kadrlar tayyorlash tizimining transformatsiyasi




Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana20.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#42876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
business-plan-2021-oz
axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W, kolloid kimyo lab.2022 y., Jadvallar Т.Жўраев, 25-amaliy mashg\'ulot, Рус тили фани тест основные типы уроков, Ro\'yxat, 17-ma`ruza, Access uslubiy ko\'rsatma, Ariza
kadrlar tayyorlash tizimining transformatsiyasisohada kadrlar 
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan 
takomillashtirish, shuningdek, mavjud va yangi barpo etiladigan ishlab chiqarish 
quvv
atlarini yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan taʼminlash. 
 
2. Sanoatning mavjud va prognoz salohiyati 
Oʻzbekiston kimyo sanoati mamlakat iqtisodiyotining uzoq muddatli va 
barqaror rivojlanishiga zamin yaratadigan asosiy segmentlaridan biridir. Aynan 
kimyo sanoati deyarli barcha tarmoqlarni xom ashyo, turli materiallar va 
mahsulotlarni yetkazib beruvchisi boʻlib, ularning rivojlanish koʻlami, yoʻnalishi va 
samaradorligiga sezilarli taʼsir koʻrsatmoqda. 
Bugungi kunda Oʻzbekiston bozorida qator yirik korxonalar faoliyat 
yuritmoqda, masalan “Navoiyazot” AJ, “Maksam-
Chirchiq” AJ, “Fargʻonaazot” AJ, 
“Ammofos-
Maksam” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Qoʻngʻirot soda zavodi” 
MCHJ, “Birinchi rezinoteknika zavodi” MCHJ va boshqalar. 
Oʻzbekistonda kimyo sanoatining ishbilarmonlik jozibadorligining asosiy 
omillari, avvalo, zarur xom ashyo, malakali mehnat resurslari, rivojlangan aloqa 
tarmogʻi, bank va yuridik xizmatlar tarmogʻi hamda nisbatan arzon energiya 
manbalari hisoblanadi. 
Tashkil qilinganida
n boshlab Oʻzbekiston kimyo sanoati birinchi navbatda 
mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan edi. Oʻzbekiston Respublikasida 
kimyo sanoati korxonalarini har tomonlama rivojlantirish, iqtisodiy rivojlanishning 
hozirgi bosqichining ustuvor milli
y vazifalari bilan bogʻliq.
Bugungi kunda kimyo sanoati muhim ishlab chiqarish, xom ashyo va ilmiy-
texnik salohiyatga ega. Bu respublika sanoat ishlab chiqarishining qariyb 2 foizini 
tashkil etadi. Sohada ish bilan band boʻlganlar soni 30 ming kishiga yaqin tashkil 
qiladi. 
Ishlab chiqarilayotgan kimyoviy mahsulotlar iqtisodiyotning koʻplab 
tarmoqlari ehtiyojlari uchun yetkazib beriladi: qishloq xoʻjaligi (mineral oʻgʻitlar, 
defoliantlar, kimyoviy oʻsimliklarni himoya qilish mahsulotlari), mebel sanoati 
(formalin, karbamid, karbamid-formaldegid smolasi), kon-metallurgiya sanoati 



(natriy sianidi, poliakrilamidlar, tiomochevina, nitrat kislotasi, ammiakli suv), 
elektron va elektrotexnik sanoati (epoksid smolasi), neft va gaz sanoati (uniflok, 
K-9 ma
hsuloti, burgʻilash reagenti), qurilish sanoati (kalsiylangan soda, natriy 
nitrati), oziq-ovqat sanoati (sirka kislotasi) va boshqalar. 
“Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalarini ishlab chiqaradigan mahsulotlar turiga 
koʻra, quyidagi asosiy ishlab chiqarish majmualariga ajratish mumkin: 
mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish kompleksi; 
energetika, oltin qazib olish, kimyo sanoati uchun noorganik moddalar va 
kimyoviy reagentlar ishlab chiqarish majmuasi
oʻsimliklarni himoya qiluvchi kimyoviy vositalar ishlab chiqarishi; 
kalsiylangan soda ishlab chiqarishi; 
polimer va rezina buyumlar ishlab chiqarishi. 
Hozirgi kunda “Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalarida 170 dan ortiq turdagi 
kimyoviy mahsulotlari ishlab chiqariladi. 
Hozirgi bosqichda sanoatning asosiy vazifasi, ayniqsa, muhim turdagi 
mahsulotlar uchun xom ashyo mustaqilligiga erishish uchun yangi turdagi 
mahsulotlarni oʻzlashtirish orqali xomashyo importi hajmini sezilarli darajada 
kamaytirishdir. Ushbu maqsadga erishish eksport qilinadigan mahsulotlar turini 
kengaytirish va raqobatbardoshligini oshirish, mahalliy resurslardan foydalanish, 
mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini texnik qayta jihozlash va rekonstruksiya 
qilish, chet ellik sheriklar bilan qoʻshma korxonalar tashkil etish va xorijiy 
investitsiyalarni 
jalb qilish orqali sanoatning eksport salohiyatini oshirishni oʻz 
ichiga oladi. Sanoatning zamonaviy tuzilishi asosini ishlab chiqarilgan mineral 
oʻgʻitlar, birinchi navbatda, azot va fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish tashkil qiladi, 
bu sanoat yalpi mah
sulotining yarmidan koʻpini tashkil etadi. 
Soʻnggi yillarda sintetik materiallar va polimerlarni ishlab chiqarish va qayta 
ishlash hamda isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish jadal surʼatlar bilan rivojlanib 
bormoqda. 
Hozirgi kunda soha korxonalarida modernizatsiya, ishlab chiqarish sexlarini 
qayta jihozlash va yuqori texnologiyalar asosida uskunalarni yangilash ishlari olib 
borilmoqda. 
Jahon bozorida raqobatbardosh, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaradigan 
zamonaviy korxonalarni yaratish va mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini 
modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarni amalga 
oshirish, shu jumladan xorijiy va ichki investitsiyalarni jalb qilish orqali fosforli 
oʻgʻitlari ishlab chiqarishni kengaytirish yaqin kelajakda kimyo sanoatini 
rivojlantirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari boʻlib qolmoqda. 
Umuman olganda, Oʻzbekiston sanoatining asosiy tarkibiy qismlaridan biri 
boʻlgan kimyo sanoatini rivojlantirish uchun keng istiqbolli imkoniyatlar 
mavjudligini taʼkidlash mumkin. Shu bilan birga, zamonaviy yuqori texnologiyali 
ishlab chiqarishlarni yaratishga, shuningdek mahsulotlar uchun yangi bozorlarni 
rivojlantirishga yoʻnaltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun 



dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarini jalb qilish muhi
m yoʻnalish boʻlib 
qolmoqda. 
Mustaqillik yillarida respublikada qator yangi obyektlar foydalanishga 
topshirildi, shu munosabat bilan turdosh tarmoqlar uchun xomashyo bazasini 
rivojlantirish zarurati yuzaga keldi. 
Toshkent viloyatida “Angren” maxsus sanoat zonasi tashkil etilishi bilan 
“Konveyer lentalari, qishloq xoʻjaligi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni 
tashkil etish” loyihasini amalga oshirish uchun noyob imkoniyat paydo boʻldi. 
Zavod qurilishi Xitoyning “Poly Technologiyes2 kompaniyasi tomonidan amalga 
oshirildi. Obyektning birinchi bosqichi 2018-yilning dekabr oyida foydalanishga 
topshirildi. 
Ushbu loyiha nafaqat mahalliy «GM-
Oʻzbekiston» avtomobil ishlab 
chiqaruvchisini avtomobil shinalari bilan taʼminlash, balki qoʻshni mamlakatlarga 
mahsulot eksport qilish, qoʻshimcha malakali ish oʻrinlari yaratish imkonini beradi. 
Bugungi kunda “Birinchi ryezinotexnika zavodi” Markaziy Osiyoda yagona 
shina mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Korxonaning ishlab chiqarish 
quvvati 3 million 
dona avtomobil shinasi, 200 ming dona qishloq xoʻjaligi shinasi 
va 100 ming dona konveer tasmasini tashkil etadi. 
Sanoatdagi eng yirik korxona “Navoiyazot” AJda: 
2019-yilning dekabrida 100 ming tonna PVX, 75 ming tonna kaustik soda 
ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirildi; 
2020-yilning birinchi yarmida yiliga 500 ming tonna quvvatga ega nitrat 
kislota ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi; 
2020-
yilning dekabr oyida quvvati 660 ming tonna boʻlgan ammiak va yiliga 
577,5 ming tonna sigʻimga ega karbamid ishlab chiqarish majmuasi ishga 
tushirildi. 
Xalq xoʻjaligi tarmoqlarining kimyo mahsulotlariga boʻlgan talabi ortib 
borayotganini inobatga olib, 2021-yilda yangi ishlab chiqarish obyektlarini tashkil 
etish rejalashtirilmoqda, joʻmladan: 
"Navoiyazot" AJda metanol asosida karbamid-formaldegid konsentrati 
(KFK-85) va karbamid-formaldegid smolasi; 
“CENTRAL AZIA CHEMIKAL” MCHJ da natriy lauret sulfat (LSN), chiziqli 
alkilbenzenesulfonik kislota (LABSK) va yuvish kukunlari; 
"Maksam-Chirchiq" AJda vanadiy katalizatori; 
burgʻilash, 
qurilish, 
oziq-ovqat va tibbiyot sanoati uchun 
karboksimetilsellyuloza asosidagi reagentlar; 
"Toshkent kislorod zavodi" Davlat unitar korxonasi negizida tibbiy kislorod. 
Ayni paytda “Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalari kimyoviy mahsulotlarining 
qariyb 30 foizini Janubi-Sharqiy Osiyo, Xitoy, Eron bozorlariga, shuningdek 
qoʻshni mamlakatlarga eksport qilmoqda. 


10 
Shu bilan birga, kimyoviy mahsulotlar turlari va assortimentini kengaytirish, 
mahalliy xom ashyo asosida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ishlab chiqarish 
tannarxini pasaytirish boʻyicha mavjud imkoniyatlar toʻliq qoʻllanilmayapti va 
respublika qishloq xoʻjaligida fosforli oʻgʻitlarga boʻlgan ehtiyoj qondirilmay 
qolmoqda. 
Kimyo sanoatini yanada diversifikatsiya qilish, yangi ishlab chiqarishlarni 
yaratishga toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoyalarni jalb qilish xamda ichki va tashqi bozorda 
talab qilinadigan mahsulotlar turini kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va investitsiya 
jozibadorligini oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-
son qarori bilan “2019-2030-yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi” 
tasdiqlandi. Unda iqtisodiyot tarmoqlarida talab katta boʻlgan yangi turdagi 
kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ular asosida ishlab chiqarish 
klasterlari yaratish bilan sanoat korxonalarining mavjud ishlab chiqarish 
quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish koʻzda tutilgan. 
Respublika iqtisodiyotini jadal rivojlantirish uchun innovatsion kimyoviy 
texnologiyalarni rivojlantirish, jahon standartlari darajasiga javob beradigan 
loyihalash ishlarini amalga oshirish, shuningdek kimyo sohasida yuqori malakali 
kadrlar tayyorlash uchun infratuzilma va tegishli sharoitlar yaratish talab etiladi 
xamda sohada ilmiy salohiyatni oshirish. 
Kasbiy mahorat va bilim darajasini oshirish, rivojlangan ilmiy va ishlab 
chiqarish aloqalarini shakllantirish, kimyo sohasida fanni rivojlantirish boʻyicha 
xorijiy tajribalarni jalb qilish, ilmiy salohiyatni kimyo sohasidagi innovatsion 
ishlanmalarga jalb qilish maqsadida fanlarni ishlab chiqish, ilmiy gʻoyalarni 
rivojlantirish, fan, dizayn va ishlab chiqarish oʻrtasida yaqin aloqalarni oʻrnatish va 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktyabrdagi PQ-3983-son 
qaroriga binoan Koreya tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Kimyoviy 
texnologiyalar tashkiloti (KRIKT) tomonidan “Kimyo texnologiyalari ilmiy-tadqiqot 
instituti” va “Oʻzkimyosanoatloyiha” AJ negizida ilmiy-loyihalash instituti – Kimyo 
t
exnologiyalari markazini yaratish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-
sonli qaroriga asosan "Navoiyazot" AJ, "Fargʻonaazot" AJ negizida va 
Qoraqalpogʻiston Respublikasida jami uchta kimyoviy klasterini tashkil etish 
rejalashtirilgan. 
Hozirgi kunda xorijiy investorlar bilan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra 
"Navoiyazot" AJ kimyoviy klasterida umumiy qiymati 2,6 mlrd. dollarlik boʻlgan 16 
ta investitsiya loyihasini amalga oshirish va mahalliy aholi uchun 1863 ta yangi 
ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan. 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sanoat klasterida umumiy qiymati 686,7 
million dollarlik 3 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish va 920 ta yangi ish 
oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan.


11 
"Fargʻonaazot" AJ sanoat klasterida umumiy qiymati 334,4 mln. dollarlik 4 
ta investitsiya loyihasini amalga oshirish va 425 ta yangi ish oʻrinlari yaratish 
rejalashtirilgan. 
Yuqorida qayd etilgan ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun asosiy xom-
ashyo tabiiy gazdir. 

Download 0.8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



kadrlar tayyorlash tizimining transformatsiyasi

Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish