texnologik transformatsiya




Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana20.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#42876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
business-plan-2021-oz
axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W, kolloid kimyo lab.2022 y., Jadvallar Т.Жўраев, 25-amaliy mashg\'ulot, Рус тили фани тест основные типы уроков, Ro\'yxat, 17-ma`ruza, Access uslubiy ko\'rsatma, Ariza
texnologik transformatsiya — mahalliy xom ashyodan yarim tayyor 
mahsulotlarni, shu jumladan organik sintez va nanotexnologiyalar orqali ishlab 
chiqarishning yangi quvvatlari negizida xom ashyodan tayyor mahsulotgacha 
boʻlgan koʻp pogʻonali qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratish. Bunda, qayta 
ishlanmagan xom ashyo (tabiiy gaz, sanoat tuzlari, paxta sellyulozasi, sirka 
kislotasi va boshqalar) resurslarini mamlakat hududida chuqur qayta ishlashni 
tashkil etish orqali ularni xom ashyo sifatida eksport qilinishini bosqichma-
bosqich qisqartirish; 
xoʻjalik munosabatlari tizimini transformatsiya qilishbirinchi 
navbatda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan kimyo sanoati 
korxonalari oʻrtasidagi munosabatlar sohasida davlat tomonidan aralashuvga 
che
k qoʻyish va eskicha reja-taqsimlash tizimidan batamom voz kechish; 
mulkiy munosabatlar tizimini transformatsiya qilish — sohada yangi 
ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga xususiy kapitalni, shu jumladan, xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish orqali kimyo korxonalarida davlat ulushini keskin 



kamaytirish va kimyo sanoati korxonalarini xususiylashtirish, shuningdek, 
korxonalar faoliyatiga davlat hokimiyati organlari aralashuvining oldini olish; 
raqamli transformatsiyamoliyaviy, moddiy va kadrlarga oid resurslar 
harakatini boshqarish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni markirovkalash, 
moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobini yuritish 
tizimlarini joriy etish uchun sohaga zamonaviy dasturiy taʼminot tizimlarini tatbiq 
etish; 
ilm-
fan 
va 
ishlab 
chiqarish 
oʻrtasidagi 
munosabatlar 
transformatsiyasi — innovatsiya jarayonlarini tashkil etish, zamonaviy 
texnologiyalarni transfer qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalar asosida fan va 
ishlab chiqarish oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish; 

Download 0.8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish