Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy asoslari




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/34
Sana14.05.2024
Hajmi0,84 Mb.
#231100
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bog'liq
0RJrQ3vRD3kUqmZxQjhYHPBLke8N991r3vYc3dNV

 
 
 
 
3-rasm. Norin kaskadi 
Qo‗rg‗ontepa, Termiz, Mukri, Kerki, Turkmanboshi, Urganch, Nukus kabi katta shaharlar 
bor.
Qambarota GES-1 va uning quyi qismidagi To‗xtag‗ul suv omboridagi texnogen falokat 
esa undan kam bo‗lmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday falokat bo‗lgan 
taqdirda, aholisi zich joylashgan Farg‗ona vodiysi va butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi 600 
ming gektar maydonni qamrab olgan 476 ta aholi punkti suv ostida qoladi. Ko‗rinib turganidek, 
falokatlar mintaqaning chegaradosh barcha davlatlariga birdek ta‘sir qiladi.
Markaziy Osiyoda yirik gidroenergetik inshootlar qurishning eng salbiy oqibatlaridan biri 
mintaqada
suv
tanqisligining yuzaga 
kelishidir.
Transchegaraviy daryolar suvini yirik gidroenergetik inshootlar uchun yig‗ib beradigan yuqori 
oqimdagi suv to‗g‗onlari, shubhasiz, quyi oqimdagi davlatlarda suv tanqisligini keltirib 
chiqaradi. Bu holat bir tomondan, Orolbo‗yi atrofidagi vaziyatni yanada og‗irlashtiradi, ikkinchi 
tomondan, xalq xo‗jaligi va iste‘mol suvi yetishmovchiligiga sabab bo‗ladi. To‗xtag‗ulning 
yuqori qismida Qambarota GESlarining qurilishi Norin daryosi oqimida joylashgan suv 
omborlaridagi suv miqdorini 25,1 kub/km.ga yetkazadi. Bu Norin daryosining Norin shahri 
yaqinidagi 
bir 
yillik 
suv 
oqimi 
hajmidan 
deyarli 

marta 
kattadir.
Tojikistondagi Vaxsh daryosida qurilayotgan Rog‗un, Sangtuda GES-1, Sangtuda GES-2 
inshootlari sun‘iy suv omborlaridagi suv hajmini 10,5 kub/km.dan 25 kub/km.ga, ya‘ni ikki 
yarim barobarga ko‗paytiradi. Panj daryosida qurilishi rejalashtirilayotgan Rushan, Dashtijuma, 
Yuqori-Amudaryo gidroenergetik inshootlarining qurilishi natijasida Amudaryo suvining 39,0 
kub/km miqdori sun‘iy suv omborlarida 
mavsumiy 
ushlab qolinadi.
Rog‗un va Dashtijuma suv omborlarining energetik rejimda ishga tushirilishi daryoning quyi 


44 
oqimlaridagi davlatlarda suv tanqisligini 7129 mln. kub/metrdan 12467 mln. kub/metrga 
oshiradi, ba‘zan bu ko‗rsatkich maksimal holatda 16210 mln. kub/metrni tashkil etishi mumkin. 
Suv tanqisligining 80 foizi esa vegetatsiya davriga to‗g‗ri keladi. Bundan tashqari, Tojikiston 
hukumati Zarafshon daryosining yuqori oqimida kaskad uslubida 10 ta gidroenergetik inshootni 
o‗z ichiga olgan kompleks qurishni rejalashtirmoqda. GESlar uchun suv yetkazib beradigan suv 
omborlaridagi suv sig‗imi 3,5 kub/km.ni tashkil etadi. 870 km uzunlikdagi Zarafshon daryosi 
suvining yuqori oqimda gidroenergetik rejimda foydalanilishi natijasida O‗zbekistonning 7 mln. 
aholi istiqomat qiladigan Navoiy, Jizzax va Samarqand viloyatlarida suv tanqisligi yiliga 
o‗rtacha 1930 mln. kub/metr,
maksimal holatda
2328 mln. kub/metrga 
ko‗payadi.
1960 yilgacha Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryo suvlarining to‗liq quyilishi evaziga uning 
suv hajmi 1083 kub/km.ni, hududi 68,9 ming kv/km.ni tashkil etgan edi. Hozirgi paytda suv 
miqdori 13 martaga, maydoni esa 7 martaga qisqargan. Suv satxi 26 metrga kamaygan holda, suv 
qirg‗oqlardan 100 km.ga chekingan. Suvning qochishi va atrofga tuz uyumlarining tarqalishi 
natijasida 5,0 mln. gektar maydonni o‗z ichiga olgan «Orolqum» nomli yangi sahro paydo 
bo‗lgan. Bularning barchasi Orolbo‗yi mintaqasida haroratning ko‗tarilishiga yoki jazirama 
kunlarning odatdagidan uzoqroq davom etishiga sabab bo‗lmoqda. Mutaxassislar taxminiga 
ko‗ra, 2035-2050 yillarda mintaqada havo haroratining yana 1,5-3 °S darajaga oshishi 
kutilmoqda. Buning natijasida mavjud suv zaxiralarining Orol suvining bug‘‗lanishi hisobiga 10-
15 foizi, atrofdagi o‗simliklar transpiratsiyasi tufayli 10-20 foizi yo‗qotilishi mumkin. Orol 
dengiziga suv yetkazib beruvchi daryolar suvining bug‘‗lanish darajasidan ham oshib bormoqda. 
Ilmiy-tadqiqotchilar taxminlariga ko‗ra, 2050 yilga borib, Amudaryo suvi 10-15 foizga, Sirdaryo 
suvi 2-5 foizga kamayadi. Yirik suv omborlarida katta miqdordagi suvning vegetatsiya davrida 
ushlab turilishi bu jarayonni yanada kuchaytiradi va Orolning butkul qurishiga olib keladi.
Sirdaryo 
havzasidagi 
37,9 kub kilometr o‗rtacha yillik oqimning 28,0 kub kilometri yoki deyarli 74 foizi 
Qirg‗izistonda hosil bo‗ladi, ayni paytda O‗zbekiston hissasiga atigi 5,6 kub kilometr yoki 15 
foizdan 
kamrog‗i 
to‗g‗ri 
keladi. [280-285] 
Norin-Sirdaryo 
daryosi 
oqimi 
shakllanadigan 
zonada 
gidrouzellar 
kaskadini 
loyihalashtirish va qurish ilmiy asoslanmagan. Ma‘lumki, uning resurslarini o‗zlashtirish rejasi 
o‗tgan 
asr 
yetmishinchi 
yillarida 
paydo 
bo‗lgan.
U vaqtlarda gidrotexniklar va qator muhandislar loyihani amalga oshirishning keyinchalik 
bo‗ladigan salbiy oqibatlarini bashorat qilish va ularning oldini olish yoki yumshatish, tashqi 
muhitga ta‘sir etishini baholash amaliyoti haqida hatto tushunchaga ham ega bo‗lmagan.Ular 
faqat qishda suvni to‗plash va suv omborlarini bahor, yoz paytlarida dalalarni sug‗orish uchun 


45 
bo‗shatishni bilishgan. Yilning qish faslida elektr quvvati ishlab chiqish uchun suv berishni 
qisqartirish maqsadida Qirg‗izistonga muntazam ravishda yonilg‗i yetkazib berish ko‗zda 
tutilgan. Kaskadning bosh GESi — To‗xtag‗ul GESi to‗la quvvat bilan mo‗tadil irrigatsiya 
tartibida uch yil ham ishlamadi. Sobiq ittifoq tarqalishi bilan mazkur loyiha hayotdan mutlaqo 
uzoq ekanligi ma‘lum bo‗ldi. Hozirgi paytda tarkibiga 6 ta — To‗xtag‗ul, Kurupsoy, (quvvati 
bo‗yicha To‗xtag‗ul GESidan keyin ikkinchi o‗rinda turadi), Toshko‗mir, Shomoldisoy, 
Uchqo‗rg‗on va yaqinda ishga tushgan Qambarota 2-GESlari kiradigan Norin kaskadi 
belgilangan foydalanish qoidalari qo‗pol ravishda buzilgan holda faoliyat ko‗rsatmoqda. 
Qo‗shnilarimiz hattoki, suvning «daxlsiz» zaxiralaridan foydalanishga 
ham 
o‗tishdi.
Tabiat qonunlarini buzilishi qanday 
salbiy 
holatlarga 
olib 
keladi: 
Birinchidan, Sirdaryo geotizimi tartibida chuqur o‗zgarishlar yuz berdi. Bu vodiylarni, 
shu jumladan, qishloq xo‗jalik yerlari va oldin o‗zlashtirilmagan to‗qay o‗rmonzorlar va 
butazorlardan iborat orolchalarning cho‗lga aylanishiga sabab bo‗ldi. Jonli organizmlarda 
bunday 
hodisalarni 
nihoyatda 
jiddiy 
yo‗qotish 
deb 
baholanadi.
Ikkinchidan, dehqonchilikka ixtisoslashgan tumanlar iqtisodiyoti, suv tanqisligi tufayli 
juda 
katta 
zarar 
ko‗rayotganligi va ekin maydonlariga daryo cho‗kindilarining yetib 
bormayotgani 
natijasida 
katta 
yo‗qotishlar 
yuz 
bermoqda.
Uchinchidan, bu eng asosiysi, yozda suv yetishmasligi va qishda suv ko‗payishidan yuz
minglab kishilar 
aziyat chekmoqda.
Xalqaro huquq me‘yorlarini ochiqdan-ochiq inkor etish holati yuz bermoqda. Qirg‗iziston 
tomoni Qambarota 1-GESi qurilishini boshlab, qo‗shimchasiga Norin kaskadi yaratishni davom 
ettirmoqchi. Loyihani amalga oshirish uchun investitsiya kiritish, o‗ylashimizcha, qiyin bo‗ladi. 
Espo Konvensiyada bu masalalarda atrof-muhitga ta‘sirni baholash
to‗g‗risida
fikrlar 
bildiriladi.
Ushbu hujjat transchegaraviy daryolardan foydalanish borasida biror-bir tomon ma‘lum bir qaror 
qabul 
qilishidan 
oldin 
ekologik 
omillarni 
hisobga 
olishiga 
qaratilgan.
Mazkur Konvensiya tomonlar zimmasiga bir qator mas‘uliyat va vazifa yuklaydi. Bu 
hujjat atrof-muhitga ta‘sirni baholash, keyinchalik uning natijalarini muhokama qilish va ikki 
tomonlama maslahatlashuvni ko‗zda tutadi. Murakkab loyiha bo‗yicha qaror qabul qilishga 
tayyorgarlik ko‗rish jarayonida manfaatdor tomonlar
e‘tirozlari
to‗liq hisobga 
olinmog‗i
lozim.
Bundan tashqari, barcha yirik banklar ekvator prinsiplari deb atalmish tamoyillarga rioya qiladi. 
Bu prinsiplar Xalqaro moliyaviy korporatsiya tomonidan ishlab chiqilgan bo‗lib, loyiha 
tashabbuskori zimmasiga atrof-muhitga ta‘sirni baholashni o‗tkazish va manfaatdor tomonlarni 
xulosalardan 
boxabar 
qilish 
vazifasini 
yuklaydi. 


46 
Qirg‗iziston tomoni Qambarota GESlari loyihalari ekologik xavfsizligi, ular o‗z vaqtida 
ekspertizadan o‗tganligini ta‘kidlashadi. Lekin bu gap haqiqatga mutlaqo to‗g‗ri kelmasligini bir 
qator 
nufuzli 
ilmiy 
tekshirish 
muassasalari 
ilgari 
surishmoqda. 
Masalan, 
Rossiyadagi 
«Gidroproekt» instituti mutaxassislari ham buni alohida ta‘kidlashmoqda. Norin kaskadining 
bundan buyon kengaytirishni to‗xtatish shuning uchun muhimki, har bir yangi GESning paydo 
bo‗lishi bu suv omborlarini to‗ldirish, bug‘‗lanish va filtratsiya tufayli ko‗plab miqdorda suvni 
yo‗qotish deganidir. Bundan esa eng avvalo O‗zbekiston zarar ko‗radi. Shuningdek, hududda 
yuz berishi ehtimoli ko‗p bo‗lgan zilzilalar paytida halokatlar ro‗y berishi xavfi yanada oshadi.
Amerika Seysmologiya instituti olimlarining ma‘lumotlariga qaraganda, Rixter shkalasi bo‗yicha 
4-5 ball magnitudagi yer osti silkinishlari Norin-Sirdaryo kaskadi to‗g‗onlari joylashgan 
hududlarda har yili kuzatiladi. Shuni qayd etish kerakki, Qirg‗iziston o‗zining energetik 
xavfsizligini ham xavf ostiga qo‗ymoqda. Chunki To‗xtag‗ul suv omborining qishki elektr 
energiya 
ishlab 
chiqarish 
quvvati 
keskin 
kamayadi.
Norin-Sirdaryo kaskadi atrofidagi nizoni qanday hal etish mumkin? Sug‗orma dehqonchilik 
ehtiyojlari uchun O‗zbekistonga suv sotib olishi haqida bildirilayotgan takliflarni mutlaqo qabul 
qilib bo‗lmaydi. Fanda allaqachon aniqlanganki, ishlab chiqarish va iste‘mol tizimlarini 
modernizatsiya 
qilish 
orqali 
yo‗qotishlarni 
qisqartirish 
yangi 
qurilishdan 
anchagina 
samaraliroqdir. Yirik GESlarning o‗zini oqlash muddati odatda kamida o‗n yil bo‗ladi. 
Energiyani tejash loyihalari esa 2-3 yildan keyinoq
foyda berishi
mumkin.
Qirg‗izistonda energiya yo‗qotish darajasi 30 foizdan ortiqdir. Ularni qisqartirish bo‗yicha 
choralar ko‗rish GESga yukni kamaytirishi va shunga mos ravishda, irrigatsiya oqimlarini hech 
bo‗lmaganda 15-20 foiz oshirish imkonini berar edi. Aslida qo‗shni davlatlarga suv 
ta‘minotining yaxshilanishi kafolatlari bo‗lgan taqdirda, Qirg‗izistonda energiya¬ni tejash 
dasturlarini moliyalashtirishda ishtirok etish masalasi ko‗rib chiqilgan bo‗lar edi. Balki 
To‗xtag‗ul gidrouzeli foydalanish loyiha rejimini qisman tiklashi uchun Qirg‗iziston tog‗ 
daryolarida kichik GESlarni qurish bo‗yicha Xalqaro konsorsiumni tashkil etish masalasini 
muhokama 
qilishi 
kerakdir. 
Insonlarning ichimlik suviga bo‗lgan huquqi ularning tabiiy va birlamchi huquqi 
hisoblanadi hamda bu huquq xalqaro hujjatlarda e‘tirof etilgan hamda himoya qilingan. Rog‗un
GESining 
ikki 
turbinali 
generatorining 
ishga 
tushirilishi 
uchun 
– qurilishning birinchi 
bosqichining o‗ziga 8,5 yil kerak. GES to‗la quvvatda ishlashi uchun lozim bo‗ladigan 13 
kub/km suvni yig‗ilishi uchun esa 12-15 yil talab etiladi. Inshootning to‗liq ishga tushirilishi 
jami 20 yillik muddatni taqozo qiladi. Bu davrda, o‗z-o‗zidan ma‘lumki, mazkur daryolarning 
quyi oqimida joylashgan davlatlarda suv tanqisligi yuzaga keladi. Ekologlarning fikriga ko‗ra, 
vegetatsiya davrida suv tanqisligi 22,2 foizga, suv kamchil bo‗lgan yillarda esa, ikki barobarga 


47 
oshishi mumkin. Bundan, o‗z navbatida, 18 mln. aholi bevosita jabr ko‗radi hamda ularning 
ichimlik suviga bo‗lgan ehtiyojini qondirish muammosi yuzaga keladi. Daryoning yuqori 
oqimidagi davlatlarda bu masalaga yondashuv boshqacharoq. Ular oqar suvlarga tijorat yoki 
ikkilamchi ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida qarashmoqda. Mazkur davlatlarda joylashgan 
monopol gigant sanoat korxonalari esa elektr energiyasining asosiy iste‘molchisidir. Masalan, 
Tojikistondagi 
jami 
energiya 
resurs¬larining 
43 
foizini, 
jumladan, 
mamlakatda 
ishlab 
chiqariladigan elektr energiyasini 40 foizini «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi» Davlat unitar 
korxonasi iste‘mol qiladi. Birgina Nurek GESi mamlakatning elektr quvvatiga bo‗lgan ehtiyojini 
70 foizini ta‘minlaydi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining atigi 28 foizigina 
aholining ijtimoiy ehtiyojlariga yo‗naltiriladi, xolos. Kuzatuvchilarning fikriga ko‗ra, Tojikiston 
va Qirg‗izistonda qurilayotgan katta gidro-energetik inshootlarni qurishdan asosiy maqsad tijorat 
maqsadida elektr energiyasini ishlab chiqarish hamda uni boshqa davlatlarga sotishdir. Holbuki, 
Tojikiston va Qirg‗iziston ichimlik suviga bo‗lgan huquq insonning birlamchi tabiiy huquqi 
ekanligini ta‘kidlovchi inson huquqlari bo‗yicha xalqaro bill hujjatlarini imzolagan hamda 
boshqa 
xalqaro 
shartnomalarning 
ishtirokchilari 
hisoblanadi.
Yuqori oqimda yirik gidro-energetik inshootlarni tez muddat ichida qurish va ishga 
tushirishdan quyi oqimdagi davlatlar uchun kelib chiqadigan iqtisodiy zararning aniq hisobini 
aytish qiyin. Buning natijasida yuzaga keladigan ekologik va ijtimoiy oqibatlar har qanday 
mamlakatda 
keskin 
vaziyatni 
keltirib 
chiqarishi 
tabiiy.
Keyingi besh yillikda, tutash hududlardagi o‗rmon va daraxtzorlarning qurishi oqibatida 
46 mln. AQSh dollari, paxta ekinlarining kamayishi oqibatida 206,2 mln. AQSh dollari hamda 
paxta va boshoqli ekinlar maydoni kamayishidan 5,1 mlrd. AQSh dollari, hammasi bo‗lib 17,8 
mlrd. AQSh dollari miqdorida zarar kutilmoqda. Baliqchilik xo‗jaligining o‗zi 14,3 mln. AQSh 
dollari hajmida zarar ko‗radi. Bu quyi oqimda joylashgan O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiga 
jiddiy salbiy ta‘sir o‗tkazadi, albatta. Shuningdek, Rog‗un GESining qurilishi O‗zbekiston uchun 
ikki tomonlama zararni keltirib chiqarmoqda. Ushbu inshootda ishlab chiqariladigan elektr 
energiyasini iste‘mol qiluvchi Tojikiston alyuminiy zavodi yiliga 22 ming tonna transchegaraviy 
xavfli chiqindilarni chiqarar ekan, bundan O‗zbekistonning janubiy viloyatlari katta ekologik 
zarar ko‗rmoqda. Jumladan, 2005-2008 yillarda keltirilgan ekologik-iqtisodiy zarar allaqachon 
282 mln. AQSh
dollarini 
tashkil etgan.
XXI asr bo‗sag‗asida O‗rta Osiyo xalqlari uchun, sayyoramizning boshqa ko‗plab 
mintaqalarida bo‗lgani kabi, suv resurslaridan oqilona va adolatli foydalanish masalasi muhim 
hayotiy 
ahamiyat 
kasb 
eta 
boshladi. Chunki o‗tgan asrning ikkinchi yarmida yirik 
transchegaraviy daryolardan uzoqni o‗ylamay foydalanish oqibatida mintaqamiz ekologik 
halokat yoqasiga kelib qoldi.[1] 


48 
Ta‘kidlanganidek, suv resurslaridan oqilona foydalanish, mintaqaviy va global darajada 
gidrologik balansni saqlash, suv resurslarini asrash va tejash, suvdan foydalanish hajmini 
kamaytirishni ta‘minlovchi dehqonchilik tizimini takomillashtirish, suv xo‗jaligi infratuzilmasini 
modernizatsiya qilish, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish – bular hayotning 
o‗zi oldimizga qo‗yayotgan g‗oyat muhim masalalar bo‗lib, bizdan alohida e‘tibor va o‗zaro 
manfaatli munosabatni talab qiladi. 
Suv resurslarini boshqarish va tejash sohasidagi mintaqaviy hamkorlikda samarali va oqilona 
yondashuv, mas‘uliyatli munosabat va birgalikdagi sa‘y-harakatlar zarur. BMT huquqiy 
vositalari ushbu muammolarni hal qilish uchun mustahkam asos bo‗lib xizmat qiladi. 
Yurtimizda tabiatni muhofaza qilish bo‗yicha xalqaro me‘yorlarga to‗la-to‗kis javob 
beradigan milliy qonunchilik shakllandi va takomillashtirilmoqda. Mamlakatimiz atrof-muhitni 
himoya qilish va barqaror rivojlanish sohasidagi barcha asosiy xalqaro hujjatlarga, shu jumladan, 
BMTning transchegaraviy suv oqimlarini va xalqaro ko‗llarni muhofaza qilish hamda 
transchegaraviy suv resurslaridan foydalanishga doir boshqa xalqaro huquqiy hujjatlariga 
qo‗shilgan. 
Amudaryo va Sirdaryoning yuqori qismida ulkan to‗g‗onlarga ega katta gidroinshootlar qurishga 
doir loyihalarni amalga oshirishga urinishlar mintaqaning butun ekotizimiga tuzatib bo‗l-
maydigan 
darajada 
ziyon 
yetkazishi 
hamda 
texnogen, 
ijtimoiy-ekologik 
va 
gumanitar 
halokatlarni keltirib chiqarishi mumkin. 
O‗rta Osiyo mintaqasidagi mavjud suv-ekologik vaziyat, O‗zbekiston rahbariyati 
tomonidan Orol dengizi qurishining oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan 
chora-tadbirlar 
hamda 
O‗zbekistonning transchegaraviy daryolar suvlaridan foydalanish 
bo‗yicha nuqtai nazari to‗g‗risidagi atroflicha ma‘lumotlar bilan tanishdilar. 
Markaziy Osiyoda yirik gidroenergetik inshootlarning qurilishi ichki va xalqaro 
barqarorlikka ta‘sir etmay qolmaydi.
Tojikistondagi murakkab iqtisodiy holat, ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan keyingi 
turg‗unlik sharoitida yirik gidroinshootlar qurilishi mamlakatda siyosiy va ijtimoiy beqarorlikni 
keltirib chiqarishi mumkin. Rog‗un GESining qurilishi 3,3 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi 
mablag‗ni talab qiladi. Jahon tajribasidan kelib chiqib aytish mumkin, yirik gidroinshootlarning 
qurilish xarajatlari, aksariyat holatlarda, rejadagi xarajatdan ancha ortib ketadi. Shuning uchun 
ayrim mutaxassislar mazkur qurilish bahosini 6 mlrd. AQSh dollari atrofida belgilashmoqda. Bu 
Tojikiston 
yalpi 
ichki 
mahsulotining 
salmoqli 
qismi 
deganidir.
2009-2011 yillarda Tojikiston hukumati Rog‗un GESi qurilishiga 420 mln. AQSh dollari 
miqdorida mablag‗ sarfladi. 2012 yil byudjetida ko‗zda tutilgan xarajatlar 223 mln. AQSh 
dollarini tashkil qiladi. Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo monitoring tadqiqot guruhi 


49 
axborotiga ko‗ra, Tojikiston hukumati har bir tojik oilasiga Rog‗un GESi qurilishi uchun 700 
AQSh dollari miqdorida majburiy ulush belgilagan. Hozirga qadar 200 mln. AQSh dollari 
Rog‗un aksiyalarini aholiga majburiy sotish evaziga to‗plandi. Eslatib o‗tish kerakki, 2004-2009 
yillarda Sangtuda — 1 GESining qurilishida ham aholiga ana shunday majburiyat yuklangan 
edi. Yevropalik tadqiqotchilarning ma‘lumotiga ko‗ra, bug‘ungi kunda Tojikiston aholisining 53 
foizi o‗rtacha, 17 foizi o‗ta qashshoq darajada kun kechirmoqda. Mana shunday sharoitda 
Rog‗un GESi qurilishini jadallashtirish maqsadida aholiga solinayotgan bunday majburiy 
to‗lovlar ularning noroziligiga, pirovard natijada, ijtimoiy-siyosiy portlashga olib kelishi 
mumkin. Yohud, aholining noxush kayfiyati mamlakat ichida va qo‗shni hududlarda hamon 
faoliyat yuritib kelayotgan ekstremistik va terrorchi kuchlarning o‗z harakatlarini yanada 
kuchaytirishi uchun asos yaratadi. Yirik inshootlarning xavfsizligini mana shunday kuchlardan 
himoyalash ham oson emas. Tojikiston Ichki ishlar vazirligi rasmiy ma‘lumotiga asoslangan 
Yevropa manbalariga ko‗ra, mamlakatda 1995-2009 yillar davomida 
98 ta terroristik 
akt
sodir etilgan.
Xalqaro maydondagi siyosiy manfaatlar keskinlashayotgan bir payt¬da hozirgi xalqaro vaziyat 
Rog‗un va mintaqadagi boshqa yirik gidroenergetik inshootlar qurilishining geosiyosiy ta‘sirini 
ham 
unutmaslikni 
talab 
etadi.
Birinchidan, Qirg‗izistondagi mavjud eng yirik To‗xtag‗ul suv ombori (suv sig‗imi 19,5 
mlrd. kub/metr) va qurilishi rejalashtirilayotgan Qambarota –1 GESi (suv sig‗imi 4,5 mlrd. 
kub/metr), Tojikistondagi mavjud Nurek GESi (suv sig‗imi 10,5 mlrd. kub/metr) va qurilishi 
boshlab yuborilgan Rog‗un GESi (suv sig‗imi 13,5 mlrd. kub/metr) orqali Amudaryo va 
Sirdaryo transchegaraviy daryolari suvining katta miqdorini ushlab qolinishi quyi oqimdagi 
davlatlarning suvereniteti va milliy xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.
Katta sig‗imdagi suv omborlari yuqori oqimdagi davlatlarga daryolar oqimining tabiiy miqdorini 
o‗zgartirib, muayyan va uzoqroq muddatda ularni ushlab turish imkonini beradi. Boshqacha 
aytganda, yuqori oqim davlatlarining bunday imkoniyatdan siyosiy manipulyatsiya va instrument 
sifatida yoki quyi davlatlar uchun sun‘iy suv taqchilligini keltirib chiqarish maqsadida 
foydalanishi ehtimoli, tabiiyki, quyi oqimdagi davlatlarda xavotir uyg‗otadi. Oqibatda mintaqa 
davlatlari orasida o‗zaro
ishonchga
darz 
ketadi.
Ikkinchidan, 
Markaziy 
Osiyodagi 
suv 
muammosi tashqi manfaatdor kuchlarning 
mintaqadagi faolligini kuchaytiradi. Qudratli davlatlar nafaqat gidroenergetik inshootlar qurish, 
balki mintaqada o‗z ta‘sirini kengaytirish maqsadlarini ko‗zlayotgan bo‗lishi ham ehtimoldan 
holi 
emas.
Eslatib o‗tish joizki, Markaziy Osiyodagi barcha yirik gidro-energetik inshootlarning yuragi – 
qudratli generatorlar Rossiyaning «Uralmash» va boshqa sanoat korxonalarida tayyorlanadi. 


50 
Ularni ekspluatatsiya qilishda Rossiyaning texnik ko‗magi hech qachon istisno etilmaydi. 2004–
2009 yillarda Sangtuda –1 GESi qurilishi xarajatining 75 foizi Rossiya sarmoyalari hisobiga 
qoplangan edi. Hozirda «Barki Tojiki» davlat kompaniyasi investorlarga qarzni qaytarish 
borasida qiyinchilik va
muammolarga
duch kelmoqda.
Yirik gidroenergetik inshootlarning qurilishi mintaqamizda taxmin qilinishi mumkin 
bo‗lgan katta falokatlarni keltirib chiqarishi ehtimoldan holi emas. Ularning oqibatlarini bartaraf 
etish uchun bir necha o‗n yillar va hatto, yuz yillar talab qilinishini soha mutaxasislari
ta‘kidlashmoqda.


51 

Download 0,84 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy asoslari

Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish