60
100 g/m
3
kalsiy va magniy mavjud bo‗ladi. Albatta, gigiena nuqtai nazaridan, bunday dalalarda
to‗g‗ridanto‗g‗ri ist‘emol qilinadigan ekinlar ekilmaydi. Eng muhimi bu suvlar tuproq tarkibiga
ziyon yetkazmaydi. Bunday tajribalar Rossiyada va boshqa chet ellarda o‗tkazilgan hamda ijobiy
natijalar olingan;
2. Sanoat korxonalarini aylanma suv ta‘minotiga o‗tkazish zarur.
Bunda korxona suvni
o‗ziga kerakli darajada tozalaydi va undan qayta foydalanadi. Shu maqsadda korxona talab
darajasidagi suvni bir yo‗la oladi, mahsulot ishlab chiqarishda butunlay sarf bo‗lgan qismi
(umumiy suv miqdoriga nisbatan 1015 foiz) esa suv manbaidan doimiy ravishda to‗ldirib
boriladi. Bu tizimning qulay tomoni shuki, birinchidan, oqava suvlarning daryolarga oqizilishiga
chek qo‗yiladi, ikkinchidan, korxona o‗zi ifloslantirgan suvni tozalashga majbur bo‗ladi.
Bunda
korxonaning o‗zi ortiqcha ifloslanishni oldini olishga harakat qiladi, natijada suvni tejash uchun
rag‗batlantiruvchi iqtisodiy omil vujudga keladi;
3. Ayrim ximiyaviy korxonalarning ifloslangan suvlarini, agar ularni tozalab qayta
ishlatish imkoni bo‗lmasa, alohida havzalarga yig‗ib, tabiiy yoki sun‘iy holda bug‘‗latib yuborish
kerak;
4. Shaharlarda suv ta‘minoti tarmoqlarini ikki yo‗nalishda,
birinchisini ichimlik, maishiy
va oziqovqat sanoati uchun, ikkinchisini esa sanoatning boshqa tarmoqlari uchun tashkil etish
zarur. Bu tartib toza suvni tejash imkonini beradi;
5. Shaharlardagi yirik sanoat korxonalarida (asosan ximiya, metallurgiya) iloji boricha
suvdan foydalanish me‘yorini kamaytirish uchun kurashish kerak. Bu toza suvning miqdorini va
shu bilan birga sifatini
saqlash choralaridan biridir;
6. Daryolarda kam suvli davrda ularning suvini bir muncha ko‗paytirishga erishish lozim.
Buning uchun mavjud suv omborlaridan tadbirkorlik bilan foydalanish va agromelioratsiya
usullarini qo‗llash talab etiladi;
7. Ekin maydonlarini sug‗orish natijasida hosil bo‗lgan qaytarma suvlardan unumli
foydalanish lozim. Ularning tabiiy botiqlarga oqizilishiga va behuda sarflanishiga iloji boricha
yo‗l qo‗ymaslik kerak.
O‗lkamiz sharoitida foydalaniladigan suv resurslarining asosiy qismi (90 foizdan ortig‗i)
irrigatsiya maqsadlarida ishlatiladi. Uning qolgan qismidan esa sanoatda hamda maishiy va
kommunal maqsadlarda foydalaniladi. Ma‘lumki, yuqoridagi har uch yo‗nalish ham yildanyilga
ko‗proq suv talab qilmoqda va shu sababli o‗lkamizda suv muammosi tobora tig‗iz bo‗lib
qolmoqda.
Ana
shunday
sharoitda
suvdan
tejabtergab
foydalanish,
uning
samarasiz
yo‗qotilishiga yo‗l qo‗ymaslik, qaytarma va oqava suvlardan unumli foydalanish,
eng muhimi
suv manbalarini ifloslanishdan va ortiqcha minerallashuvdan saqlash asosiy vazifa bo‗lib qoldi.
62
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, suv manbalarini sifat jihatdan muhofaza qilishning
birorta universal usuli yo‗q. Asosiy yo‗nalish oqova suvlarini kamaytirish yoki umuman
to‗xtatish bo‗lib, u bir qancha yordamchi choralar tufayli amalga oshiriladi. Suvdan foydalanish
jarayonida uni muhofaza qilish ularning hammasi uchun xos bo‗lgan umumiylikdir. Boshqacha
qilib aytganda suv boyliklarini himoya qilish faqat taqiqlashlaru chegaralashlardan iborat emas.
Bu yo‗lda noto‗g‗ri yo‗nalishlarga tezda chek qo‗yish, oldindan tadbirlar belgilash, yo‗l
qo‗yilishi mumkin bo‗lgan xatolardan ogohlantirish ham muhimdir.
Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida O‗zbekiston
va Markaziy Osiyodagidagi
suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning xuquqiy asoslari ekologik nuqtai nazardan
chuqur o‗rganildi va ilmiy manbalar, adabiyotlar asosida tahlil qilindi.
Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning xuquqiy asoslarini adabiy manbalar
asosida ochib berildi. Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish xuquqiy tushunchasi va
o‗ziga xos xususiyatlari o‗rganilib, ma‘lumotlar to‗plandi. Shuningdek suv manbalaridan
foydalanish turlari, foydalanuvchilarning xuquq va majburiyatlari hamda suv resurslaridan
foydalanish xuquqini himoya qilishning chora tadbirlari o‗rganildi.
Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning
xuquqiy muhofaza qilish
tushunchasi va xususiyatlari, transchegaraviy suv resurslaridan foydalanishni xuquqiy tartibga
solish, suv manbalarini muhofaza qilish va undan foydalanish to‗g‗risidagi qonun xujjatlarini
buzganlik uchun javobgarlik haqida to‗la ma‘lumotlar berildi.
Bitiruv malakaviy ishning natijalaridan universitetlarning Ekologiya va atrof muhit
muxofazasi ta‘lim yo‗nalishi talabalari, tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi, litsey va
kollejlar talabalari manba sifatida keng foydalanishlari mumkin.