"Oʻzkimyosanoat"AJ korxonalari tomonidan mineral oʻgʻitlarni




Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana20.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#42876
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
business-plan-2021-oz
axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W, kolloid kimyo lab.2022 y., Jadvallar Т.Жўраев, 25-amaliy mashg\'ulot, Рус тили фани тест основные типы уроков, Ro\'yxat, 17-ma`ruza, Access uslubiy ko\'rsatma, Ariza
 
"Oʻzkimyosanoat"AJ korxonalari tomonidan mineral oʻgʻitlarni 
realizatsiya qilish t
oʻgʻrisida 
 
“Oʻzkimyosanoat” AJ tarkibiga kiradigan korxonalar tomonidan mineral 
oʻgʻitlarning ulgurji savdosi tovar-xom ashyo birjasida amalga oshiriladi, birja 
savdolarida ulgurji xaridorlar “Agrokimyohimoya” hududiy AJ, klasterlar va 
boshqa isteʼmolchilar hisoblanadi. 
Mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy mahsulotlarni eksport qilish hajmi har 
yili hukumatning mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va sotish balansi toʻgʻrisidagi 
qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar va 
xizmatlar eksporti prognozi toʻgʻrisida” gi qarori bilan belgilanadi. 
Sanoat korxonalari har yili 42-44 turdagi tovarlarni eksport qiladilar. Asosiy 
mahsulotlar: ammiakli selitra, karbamid, ammoniy sulfat, kaliy xlorid, 
kalsiynatsiyalangan soda, ammofos, ammiak, natriy xlorat va boshqalar. 
Respublika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mineral oʻgʻitlar 
dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlariga eksport qilinmoqda. 
Eksport uchun ustuvor yoʻnalishlar Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari 
(Hindiston, Vyetnam, Shri-Lanka, Bangladesh, Malayziya va boshqalar). Eksport 
salohiyati — 350-400 ming tonna. 
Yiliga 450 ming tonnagacha mineral oʻgʻitlar salohiyatiga ega boʻlgan 
qoʻshni mamlakatlar – Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va 
Afgʻoniston, Eron, Turkiya – 100 ming tonnadan ortiq mineral oʻgʻitlarni eksport 
qilish uchun strategik va iqtisodiy jihatdan foydali boʻlib qolmoqda. 
 
 
4. 2020-yilda olib borilgan faoliyatning qisqacha natijalari 
4.1 Sanoatning 
asosiy koʻrsatkichlari. 
2020-yilda respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor 
yoʻnalishlaridan kelib chiqib, quyidagi asosiy vazifalar belgilandi: 
sanoat 
ishlab chiqarishining barqaror oʻsishini taʼminlash; 
investitsiya loyihalarini amalga oshirishni taʼminlash; 
sanoatning eksport salohiyatini oshirish; 
tarmoqdagi alohida korxonalarning aktivlarini mahalliy va xorijiy 
investorlarga sotish orqali mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya 
qilish va kengaytirishga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishni 
ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; 


18 
tarmoq korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish chora-tadbirlarini 
amalga oshirish. 
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi tomonidan mavjud 
ishlab chiqarishlar hajmini barqarorlashtirish va oshirish, energiya sarfini 
kamaytirish va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni 
koʻpaytirishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda, strategik ahamiyatga ega 
investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ishlar jadallashtirilmoqda. 
2020-yil yakuni 
boʻyicha sohada quyidagi koʻrsatkichlarga erishildi: 
- tovar mahsuloti ishlab chiqarish prognozi 94 foizga bajarildi;

ishlab chiqarishning oʻsish surʼati – 108,2% ni tashkil etdi; 
- mahsulot eksporti prognozi 67,7 foizga bajarildi; 

investitsiya dasturi boʻyicha oʻzlashtirish 102,0% ni tashkil etdi;

mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish prognozi 91,1 foizga bajarildi. 
Azotli va fosforli oʻgʻitlarni ishlab chiqarish prognozi koʻrsatkichlari 
bajarilmasligining asosiy sabablari: 
kuz-qish davrida (yanvar-fevral, noyabr-
dekabr) tabiiy gaz taʼminotidagi 
cheklovlar; 
“Ammofos-Maksam” aksiyadorlik 
jamiyatida qishloq xoʻjaligi ishlab 
chiqaruvchilari tomonidan tayyor mahsulotlar oʻz vaqtida sotib olinmaganligi 
sababli mablagʻ taqchilligi natijasida fosforit xomashyosi yetishmasligi. 

Download 0.8 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Oʻzkimyosanoat"AJ korxonalari tomonidan mineral oʻgʻitlarni

Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish