Suv resurslarini muhofaza qilish chora tadbirlari




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/34
Sana14.05.2024
Hajmi0,84 Mb.
#231100
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
0RJrQ3vRD3kUqmZxQjhYHPBLke8N991r3vYc3dNV

3.2. Suv resurslarini muhofaza qilish chora tadbirlari 
Ma‘lumki, suv resurslarini muhofaza qilish ikki yo‗nalishda
 
olib
 
boriladi. Birinchisi,
 
miqdoriy
jihatdan kamayishdan saqlash bo‗lsa, ikkinchisi uning 
ifloslanish
va 
minerallashish
darajasining 
ortib ketishini oldini olishdir. Hozirgi vaqtda o‗lkamizda yuqoridagi har ikki yo‗nalish ham juda 
muhimdir.
 


56 
Respublikamizda suv resurslari cheklangan bo‗lishiga qaramasdan, uni tejashga kam 
e‘tibor berilayapti, natijada suvning ko‗p qismi bekorga sarf bo‗lmoqda. Deyarli barcha 
iste‘molchilar doimiy ravishda me‘yordan ko‗p suv olishga harakat qiladilar. Bu esa ekin 
maydonlarida yer osti suvlari sathining ko‗tarilishiga, yerlarning qayta sho‗rlanishiga olib 
kelmoqda. O‗z navbatida sho‗rni yuvish uchun yana katta miqdorda suv sarflanib, natijada 
sug‗oriladigan yerlarda hosil bo‗ladigan qaytarma suvlar miqdori ham ortmoqda. Shundan 
ko‗rinib turibdiki, sug‗orishda suvni tejashning katta imkoniyatlari mavjud. Bunga, avvalo, ka-
nallar o‗zanini betonlash, nov (lotok)lardan foydalanish yo‗li bilan sug‗orish tarmoqlarining 
foydali ish koeffitsientini 0,7­0,8 ga yetkazib, hamda yuqorida aytilganidek, sug‗orishning ilg‗or 
usullarini qo‗llash bilangina erishish mumkin. 
Suv resurslarini kamayishdan saqlashning asosiy rezervlaridan yana biri sug‗orishda 
qaytarma suvlardan unumli foydalanishdir. Resrublikada bu suvlar asosan ekin maydonlaridan, 
sanoat korxonalaridan va maishiy­kommunal tarmoqlardan qaytgan suvlardan tashkil topgan 
bo‗ladi. F.E.Rubinova ma‘lumotlariga ko‗ra 1971­1975 yillarda Farg‗ona vodiysida irrigatsiya 
maqsadlarida yiliga o‗rtacha 19 km
3
suv sarflangan bo‗lsa, hosil bo‗lgan qaytarma suvlar 9 km
3
ni tashkil etgan. Xuddi shu davr uchun Mirzacho‗lda yiliga 6,3 km
3
suv olinib, qaytarma suvlar 
2,2 km
3
ga teng bo‗lgan. Amudaryo havzasida esa turli sug‗orish massivlarida 1961­1980 yillar 
mobaynida qaytarma suvlar umumiy olingan suvning 19,2 foizidan 62,6 foizigacha o‗zgarib 
turdi. 70­yillarning oxiriga kelib qaytarma suvlarning potensial qiymati Amudaryo havzasida 
yiliga 24,1 km
3
ni (sug‗orishga olingan suvning 49,3 foizi), Sirdaryo havzasida esa 15,8 km
3
ni 
tashkil etdi. 
Afsuski, qaytarma suvlarning juda katta qismi tabiiy botiqlarga oqiziladi, natijada ular 
Sirdaryo va Amudaryoga kelib qo‗shilmaydi. 
33­jadval ma‘lumotlaridan qaytarma suvlarning miqdori keyingi yillarda keskin 
ortganligi yaqqol ko‗rinib turibdi. Umuman, 1956­1980 yillar mobaynida tabiiy botiqlarga 
oqizilgan qaytarma suvlar hajmi 77,1 km
3
ni tashkil etgan. 
Yuqoridagi misollar 

Download 0,84 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Suv resurslarini muhofaza qilish chora tadbirlari

Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish