaryo va Sirdaryoning yillik suv oqimi 78 km
    3
    va 36 km
    3
    ni tashkil etadi
    1
    . Mintaqadagi ichimlik suvi zaxiralari asosan tog`lardagi qorlar va muzliklardan 
    tashkil topgan. Daryolarning aksariyati Tojikiston va Qirg`izistondagi tog`lardan boshlanadi va 
    qolgan barcha respublikalar bilan birgalikda iste‘mol qilinadi. Bu esa suv taqsimoti masalasida 
    o`zaro muvofiqlashtirilgan sa‘y-harakatlar va muntazam nazoratni talab etadi. Suv bilan bog`liq 
    bo`lgan boshqa muammo – Irtish bilan bog`liq bo`lib, Xitoydan boshlanadigan ushbu daryo 
    Rossiyaning Ob daryosiga kelib quyiladi. Daryo ustida qurilgan Xitoyga tegishli dambalar 
    Irtishbo`yi 
    ekotizimiga 
    ko`rsatayotgan 
    salbiy 
    ta‘siri Qozog`istonni tashvishga solayotgan 
    masalalardan biridir.
    Mintaqada Turkmaniston va Qozog`iston hududida Kaspiy dengizi, O`zbekiston va 
    Qozog`iston hududida Orol dengizi va Qirg`iziston hududida Issiqko`l mavjud bo`lib, ular 
    atrofidagi muammolar mintaqadagi deyarli barcha mamlakatlarlarni qamrab oladi. Masalan, 
    Kaspiyning dengiz yoki ko`l ekani borasida ham biror bir yagona yechimga kelinganicha yo`q. 
    Ushbu masala Kaspiybo`yidagi davlatlarning geosiyosiy strategiyasiga bog`liq holda dolzarb 
    ahamiyat kasb etayotgan muhim mintaqaviy masala hisoblanadi. Shuni alohida ta‘kidlash 
    kerakki, Kaspiy maqomi masalasi uning suv resurslari bilan emas, balki ko`proq uning tubidagi 
    qazilma boyliklarning taqsimotiga borib taqaladi. Orol muammosi ham butun mintaqa 
    ekotizimiga ta‘sir ko`rsatayotgan jiddiy mintaqaviy muammo bo`lib, uning bartaraf etilishi 
    mintaqadagi davlatlarning o`zaro izchil hamkorligini talab etmoqda. Mintaqa aholisining 
    1
    Karimov I.A. O‘zbеkiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikk tahdid, barqarorlik shartlari va 
    taraqqiyot kafolatlari.-T.:O‘zbеkiston, 1997, 117-bеt. 


    35 
    yarmidan ko`prog`i (35 mln. kishi) Orol muammosi ta‘sirida qolgan
    2
    . Ushbu muammo XX asrda 
    yer yuzida ro`y bergan eng mudhish ekologik falokat bo`lgani tufayli uni bartaraf etishga nafaqat 
    mintaqa davlatlari, balki butun jahon hamjamiyati jalb etilgan. 
    XXI asrga kelib, ekologik xavfsizlik masalasi mamlakat va mintaqalar hududidan o‗tib, 
    global 
    ekologik 
    muammoga 
    aylandi. 
    Tabiat 
    qonuniyatlariga 
    amal 
    qilmaslik, 
    uni 
    o‗z 
    manfaatlariga ko‗r-ko‗rona bo‗ysundirishga tabiat hamo‗z munosabatini bildirdi. Prezidentimiz 
    «O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
    kafolatlari» asarida bu haqda jahon hamjamiyatini ogohlantirgan edi. 
    Markaziy Osiyo mintaqasi, jumladan, O‗zbekistonda sobiq ittifoq davrida kata ekologik 
    muammo yuzaga keldi. Orol muammosi va uning salbiy oqibatlari hozirgi kundagi eng yirik 
    ekologik muammodir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan boshlab Prezidentimiz Orol 
    fojiasiga butun dunyo hamjamiyati e‘tiborini qaratib kelmoqda. «Orol muammosi bug‘ungi 
    kunda chinakam keng ko‗lamli, butun sayyoramizga daxldor muammo bo‗lib qolganligini, uning 
    ta‘siri hozirning o‗zidayoq biologik muvozanatni buzayotganligini, bepoyon hududlarda 
    aholining genofondiga halokatli ta‘sir ko‗rsatayotganligini nazarda tutish lozim». 
    Mamlakatimiz prezidenti BMT Ming yillik rivojlanish maqsadlariga bag‗ishlangan yalpi 
    majlisidagi nutqida ta‘kidlaganidek, Orolbo‗yi hududi ikkita asosiy manba — Amudaryo va 
    Sirdaryo 
    hisobidan 
    suv 
    bilan 
    ta‘minlanadi, mazkur daryolar yuqori qismida ulkan 
    gidroinshootlarni qurish bo‗yicha loyihalarni amalga oshirishga har qanday harakatlar, ushbu 
    inshootlar barpo etiladigan zonalarning seysmik xavfi 8-9 ballni tashkil etishini hisobga olsak, 
    bularning barchasi ekologiyaga tuzatib bo‗lmaydigan zarar yetkazishi va xavfli texnogen 
    halokatlarga olib kelishi mumkinligi ma‘lum bo‗ladi. 
    Markaziy 
    Osiyoda 
    transchegaraviy 
    daryolardan 
    foydalanishda 
    yuzaga 
    kelayotgan 
    muammolar yuzasidan hozirgi kunda BMT, bir qator halqaro tashkilotlar, ekspertlar va yirik 
    olimlar o‗z fikr mulohazalarini bildirishmoqda va O‗zbekiston olib borayotgan yo‗nalishni 
    maqullamoqdalar. 
    Ma‘lumki, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Shanxay Hamkorlik 
    Tashkilotining (ShHT) 2007 yil 16 avgustda Bishkekda bo‗lib o‗tgan sammitida Markaziy 
    Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‗yicha asosiy prinsip va yondashuvlarni 
    belgilab bergan edi. Istambul anjumanida delegatlarning muhokamalari va chiqishlarida, 
    2
    Karimov I.A. O‘zbеkiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikk tahdid, barqarorlik shartlari va 
    taraqqiyot kafolatlari.-T.:O‘zbеkiston, 1997, 119- bet



    36 
    shuningdek, forumning yakuniy hujjatlarida mintaqamizni rivojlantirish borasidagi ushbu o‗ta 
    muhim masalada O‗zbekiston nuqtai nazarining asosli ekani yaqqol tasdiqlandi va to‗liq qo‗llab-
    quvvatlandi. 
    Xususan, BMT Bosh Assambleyasi Prezidenti Migel d‘Eskoto Brokmanning fikriga 
    ko‗ra "suvni xususiylashtirish bilan shug‗ullanib, uni neft singari tovarga aylantirayotganlar 
    odamlarni biz nafas olayotgan havo kabi muhim huquqdan mahrum etayotgani" ta‘kidlangan. 
    2025 yilda dunyo aholisining uchdan ikki qismi yetarlicha toza suvdan foydalana olmaydi.
    Siyosiy va ijtimoiy fanlar sohasidagi xalqaro ekspert, Janubiy Osiyoda suv masalalari 
    bo‗yicha mutaxassis A.Lambal O‗zbekistonning mintaqadagi suv resurslaridan oqilona 
    foydalanish, Markaziy Osiyoning Qirg‗iziston va Tojikiston hududidan o‗tuvchi transchegaraviy 
    daryolarida 
    yangi 
    gidrotexnika 
    inshootlarini 
    barpo 
    etish 
    masalasi 
    mintaqaning 
    barcha 
    mamlakatlari manfaatlarini inobatga olgan holda va kompleks tarzda o‗rganilishi muhimligiga 
    e‘tibor qaratdi. Bunda, xususan, Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolarning suv 
    resurslaridan foydalanishda, xalqaro me‘yorlarga mos ravishda, mintaqadagi 50 millionli 
    aholining 
    teng 
    huquqliligni 
    ta‘minlash 
    zarur 
    ekanligini 
    ta‘kidladi.
    Markaziy Osiyoda suv resurslaridan foydalanish masalalari muammosini bartaraf etishda, 
    mintaqa davlatlari uchun Yevropa mamlakatlari tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiq. 
    Hususan, Yevropada transchegaraviy daryolar suv resurslaridan oqilona foydalanishning aniq 
    mexanizmi ishlab chiqilgan va yo‗lga qo‗yilgan. [48-52] 
    Orol dengizi qurib borishi natijasida mintaqada ekologik muammolar kelib chiqishiga 
    transchegaraviy daryolar bo‗lgan Amudaryo va Sirdaryoning suv-energetika resurslaridan 
    oqilona 
    foydalanilmagani 
    sabab 
    bo‗lgan. Tojikiston va Qirg‗iziston hududida yangi 
    gidroelektrostansiyalarning 
    barpo 
    etilishi 
    Markaziy 
    Osiyo 
    mintaqasidagi 
    suv 
    resurslarini 
    taqsimlash bilan bog‗liq bo‗lgan murakkab vaziyatni yanada 
    murakkablashtiradi.
    Shuningdek, seysmik faol hududdan o‗tuvchi transchegaraviy daryolarda yangi 
    gidroinshootlarning 
    qurilishidek muhim masala mustaqil xalqaro ekspertizadan o‗tkazilib, 
    BMTning tegishli organlari tomonidan jiddiy nazoratga olinmog‗i lozim. Aks holda, Markaziy 
    Osiyo mamlakatlari o‗rtasida davlatlararo bitimlar bilan mustahkamlangan transchegaraviy 
    daryolarning suv resurslaridan birgalikda foydalanish tamoyillarining bir tomonlama buzilishi, 
    mintaqa 
    davlatlarining 
    suv 
    xo‗jaligi va energetika sohalariga, ularning ijtimoiy-iqtisodiy 
    rivojlanishi va siyosiy barqarorligiga tahdid soluvchi ko‗plab salbiy oqibatlarga olib
    kelishi
    mumkin.
    Suv resurslari bo‗yicha Xalqaro ofis bosh direktori, Global suv hamkorligi boshqaruv 
    kengashi a‘zosi Jan-Fransua Donzening
    fikricha, Markaziy Osiyo mamlakatlari mazkur masalani 


    37 
    hal etish uchun suv-energetika resurslarini to‗g‗ri taqsimlash
    yuzasidan
    o‗zaro 
    kelishuvga
    erishishi
    lozim.
    ―Suv resurslaridan foydalanish masalasiga o‗ta jiddiy yondashish kerak. Demografik o‗sish 
    sharoitida bu masala uzog‗i bilan 30 yildan so‗ng insoniyat miqyosidagi muammoga 
    aylanadi.
    O‗zbekiston Prezidenti nihoyatda to‗g‗ri ta‘kidlaganidek, Markaziy Osiyodagi suv 
    resurslaridan foydalanishda mintaqa davlatlari siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan bir xil 
    javobgarlikka ega. Tabiiy resurslar, xususan, suv zaxiralaridan foydalanish masalalarining o‗z 
    vaqtida bartaraf etilmasligi, jiddiy ijtimoiy inqiroz va mintaqa davlatlari o‗rtasidagi nizoga sabab 
    bo‗lishi mumkin.
    — Tojikistonda qurilayotgan Rog‗un GESining ko‗zda tutilayotgan rejimda ishlashi Amudaryo 
    quyi qismida yashayotgan ko‗p millionli aholi turmushining yomonlashuviga olib keladi. Daryo 
    suvining tabiiy oqim holatini keskin o‗zgarishi, vegetatsiya davrida suv tanqisligini kuchaytirib 
    yuboradi. Hisob-kitoblarga ko‗ra, bundan qishloq xo‗jaligi va ekologiyada ko‗riladigan zarar 5 
    yilda qariyb 20,6 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. 
    Amudaryo asosan aprel-avgust oylarida to‗lib oqadi. O‗zbekistonning Amudaryo suvini 
    boshqaradigan to‗g‗oni yo‗q. Qarshi magistral kanalidagi nasoslarga esa har yili katta miqdorda 
    mablag‗ sarflanmoqda. Amudaryoda suv sathi baland bo‗lsa, kanalga suv chiqishi oson kechadi. 
    Past bo‗lganida esa suv chiqarish yanada qiyinlashadi. Qishloq xo‗jaligi ekinlariga ayni suv zarur 
    bo‗lgan iyun oyiga borib, suv sathi tushib ketadi. 
    Rog‗un GESidan ko‗zlangan asosiy maqsad elektr energiyasini chetga sotishdir. Bunda 
    mintaqadagi boshqa xalqlar manfaatlariga zid ravishda Tojikiston xukumati faqat o‗z manfaatini 
    o‗ylamoqda. Amudaryoning quyi oqimi atrof muhitidagi o‗simlik va hayvonot dunyosi suvning 
    tabiiy tarkibidagi qum va loyqaga moslashgan. Bu joydagi ekologik tizim shu asosda 
    shakllangan. To‗g‗on daryodagi ushbu tabiiy muvozanatni buzilishiga olib keladi. Daryodagi 
    to‗g‗onlardan oqib o‗tgan suvning energiyasi shu darajada tezki, u daryo o‗zanini yemirib 
    ketaveradi. Bu ham katta xavf-xatar deganidir. Suv loyqaga to‗yinmaguncha, daryo bo‗yi va 
    unda joylashgan inshootlarga zarar yetkazaveradi. Turkmaniston Amudaryoning ancha yotiq 
    bo‗lgan chap qirg‗og‗ida joylashgan. Shuning uchun ham ularga suv chiqishi bizga qaraganda 
    ancha qulay. 
    Amudaryo suvining 23-24 foizi muzlik, qolgani esa qor, yomg‗ir hisobidan shakllanadi. 
    Bug‘un esa global isish natijasida tog‗lardagi muzliklarning erishi 30 foizga tezlashgan. Suv 


    38 
    inshooti qanchalik yuqorida qurilsa, iqlimga ko‗rsatadigan salbiy ta‘siri ham shuncha 
    kattalashadi. Bu esa muz va qorning erishini sun‘iy ravishda tezlashtiradi. Ilgari qor iyun oyi 
    oxirlarigacha erigan bo‗lsa, bu holat hozir aprel o‗rtalaridayoq kuzatilmoqda. Rog‗un GESi 
    qurilsa, ahvol yanada murakkablashadi. Ushbu nazariya fanda isbotlangan. Tog‗ning yuqori 
    qismidagi suv omboridan ajralib chiqadigan energiya havoning isishi, oqibatda qor va muzning 
    tez erishiga olib keladi. 
    Transchegaraviy daryolardan foydalanish borasida xalqaro tajribalar bor. Masalan, Reyn 
    daryosi Italiyadan boshlanib, Fransiya, Germaniya, Gollandiya orqali Shimoliy dengizga 
    quyiladi. Bug‘ungi kunda daryoning quyi oqimida joylashgan Gollandiya hududida, daryoning 
    dengizga quyilish joyida loyqa to‗planadi. Buning natijasida Gollandiyada tez-tez suv toshqinlari 
    yuz berib turadi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Hozir Reyn 
    daryosidan 
    foydalanayotgan 
    davlatlar 
    hamkorlikda 
    Gollandiya 
    hududidagi 
    toshqinlar 
    muammosini hal etishga kirishgan. Yana bir misol. Ispaniyada shakllanadigan Taxo daryosi 
    Portugaliyadan o‗tib, Atlantika okeaniga quyiladi. Yuz yillar davomida bu ikki davlat o‗rtasida 
    o‗zaro kelishmovchiliklar bo‗lib turgan. Bunga sabab Ispaniya davlati tog‗li hududlarda gidro-
    inshootlar qurgan. Natijada Portugaliya iqtisodiy nuqtai nazardan ancha qoloqlashgan. Ushbu 
    davlatlar Yevropa Ittifoqiga a‘zo bo‗layotganda Ispaniyaning oldiga tog‗ hududida barpo 
    etilayotgan ikkita yirik GES qurilishini to‗xtatish sharti qo‗yilgan. Ispaniya ushbu talabga amal 
    qilib, gidroinshootlar qurilishini umuman to‗xtatgan.
    2-rasm 
    Markaziy Osiyoning asosiy transchegaraviy daryolari 


    39 
    Xarita
    vvv.maps of vorld.com
    saytidan olindi 
    Yevropa Ittifoqi tashkiloti bug‘un O‗rta Osiyodagi transchegaraviy daryolarning suv 
    manbalaridan foydalanish borasida mintaqa mamlakatlarini suv va energetika masalalarida 
    o‗zaro hamjihatlikda hamkorlik qilish bo‗yicha ekologik muvozanatni saqlash hamda 
    transchegaraviy daryolarning suv resurslaridan adolatli va oqilona foydalanishga doir barqaror 
    va oshkora mexanizmlarni ishlab chiqishni taklif qilmoqda. 
    So‗nggi 110 yilda Markaziy Osiyo hududida 20 dan ortiq kuchli zilzila qayd etilgan. 
    Bularning 6 tasi aynan Rog‗un joylashgan zonada yuz bergan. Markaziy Osiyoning eng yirik 
    Pomir va Tyan Shan tog‗lari tutashgan bu joyda katta yoriqlar mavjud. Bug‘un aynan Vaxsh 
    yorig‗ida Rog‗un GESi qurilyapti. Shu paytgacha bu yerda kuzatilgan zilzilalarning kuchi 9 
    balldan yuqori bo‗lgan. Taqqoslash uchun, yaqinda sodir bo‗lgan Yaponiyadagi yer silkinishi 8,9 
    ballni tashkil etganini ta‘kidlash kerak. 
    Yaqin tarixda Tyan Shan va Pomir tog‗lariga tutashgan hududda 10-11 ballik zilzilalar 
    ham ro‗y bergan. Bug‘ungi kundagi ilmiy izlanishlar natijasi shuni ko‗rsatmoqdaki, keyingi 
    zilzilalar oldingilarining davomida yoki oralig‗ida sodir bo‗ladi. Masalan, Qoratog‗ va Xayt 
    zilzilalarining o‗rtasida hali kuchli zilzila kuzatilgani yo‗q. Bu yerlarda ham qattiq yer silkinishi 
    bo‗lishi ehtimoli juda yuqori. 


    40 
    XX asr boshida butun dunyoda seysmik faollik oshdi. Bu esa yuqorida aytganimizdek, 
    kuchli zilzilalar sodir bo‗lishi ehtimoli kuchaydi, deganidir. Ayni paytda yer yuzasida seysmik 
    kamarlar mavjud bo‗lib, bizning hudud ham aynan shunday kamarda joylashgan. Sumatra 
    zilzilasidan keyin bu kamardan energiya ajralib chiqishi sezilarli oshdi. Tojik olimlarining 
    ma‘lumotiga ko‗ra, bu hududning seysmik holati rixter shkalasi bo‗yicha 8 ball deb baholangan. 
    Rossiyalik olimlarning seysmik xaritasida bu hududda 10 ballik zilzilalar yuz berishi qayd 
    etilgan. Bizningcha, seysmik holat 10-11 ball darajasidadir. 
    Yaponiyada sodir bo‗lgan salkam to‗qqiz ballik zilzilaga o‗xshash yer silkinishlari 1907 
    yilda Tojikiston hududidagi Qoratog‗da, 1911 yilda Pomirda yuz bergani va Sarez ko‗lining 
    paydo bo‗lishiga olib kelganini. Bu zilzilalar 100 mingdan ziyod odamlarning hayotiga zomin 
    bo‗lgan. keyingi 10 yil mobaynida Pomir-Hindikush tog‗ tizmasida kuchli yer silkinishi ro‗y 
    berishi mumkin. Bizdagi zilzila o‗choqlarining xaritasi ham ushbu ma‘lumotni tasdiqlaydi. 
    Tojikistonda gidroenergetika zaxiralari juda katta, ammo ular bu zaxiraning atigi 5 foizidan 
    foydalanishmoqda. Agar qo‗shni davlat o‗z ehtiyoji darajasida elektr energiyasi ishlab chiqarsa, 
    bu yon-atrofdagi mamlakatlar uchun hech qanday muammo tug‗dirmaydi. Rog‗un GESi 
    qurilishidan 
    ko‗zlanayotgan maqsad mintaqa suv resurslaridan o‗z manfaatlari yo‗lida 
    foydalanishdir. 
    Amudaryo 30 foiz suvni Vaxshdan oladi. Agar juda katta hajmdagi bu suv to‗g‗on orqali 
    to‗silsa, Amudaryoning quyi oqimida muammolar paydo bo‗ladi. Dunyo tajribasida hali 
    kuzatilmagan 335 metrlik to‗g‗on ko‗tarilishi jahon hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Rog‗un 
    GESi loyihasi bundan 40 yil oldin sobiq ittifoq davrida tayyorlangan va irrigatsiya rejimida 
    ishlashi ko‗zda tutilgan. Bu suv omborini bosqichma-bosqich to‗ldirishga 8 yil kerak bo‗ladi. Bu 
    vaqt davomida daryo suvidan foydalanuvchi mintaqada katta talofat kuzatilishi tabiiy. 
    Suv resurslarining energetik rejimda ishlashi natijasida qo‗shimcha suv omborlari qurishga 
    ehtiyoj sezilmoqda. Aslida daryodagi suv me‘yorida oqsa, bunday suv omborlariga zarurat 
    bo‗lmaydi. Masalaning boshqa tomoni, suv omborlarining qurilishi o‗sha hududdagi seysmik 
    faollikni yanada oshirishi isbotlangan. Buning natijasida falokatlar yuz bergan. 
    Rog‗un quriladigan bo‗lsa, hududning seysmikasi ham, uning takrorlanish chastotasi ham 
    o‗z-o‗zidan oshadi. Bu esa zilzilalarni ko‗payishiga olib keladi. Gidroinshoot buzilishi natijasida 
    hosil bo‗ladigan to‗lqin sunamidan ham xavfliroq. Mabodo to‗g‗on o‗pirilgudek bo‗lsa, 
    boshlang‗ich nuqtada suv to‗lqinining balandligi 250 metrdan oshadi, Rog‗un GESidan 1,5 ming 
    kilometr uzoqda joylashgan Qoraqalpog‗istonda esa 6-7 metrga yetadi. Tojikiston, Afg‗oniston, 


    41 
    Turkmaniston va mamlakatimiz hududidagi 1,5 million gektar maydon, 700 dan ortiq aholi 
    punkti suv ostida qoladi. Rog‗un GESining hozirgi loyihasida mana shunday salbiy oqibatlarga 
    olib kelishi mumkin. 
    Rog‗un GESining poydevor qismi qurilganiga bir necha o‗n yillar bo‗ldi. Hozir esa 
    qurilish ishlari aynan o‗sha poydevor ustida davom ettirilyapti. Gidroinshootning pastki qismi 
    tiklanganiga salkam 40 yil bo‗lganini hisobga olsak, bu yerda zichlanish yuz bergani aniq. Bu 
    ikkita alohida qismlar keajakda bir-biriga bog‗lanishi mushkul muammo. Tojikiston rahbariyati 
    esa ushbu yamoq inshootning xavfsizlik darajasini mintaqada joylashgan davlatlar aholisiga 
    isbot qilib berishi kerak. 
    To‗g‗on quriladigan joydan besh yuz metr yuqorida 2 km qalinlikda tuz bor. Kelajakda 
    suv ombor qurilishi bilan tuz erishi kuchayishi va katta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
    Loyihada ushbu jihat nazariy, texnik jihatdan asoslanmagan. 
    Rog‗un GESi qurilishi yuzasidan xalqaro ekspertiza o‗tkazilishi zarurligi haqida ko‗p 
    takidlanmoqda. Bu borada ko‗plab mutaxasislar ham shunday fikrni bildirishmoqda. 
    Hozir Tojikiston rahbariyati Rog‗un qurilayotgan Vaxsh daryosini transchegaraviy daryo 
    emas, deb aytishmoqda. Bu ham mantiqsiz. Gidrologlar daryolarga havza nuqtai nazari bilan 
    qarashadi. Amudaryo Panj va Vaxsh daryolarining quyilishi natijasida shakllanadi. Demak, har 
    ikki daryo ham transchegaraviy daryolar hisoblanadi. 
    Fazliddin Hikmatov, O‗zbekiston Milliy universiteti, quruqlik gidrologiyasi kafedrasi mudiri, 
    professor: 
    — O‗tgan asrning 80-yillari oxirida bir guruh tojik ziyolilari Rog‗un GESi qurilishini davom 
    ettirishga qarshi chiqishgan norozilik namoyishlarida «Ajdodlarimizning qabrlari suv ostida 
    qoladimi? Biz bunga yo‗l qo‗ymasligimiz kerak!» degan fikrni ilgari surishgan edi. 
    Rog‗un GESiga navbatdagi zarba tabiat tomonidan berildi. Vaxsh daryosida 1993 yil 7 maydan 8 
    mayga o‗tar kechasi kuzatilgan kuchli toshqin natijasida GESning 40 metr balandlikdagi to‗g‗oni 
    o‗pirilib tushdi. 
    Rog‗un GESi qurilishi Orol dengizi halokati oqibatida mintaqamizda yuzaga kelgan og‗ir 
    ekologik vaziyatga yanada jiddiy zarar yetkazadi. Ustiga-ustak mutaxassislarning fikricha, 
    Rog‗un suv omborining o‗zi ham kuchli zilzilani keltirib chiqaradi. Bunga «Mir novosti» 
    gazetasining 2009 yil 18 fevral sonida bosilgan maqola misol bo‗la oladi. Unda yozilishicha, 


    42 
    Xitoy va AQSh olimlari 2008 yilda Sichuan hududida yuz bergan va 80 mingdan ortiq kishi 
    hayotdan ko‗z yumishiga sabab bo‗lgan dahshatli zilzilani mazkur hududda 4 yil muqaddam 
    barpo etilgan suv ombori tufayli yuzaga kelganini ilmiy asoslashgan. 
    Bug‘un Norak GESining o‗zida 10 milliard kubometrdan oshiq suv yig‗ilgan. Undan sal 
    yuqorida esa 14 milliard kubometr suv bor. Bu tabiiy holatni buzilishiga olib keladi va yer sirti 
    qobig‗iga ortiqcha og‗irlik tashlaydi. Natijada hududda seysmik faollik bir necha baravar oshadi. 
    Bundan tashqari, tog‗li hudud hisoblanadigan Norak yoki Rog‗un qirg‗oqlaridan ko‗chki qulab 
    tushmasligiga kim kafolat beradi? Agar ko‗chki qulaydigan bo‗lsa, u joyda Yaponiya boshiga 
    tushgan kulfat hech gap bo‗lmay qoladi.
    BMTning transchegaraviy daryolar uchun ikkita muhim konvensiyasi bor. O‗zbekiston 
    bu konvensiyalarga a‘zo. Ularda qo‗shni davlatlar manfaatiga zarar yetkazmaslik, daryolardan 
    foydalanishda boshqalar ehtiyojini ham hisobga olish va boshqa muhim jihatlar ta‘kidlangan. 
    Lekin Markaziy Osiyo davlatlari ichida Tojikiston va Qirg‗iziston bu konvensiyaga haligacha 
    a‘zo bo‗lishgani yo‗q. 
    Prezidentimiz ta‘biri bilan aytganda, asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz 
    aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo‗l qovushtirib o‗tirish — 
    o‗z
    -
    o‗z
    ini 
    o‗li
    mg

    ma
    hku

    etis

    bila

    bar
    obardir. 


    43 

    Download 0,84 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sirdaryo suv resurslaridan xalq ho`jaligida

    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish