T asdiq L a n g a n




Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana20.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#42876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
business-plan-2021-oz
axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W, kolloid kimyo lab.2022 y., Jadvallar Т.Жўраев, 25-amaliy mashg\'ulot, Рус тили фани тест основные типы уроков, Ro\'yxat, 17-ma`ruza, Access uslubiy ko\'rsatma, Ariza
 
Ammiakli selitra 
JAHON BOZORI 
Gruziyaning ammiakli selitra oʻgʻiti hanuzgacha bozorda 1 tonnasi uchun 
(FOB Gruziya, qopsiz) 235 dollardan sotilmoqda. Rossiyada ishlab chiqilgan
ammiakli selitra 1 tonnasi uchun Boltiq dengizi portlarida (FOB, qopsiz) 225-230 


16 
dollardan taklif etilmoqda. 
Qora dengiz va Boltiqboʻyi hududlarida talab 
pastligicha qolmoqda. Turkiyaning “Gemlik” ishlab chiqaruvchisi 1 tonna ammiakli 
selitra oʻgʻitini (FOB Turkiya, qopsiz) 275 dollardan taklif qilmoqda, biroq xorijiy 
xaridorlar 1 tonnasiga (FOB Turkiya, qopsiz) 
220 dollardan ortiq toʻlashga tayyor 
emas. Bozor savdogarlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, “Toros” 
uch hafta oldin Turkiyaning (FOB, qopsiz) tonnasi 240 dollardan sotilgan 
ammiakli selitrasini endi Afrikaga joʻnatmoqda. Ohakli-ammiakli selitra va 
ammiakli selitraga boʻlgan talab Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida hamon 
pastligicha qolmoqda. Yevropalik ishlab chiqaruvchilar 2022-
yil uchun oʻgʻitlar 
narxini hali belgilab olganicha yoʻq. 
 
Kaliy xlorid. 
Yevropada granulali kaliy 
xloridning narxi oʻzgarmadi, AQSHda esa 
kotirovkalar pasaygan, chunki koʻplab xaridorlar kerakli hajmlarni sotib olib 
boʻlishgan. Asosan, Janubi-Sharqiy Osiyoda ushbu mahsulot eng kamida 1 
tonnasi 280 dollardan taklif etiladi. Biroq palma yogʻi ishlab chiqariladigan 
mamlakatlarda hozirda oʻtkaziladigan tenderlar birmuncha kamayganini hisobga 
olsak, bu narx qanchalik barqarorligiga hali yana bir karra ishonch hosil qilish 
kerak. 
Turli asosiy savdo hududlarida kaliy xlorid narxlari oʻrtasidagi ortib 
borayotga
n tafovut keyingi bir necha oy ichida yoʻqolmasligi oydinlashmoqda. 
AQSH va Yevropa mamlakatlarida narxning oshish istiqbollari minimaldir, chunki 
koʻpchilik xaridorlar zarur boʻlgan hajmlarni allaqachon xarid qilib boʻlishgan. 
Biroq Braziliya va Janubi-Sh
arqiy Osiyoda narxning oʻsishi taklifning 
cheklanganligi tufayli davom etadi, Janubi-Sharqiy Osiyoda esa narxlar yaqinda 
boʻlib oʻtadigan xaridlar tenderlari bilan bogʻliq boʻladi. 
XITOY 
Bahorgi tuproqni oʻgʻitlash mavsumi yakunlanganligi sababli mamlakatimiz 
ichki bozorida mahsulotga boʻlgan talab barqaror. NPK oʻgʻiti ishlab 
chiqaruvchilari oʻz mahsulotlariga boʻlgan talabning pastligi sababli kaliy xloridni 
odatdagidan kam miqdorda sotib oldilar. Portlardagi zaxiralar bir hafta oldingi 2,4-
2,45 million tonnadan 2,5 million tonna 
miqdorida koʻpayib ketdi. Portlardagi 
omborlarda ozuqaviy moddalar miqdori 62% boʻlgan rus oq kaliy xlorid oʻgʻiti 
narxi bir hafta oldingi 2550 yuan/t.dan 2550-
2560 yuan/t.gacha koʻtarildi. 
Portlarda granulalangan mahsulot narxi 
oʻzgarishsiz qoldi va 2350 yuan/tonnani 
tashkil etdi. Biroq talabning kuchliligi, taklifning cheklanganligi va kuz mavsumida 
AQSHda kotirovkalarning koʻtarilishi, oxir-oqibat, Lotin Amerikasida, hatto asosiy 
xarid mavsumi allaqachon tugagan Braziliyada ham narxlarning sezilarli darajada 
oshishiga olib kelishi mumkin. Janubi-Sharqiy Osiyoda ham narxlar oshishi 
mumkin. Biroq bu mintaqada oʻgʻit narxi oshib ketishining oldini oladigan omillar 
hamon saqlanib qolmoqda. 
INDONEZIYA 


17 
Mamlakatda mahsulot sotib 
olish boʻyicha mahalliy plantatsiyalar egalari 
tomonidan oʻtkaziladigan tenderlar mavsumi yakunlandi. Mahalliy isteʼmolchilar 
joriy chorakda milliy valyutadagi kaliy xlorid narxi 280 dollar/t.ga yetishini, 3-
chorakda esa koʻpi bilan 1 tonnasiga 300 dollarni tashkil qilishini kutishmoqda. 

Download 0.8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish