III BOB.
SUV RESURSLARINI MUHOFAZA QILISHNING ILMIY, EKOLOGIK VA
HUQUQIY ASOSLARI
3.1. Suv resurslarini foydalanishning huquqiy asoslari
Suv
resurslarini
ifloslanishdan,
bulg‗anishdan va miqdorining kamayib ketishidan
muhofaza qilishning ekologik asosi bo‗lib, suvni ekologik tizimning ajralmas tarkibiy qismi
ekanligi, ya‘ni yerdagi hayotning mavjudligini ta‘minlovchi omil ekanligi- dir. Tabiat yaxlit
tizimining ajralmas qismi boMgan suvning ifloslanishi, bulg‗anishi, hattoki zaharlanishi va
miqdorining kamayib ketishi bu tizimdagi salbiy jarayonlami yuzaga kelishining, biologik
muvozanatni hamda undagi modda va energiya almashi- nuvining buzilishini, o‗simlik va
hayvonot dunyosiga va jumladan, inson salomatligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishini yuzaga kelti-
radi. Shunday holatni yuzaga kelishning oldini olish ekotizimdagi optimal tabiiy sharoitning
buzilishiga yo‗l qo‗ymaydi hamda biosferaning evolutsion rivojlanishini ta‘minlaydi.
Shuning
uchun suv resurslarini ifloslanishdan, bulg‗anishdan va miqdorini kamayib
ketishdan muhofaza qilishning ekologik asosi, uni optimal tabiiy muvozanatini ta‘minlash
muhim ahamiyatga egadir.
Tabiatdagi barcha hodisalar va jinslarlar o‗zaro bog‗liq va bir- biriga aloqador bo‗lib, doimo
o‗zgaruvchan (dinamik) muvozanat holatda bo‗ladi. Dialektik materializmning bu nizomi suv
resurslariga ham to‗g‗ridan-to‗g‗ri tegishlidir, chunki tabiatdagi barcha suvlar (havodagi suv
bug‘Mari, daryo, ko‗l, dengiz, okean suvlari va yer osti suvlari) yagona o‗zaro bogMangan va
o‗zgaruvchan (dina- mik) muvozanatdadir. Tabiatning bu obektiv qonunini buyuk rus olimi
akademik V.I. Vernadskiy kashf etib, 1920—1930-yillarda o‗z asarida «Tabiatdagi bu
muvozanatning buzilishiga yo‗l qo‗yib bo‗lmaydi va suv resurslaridan foydalanish qoidasi
tabiatdagi barcha suvlarning birlik qonunidan kelib chiqib va uni hisobga olgan holdagi
konsepsiyaga asoslanishi kerak, chunki manbadan har qanday miqdorda suvni olib ishlatilishi
tabiatdagi muvoza- natga ta‘sir ko‗rsatib, ma‘lum darajadagi miqdor va sifat o‗zgari- shiga olib
keladi»,
degan
g‗oyani ilgari surgan. Bu g‗oyadan ana shunday salbiy o‗zgarishni
minimallashtirish ustida boradi yoki bu holatni sezilarsiz darajada bo‗lishini amalga oshirish
imko- niyati bo‗lmasa, unda bu holatni bartaraf qilishning yuqori sama- radorlik tadbirlari
belgilanadi. Bu maqsadga faqat tabiatdagi mu- vozanatni tushunib yetgandagina erishish
mumkin.
Suv resurslarini muhofaza qilish, undan turli maqsadlarda oqilona foydalanish jarayonida
uzluksiz ravishda amalga oshirilishi kerak. Buni amalga oshirish masalasi suv resurslarining
ifloslanishini va miqdorining kamayishini qayd etish va aybdor- larni huquqiy choralar bilan
52
jazolashdan
iborat
bo‗libgina qolmasdan, balki tabiatdan foydalanish, jumladan, suv
resurslaridan
foydalanish,
tabiiy
hodisalarning
qonuniyatlarini
aniqlash
asosi-
da,
suv
resurslarining ifloslanishiga, miqdorining kamayishiga va behuda sarflanishiga olib keladigan
tabiiy va sun‘iy sabablarni va omillarning o‗rnatilishi asosida amalga oshirilishidadir. Shundan
kelib chiqqan holda, suv resurslarini muhofaza qilish, uni shakl- Ianish jarayonidan boshlanib,
shakllangan obektdagi (er osti va yer usti) suv miqdorlarini va sifatini muhofaza qilishning
texnik tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat bolishi kerak.
Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqqan holda, suv resurslarini muhofaza qilish deb, suv
resurslarining tabiiy va sun‘iy omillar ta‘sirida ifloslanishi, bulg‗anishi va miqdorining kamayib
ketishini hamda suvning behuda va befoyda sarfini bartaraf qi- lishga qaratilgan ilmiy
asoslangan huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy, texnikaviy va iqtisodiy tadbirlar tizimiga aytiladi.
Tabiat
qonuniyatlarini o‗rganish asosida suv resurslarini muhofaza qilish vazifasiga
quyidagilar kiradi:
1.
Suv resurslarining ifloslanishini, uni shakllanish jarayonida oldini olish chora-tadbirlarini
uzluksiz ravishda amalga oshirish, ya‘ni atmosfera havosi va tuproq qatlamining ifloslanishini
oldini olish chora-tadbirlarini to‗liq miqyosda amalga oshirish.
2.
Suvni
ifloslantiruvchi
o‗choqlarining paydo bo‗lishini oldini oluvchi profilaktik
tadbirlarni o‗z vaqtida amalga oshirish.
3.
Suvdan oqilona foydalanish nuqtayi nazaridan undan foydalanishni to‗g‗ri rejalashtirish.
Bularni amalga oshirish uchun albatta, ilmiy asos va yagona qat‘iy siyosat bo‗lishi shart.
Arid iqlimli mintaqada suv resurslaridan oqilona foydala- nishning yagona qat‘iy siyosati
bo‗lib suvning har tomchisi hisobga olingan bo‗lsa, ilmiy asosi - tabiatdagi (er usti, yer osti va
atmosfera yog‗in) suvlarning birlik qonunidir.
Suv resurslarini muhofaza qilishning huquqiy samaradorligini oshirishni ta‘minlash ko‗p
jihatdan bu ishni amalga oshirishning huquqiy asosiga O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan
so‗ng, bu masalaga jiddiy e‘tibor qaratila boshlandi. Tabiatni va jumladan, suv resurslarini
muhofaza qilishning huquqiy asosini yaratishga va uni takomillashtirishga katta e‘tibor
berilayapti. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkita moddasi ana shu masalaga
bag‘ishlangan, jumladan:
55
-modda
. Yer, yer osti boyliklari, suv, o‗simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy
zaxiralar
umummilliy
boylikdir,
ulardan
oqilona
foydalanish
zarur
va
ular
davlat
muhofazasidadir.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida bir qator qonunlar va me‘yoriy hujjatlar
majmuasi tayyorlangan: «Suv va suvdan foydalanish», «Tabiatni muhofaza qilish»qonunlari va
bir qator me‘yoriy hujjatlar shular jumlasidandir.
53
«Suv va suvdan foydalanish» Qonunida suvni muhofaza qilish masalasiga alohida e‘tibor
qaratilgan. Masalan, qonunning XIX bobida oqindi suvlami oqizish uchun suv obektlaridan
foydalanish masalasi keltirilgan bo‗lib, uning quyidagi modda- sida chiqindi-oqova su^ar 8 risida
ma lumot berilgan.
|