• 10.4. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalarga äskirish hisoblashning xususiyatlari va hisobi
  •  .H iso b d o r sh axsga b e r ilg a n b o ‘nak su m m a sin i k a p ita l




    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet134/418
    Sana17.01.2024
    Hajmi15,8 Mb.
    #139284
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   418
    Bog'liq
    4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK

    2 .H iso b d o r sh axsga b e r ilg a n b o ‘nak su m m a sin i k a p ita l 
    investitsiya sifatida tan olinishiga
    Debet 0840 «Asosiy podani shakllantirish»;
    Kredit 
    4290 ««Xodimga berilgan boshqa bo‘naklar».
    3. 
    Bir vaqtning o ‘zida sarflangan kapital investitsiyalarni kirim 
    qilingan ishchi va mahsuldor hayvonlaming boshlang ‘ich qiymatiga 
    kiritilishiga:
    Debet 0170 «Ishchi hayvonlari»;
    Kredit 
    0840 «Asosiy podani shakllantirish».
    Asosiy podani shakllantirishga qilingan kapital sarflaming tahliliy hisobini 
    turli maqsadlarda turlicha yuritish maqsadga muvofiq. Chunonchi, bunday 
    tahliliy hisob qilingan xaraj atlami ishchi va mahsuldor hayvonlaming turlari 
    bo‘yicha (yirik shohli hayvonlar, cho‘chqalar, qo‘ylar, otlar va boshqalar) 
    axborotlami olish imkonini berishi kerak.
    Ta’kidlashjoizki, qishloq xo‘jaligi korxonalarining ayrim hayvonlami 
    sotib olishga sarflagan mablagiari asosiy podani shakllantirish xarajatlari 
    sifatida tan olinmaydi. Chunonchi, parrandalar, quyonlar, qimmatbaho 
    mo‘ynali hayvonlar, asalarilar, qo‘riqchi itlar va boshqa shu kabi hayvonlar, 
    ularning qiymatidanqat’i nazar, asosiy podatarkibida hisobga olinmaydi. 
    Ular joriy aktivlar tarkibiga kiritiladi va mos ravishda 1100 « 0 ‘stirishda 
    va boquvda mollar» schotida hisobga olinadi.
    10.4. 
    Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalarga äskirish 
    hisoblashning xususiyatlari va hisobi
    Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalar, boshqa tarmoq 
    korxonalari singari, amortizatsiyalanadigan va amortizatsiyalanmaydigan 
    asosiy vositalarga bo‘linadi.
    Respublikamizda qabul qilingan 5-son BHMS «Asosiy vositalao>ga 
    muvofiq qishloq xo‘jaligi korxonalarida amortizatsiya hisoblanmaydigan 
    asosiy vositalarga quyidagilar kiritiladi:
    - mulk sifatida sotib olingan yer uchastkalari;
    - mahsuldor hayvonlar;


    - qiymatidan qat’i nazar o ‘stirishdagi va boquvdagi mollar gumhiga 
    kiritiladigan mollar (parrandalar, quyonlar, asalarilar, qimmatbaho mo‘ynali 
    hayvonlar, qo‘riqchi itlar vaboshqa shu kabi hayvonlar);
    - to‘liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar;
    - belgilangan tartiblarga ko‘ra konservatsiya qilingan asosiy vositalar;
    - kutubxona fondi;
    - muzey eksponatlari va boshqalar.
    Qishloq xo‘jaligi korxonalarining boshqa asosiy vositalari umumbelgilangan 
    tartibda, shuningdek hisob siyosatida ko‘rsatilgan tartiblarga ko‘ra 
    amortizatsiyalanadi. Chunonchi, qishloq xo‘jaligi korxonalarida yillik 
    amortizatsiyabino vainshootlar bo‘yicha yillik 5 foiz, qishloq xo‘jaliktexnikasi 
    va asbob-uskunalari, ofis mebeli vaj ihozlari, yuk tashish mashinalari, avtobuslar 
    bo‘yicha 15 foiz, kompyutyer texnikasi, yengil avtomobillar vayo‘llarda 
    ishlatiladigan avtotraktor texnikasi bo‘yicha 20 foiz, suv chiqarish nasoslari, 
    elektrdvigatellar, generatorlar, truboprovodlar bo‘yicha 8 foiz miqdorida 
    hisoblanadi. Demak, qishloq xo‘jaligi korxonalarida ushbu asosiy vositalari 
    bo‘yicha eskirishni hisoblash me’yorlari va tartibi barcha boshqa tarmoqlar 
    uchun belgilangan tartibgato‘liqo‘xshaydi. Biroq, ishehi hayvonlar, ko‘pyillik 
    o‘simliklar kabi asosiy vositalar bo‘yicha eskirishni hisoblash masalasida turli 
    munozalar tug‘diradigan, shuningdek o‘zigaxos yondashishlami talab qiladigan 
    asosiy vositalar hisoblanadi.
    Respublikamiz Soliq kodeksiga muvofiq ishehi hayvonlar va ko‘p yillik 
    o‘simliklar yiliga 10 foiz me‘yorida amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalar 
    guruhiga kiradi. Lekin, ushbu asosiy vositalaming foydali xizmat muddatini 
    aynan o‘n yil qilib belgilash juda ham nisbiydir. Odatda, ishehi hayvonlar 
    o‘n yil ham xizmat qilmasliklari yoki undan bir necha bor ko‘p muddatda 
    xizmat qilishlari mumkin. Ko‘p yillik o‘simliklaming qariyb yarim asr, 
    hattoki bir asrgacha hosil beradigan turlarining borligi ham sir emas. Shu 
    bois ham ishehi hayvonlar va ko‘p yillik o‘simliklar bo‘yicha amortizatsiya 
    hisoblash bo‘yicha belgilangan muddatlami eng kam xizmat muddati 
    sifatida e‘tirof etilishi maqsadga muvofiqdir.
    Chorva mollarini, odatda, bir vaqtning o‘zida ham ishehi hayvonlar 
    ham mahsuldor hayvonlar hisoblanadi. Masalan, otyoki tuyani yuk tashish 
    bo‘yicha ishehi hayvon, nasl yoki mahsulot (go‘sht, sut) berishiga ko‘ra 
    mahsuldor hayvon, deb atash mumkin. Shu bois ham, qishloq xo‘jaligi 
    korxonalarida ishehi hayvonlar bo‘yicha amortizatsiya hisobini to‘g‘ri


    yuritishning muhim shartlaridan biri bo‘lib ushbu guruhga kiruvchi 
    hayvonlaming tarkibi va ro‘yxatini aniq belgilash hisoblanadi.
    Ko‘p yillik o‘simliklar ham ekilganligidan hosil bennaydi. Ular, odatda, 2- 
    3 yildaii keyin hosilga kiradi. Shu bois ham, ushbu asosiy vositalar bo‘yicha 
    amortizatsiyani ulami parvarishlash boshlangandan keyin qaysi muddatdan 
    boshlab hisoblanish vaqtini aniq belgilash muhim masalalardan biri hisoblanadi.
    Qishloq xo‘jaligi korxonalarida, boshqa tarmoqlardan farqli oiaroq, 
    ko‘pchilik asosiy vositalar, ayniqsa traktorlar, pritseplar, suv quvurlari va 
    nasoslari, generatorlar, yuk tashish mashinalari, ishchi hayvonlar hisobot 
    davri davomidaham chorvachilik, ham dehqonchilik sohalarigaxizmat 
    ko‘rsatishi mumkin. Traktorlar, pritseplar va yuk tashish transportlari ishlab 
    chiqarish sohalaridan tashqari yyetishtirilgan mahsulotlami xaridorlarga 
    yuklab jo ‘natish va sotishga ham xizmatlami ko‘rsatadilar. Bu xususiyat 
    buxgalteriya hisobida asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish 
    summalarini mos ravishdagi sohalar, bu sohalardayetishtirilgan qishloq 
    xo‘jaligi mahsulotlari xarajatlari hamda sotishga doirxarajatlar o‘rtasida 
    taqsimlab chiqish zaruriyatini tug‘diradi.
    Asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summalarini taqsimlash 
    va ular hisobini tegishli schotlarga olib borish quyidagi ketma-ketlikda 
    amalgaoshiriladi.

    Download 15,8 Mb.
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   418




    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     .H iso b d o r sh axsga b e r ilg a n b o ‘nak su m m a sin i k a p ita l

    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish