57
Birinchidan, shahar xo‗jaligining va sanoatning, ayniqsa, uning ximiya va metallurgiya
tarmoqlarining suvga bo‗lgan talabi yildanyilga
ortmoqda, shunga mos ravishda tabiiy suvlar
ifloslanishining manbai bo‗lgan oqava suvlar ham ko‗paymoqda.
Ikkinchidan, shu paytgacha oqava suvlarni daryo va ko‗llarga oqizish bunday tabiiy suv
manbalaridan foydalanishning bir turi deb qaraldi. Ayniqsa, daryolar ifloslangan oqava suvlarni
yo‗q qilishda o‗ziga xos tabiiy inshoot deb qabul qilindi. Oqava
suvlar kam va sanoat uncha
rivojlanmagan paytda bunday qarash ma‘lum darajada to‗g‗riday tuyulgan edi. Afsuski, ayrim
mutaxassislarzavod va fabrikalar, korxonalar rahbarlari bu fikrni hozir ham to‗g‗ri deb
qaramoqdalar. Ko‗pchilik hollarda suvni sun‘iy tozalash inshootlarini qurish tugallanmay turib,
sanoat ob‘ektlari ishga tushirib yuborilmoqda. Bu sohaga ajratilgan kapital mablag‗lar
sekin
o‗zlashtirilmoqda.
Uchinchidan,
oqava
suvlarni
sun‘iy tozalashning hozirgi kundagi imkoniyatlariga
ortiqcha baho berilayapti. O‗zbekiston tabiatni muhofaza qilish Davlat komiteti Suv resurslarini
muhofaza qilish bo‗limining axborotiga ko‗ra 80yillarning oxirida Respublikamizda 750 ta suv
tozalash inshooti mavjud bo‗lgan bo‗lsa, afsuski, shulardan 225
tasi yaxshi ishlamagan, 104 tasi
esa umuman ishlamagan. Natijada 1988 yilda Respublikamizdagi sanoat korxonalarida 384 mln.
m
3
oqava suvlar hosil bo‗lgan bo‗lsa, shuning 11,7 foizi umuman tozalanmay suv manbalariga
oqizilgan. Yuqoridagi miqdorga ayrim korxonalar quyidagicha "hissa" qo‗shganlar: Chirchiq
elektroximiya kombinati 242 mln.m
3
, Toshkent qog‗oz kombinati 2,4 mln.m
3
. Birinchisi oqava
suvlarni
bevosita Chirchiq daryosiga, ikkinchisi esa Qorasuv kanaliga oqizgan.
Yuqoridagi kabi salbiy holatlarning oqibati nimalarga olib kelishini quyidagi raqamlarda
ko‗rish mumkin: M.I.Lvovich ma‘lumotlariga ko‗ra 1 m
3
hajmdagi tozalanmagan oqava suv kam
deganda 5060 m
3
toza tabiiy daryo suvini bulg‗aydi. Ayniqsa daryolarda kam suvlimejen davr-
larida oqava suvlarni ularga oqizish yanada yomon oqibatlarga olib keladi.
To‗rtinchidan, ayrim mutaxassislar,
olimlar tomonidan