Avtotransport korxonalari hisob siyosatining xususiyatlari




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/418
Sana17.01.2024
Hajmi15,8 Mb.
#139284
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   418
Bog'liq
4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK

17.2. Avtotransport korxonalari hisob siyosatining xususiyatlari
Avtotransport korxonalari hisob siyosatida boshqa turdagi korxonalar 
singari tanlab olingan buxgalteriya hisobi obyektlarini tan olish mezonlari, 
ularhisobini yuritishgaasos bo‘luvchi hujjatlar tizimi, ishchi schotlar rejasi, 
boshlang‘ich hujjatlar aylanishi, arxiv ishini tashkil qilish, tovar-moddiy 
boyliklami inventarizatsiyasini o‘tkazish jadvali, hisobni yuritishga doir 
boshqa tartib-qoidalaro‘z aksini topishi lozim.
Avtotransport korxonalarida buxgalteriya hisobining tashkiliy shaklini 
belgilashda ulaming katta-kichikligi, maqomi, hujjatlar soni va boshqa 
jihatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, yirik avtoxo‘jaliklarda 
bajariladigan hisob-kitob ishlarining ko‘pligi maxsus buxgalteriya’ni tashkil 
qilishni, Shuningdek uning tarkibida alohida bo‘limlami (masalan, transport 
vositalari ish faoliyati hisobi bo‘limi, moddiy boyliklar hisobi bo‘ limi, mehnat 
vaungahaq to‘lash hisob-kitobi bo‘limi, moliyaviy hisob-kitoblar bo‘limi 
va boshqalar) ochishni taqozo etadi. Mikrofirmalar va kichik korxonalar 
maqomidagi avtotransport korxonalarida maxsus hisob bo‘linmasi tashkil


qilinmasligi, ushbu ishlar shartnoma asosida ishga qabul qilingan yakka 
buxgalter yoki maxsus buxgalterlik firmalari tomonidan yuritilishi mumkin.
Avtotransport korxonasida buxgalteriya hisobining to‘g‘ri tashkil 
etilganligiga uning rahbari bevositajavobgar va mas’uldirlar. Chunonchi, 
rahbar buxgalteriyahisobini tashkil etilishi vayuritilishini ta‘minlash maqsadida 
buxgalteriya to‘g‘risidaNizom, bosh buxgalter va buxgalterlaming kasbiy 
mahoratiga qo‘yiladigan talablar, buxgalterlar o‘rtasida funksional 
majburiyatlaming taqsimoti, mehnat shartnomalari va boshqa ichki me’yoriy 
hujjatlami o‘z buyrug‘i bilan tasdiqlashi lozim. Ushbu ichki m e‘yoriy 
hujj atlaming mavjudligi va ularga amal qilish avtoxo‘jaliklarda buxgalteriya 
hisobini to‘g‘ri tashkil qilinishi va yuritilishi muhim omillardan hisoblanadi.
Avtotransport korxonalari hisob siyosatida avtotransport yordamida 
bajarilgan ish (ko‘rsatilganxizmat)lardan olinadigan daromadlar, ularga 
doir sarf-xarajatlar hamda yakuniy moliyaviy natijalarni ifodalovchi 
ko‘rsatkichlami tan olish va hisobini yuritishusullari aniq belgilab qo‘yilishi 
lozim. Chunonchi, hisob siyosatida naqd pul asosida bajarilgan ish 
(ko‘rsatilgan xizmat)lardan olingan daromadlami kassa usulida, naqdsiz 
pul asosida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan olingan daromadlami 
esa hisoblash usulida tan olish hamda hisobga olish tartibini aniq belgilab 
qo‘yish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari haydovchilar tomonidan 
yoiovchilardan terib olingan naqd pul hisobidan qilingan sarf-xarajatlar 
(masalan yo‘lda olingan yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, ta’mirlashga sarflangan 
pul mablag‘lari)ni daromad sifatida tan olish va tegishli schotlarda aks 
ettirish tartibi hisob siyosatida aniq ifodalanishi lozim.
Avtotransportda naqdsiz pulgabajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan 
olinadigan daromadlami tan olishda hisob-kitob hujjatlarini taqdim etish 
b o ‘yicha belgilangan tartib muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan 
shartnomalarda belgilangan tartibga ko‘ra naqdsiz pulga bajarilgan ish 
(ko‘rsatilgan xizmat)lardan olingan daromadlar schot- fakturalar asosida 
har kuni, har oy oxirida, ish (xizmat)lar to‘liq yoppasiga tugagandan so‘ng 
tan olinishi mumkin. Avtotransport korxonasi tomonidan daromadlami 
tan olish vahisobini yuritishning ushbu usullardan qaysi bin tanlab olinganligi 
yoki ulaming har birini qaysi turdagi ishlar uchun qo‘llanilishi hisob 
siyosatida aniq ifodalangan bo‘lishi lozim.
Avtotransport yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)laming 
xarakterlijihatlaridanbiri shundaki, ular bo‘yichatugallanmagan ishlab chiqarish


mavjud bo‘lmaydi, ya‘ni hisobot davri davomidabajarilgan ish (ko‘rsatilgan 
xizmat)larga qilingan barcha sarf-xarajatlar shu hisobot davrida ushbu ish 
(xizmat)lar tannarxi sifàtidatan olinadi vahisobdan chiqariladi. Respublikamizda 
qabul qilingan tartiblarga muvofiq transport yordamida bajarilgan ish 
(ko‘rsatilgan xizmat)larga ketgan sarf-xarajatlar hisoblash usuli bo‘yicha, 
shuningdek hisobot davrlari daromadlari va xarajatlarining mosligi, muhimlilik 
kabi tamoyillar asosidatan olinishi hamda hisobdaaks ettirilishi lozim.
Avtotransport yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxini 
aniqlashdaturlikalkulasiyabirliklari qoilaniladi. Chunonchi,yuk tashish 
avtotransportlari uchun tannarx kalkulasiyasi ulaming turlari bo‘yicha 1 soatlik 
islx, 1 tonnayuk, 1 tonna-kilometiga tuziladi. Yo‘ lovchi tashishga mo‘ lj allangan 
avtotransportlar uchun tannarxni kalkulasiya qilish birligi sifatida transport 
vositalarining turlari bo‘yicha 1 soatlik ish, 1 ta yo‘lovchi yoki 1 kishi-kilometr 
olinadi. Avtotransport korxonalari ushbu kalkulyatsiya birliklari bo‘yicha 
bajariladigan ish (ko‘rsatiladigan xizmat)lar tannarxi hisobini hisobot davrida 
normativ tannarx, rej a tannarxi yoki haqiqiy tannarx usullaridan biri bo‘yicha 
olib borishlari mumkin. Ushbu usullaming qaysi biri tanlab olinganligi 
avtotransport korxonasining hisob siyosatida o‘z aksini topishi lozim. Normativ 
tannarx va reja tannarxi usullarini tanlab olgan korxonalar hisob siyosatida 
mos ravishda normativ va rej a tannarxidan chetlanishlami hisobga olishning 
aniq tartibi belgilanishi lozim.
Avtotransport yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)laming 
tannarxi, shuningdek avtotransport korxonasi tomonidan olinadigan foyda 
summasi ularga sarflangan materiallar (yoqilg‘i, moylash maleriallari, ehtiyot 
qismlar va boshqalar) qiymatini baholash usullariga to ‘g‘ridan-to‘g‘ri 
bog‘liqdir. Respublikamizning 4-son BHMS «Tovar-moddiy zaxiralar»ga 
muvofiq avtotransport korxonalari o‘z moddiy boyliklari qiymatini FIFO, 
AVECO, identifikasiyalash usullari bo‘yicha hisobini yuritishlari mumkin 
hisoblanadi. Belgilangan tardbgako‘ra, ushbu usullaming barchasini qo‘Hash 
ta’qiqlanmagan. Biroq, avtotransport korxonalarida boshqa korxonalardagi 
kabi bir xil nomdagi TMZlar bo‘yicha bir vaqtning o‘zida baholashning turli 
usullarini qoMlash mumkin emas. Shu bois ham, avtotransport korxonalari 
o'zlarining hisob siyosatida TMZlar qiymatini baholashning tanlangan usullarini 
ulaming turlari bo‘yicha aniq ko‘rsatishlari hamda unga amal qilishlari lozim.
Avtotransport korxonalari faoliyatida avtotransportga qo‘yiladigan 
avtoshinalar, akkumulyator va shu kabi boshqa agregatlar muhim o ‘rin


tutadi. Ushbu ehtiyot qismlami hisobdan chiqarib borishning belgilangan 
tartibi ham bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga katta ta’sir 
ko‘rsatadi.
Chunonchi, ulami avtomashinalargaqo‘yilgan vaqtida hisobdan chiqarish 
aynan shu davrgato‘g‘ri keluvchi tannarx summasini keskin oshib ketishiga 
olib keladi. Ushbu aktivlami belgilangan xizmat muddatlarida bir maromda 
hisobdan chiqarib borish tartibini qo‘llash tannarxni keskin oshib ketishi 
oldini oladi. Shuning uchun ham avtotransport korxonalarida ehtiyot qismlami 
hisobdan chiqarib borishning rasional usulini tanlab olish vaunga amal qilish 
ular hisob siyosatining muhim jihatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Bozor munosabatlari avtotransport korxonalarida boshqa xo‘jalik 
yurituvchi subyektlardagi kabi dargumon debitorlik qarzlami bevositayoki 
tashkil qilinadigan maxsus rezerv evaziga hisobdan chiqarish usullaridan 
birini hisob siyosatida aniq belgilash talabini qo‘yadi.
Avtotransport yordamida bajariladigan ish (ko‘rsatiladigan xizmat)lar 
avtotransport korxonalarida turli xizmat ko‘rsatuvchi va yordamchi 
xo‘jaliklar (masalan, dispetcherlik bo‘limi, ta’mirlash sexlari, avtomobil 
yoqilg‘ ilarini quyish shoxobchalari, garaj, omborxona, tibbiy ko‘rik bo‘ limi 
va shu kabilar) faoliyatini uzluksiz kuzatish hamda hujjatli asosda hisobga 
olib borishni ta’qozo etadi. Ushbu xususiyatlar avtotransport korxonalarida 
o‘zigaxosboshlang‘ich hujjatlar tizimini shakllantirishni, ulami tuzilishidan 
tortib, to arxivga topshirili shiga qadar bo‘lgan aylanish grafigini aniq 
belgilashni, shuningdek boshlang‘ich hujjatlar asosida tegishli hisob 
registrlarini yuritish talabini qo‘yadi.
Avtotransport korxonalarida boshqa korxonalar singari buxgalteriya 
hisobi jumal-order, memorial-order, bosh-jumal va ixchamlashtirilgan 
shakllardan biri b o ‘yicha qo‘lda yoki zam onaviy kom pyuterli 
texnologiyalarga asoslanilgan holda yuritilishi mumkin. Tanlangan hisob 
shakli, unga mos hisob registrlarini yuritish taqsimoti va tartibi avtotransport 
korxonasi hisob siyosatida aniq ifodalangan bo‘lishi lozim.
Avtotransport korxonalari faoliyatining xususiyatlari ularda o‘ziga xos 
ishchi schotlar rejasini ishlab chiqishni hamda uni qo‘llashni talab qiladi. 
Chunonchi, avtotransport yordamida bajariladigan ish (ko‘rsatiladigan 
xizmat)laming naqd pul va naqdsiz pulga amalga oshirilishi, ulami qo‘ shilgan 
qiymatisolig‘igatortilishidagi xususiyatlar, tovar-moddiyboyliklami xizmat 
muddati davomida bir maromda hisobdan chiqarib borishning muhim


ahamiyat kasb etishi va boshqa jihatlar ishchi schotlar rejasida alohida 
maxsus schotiarni nazarda tutishni zarurat qilib qo'yadi. Ishchi schotlar 
rejasidanazardatutilishi lozim bo'lgan bunday schotlar vaulamingyiiritilish 
tartibiga keyingi ma'ruzalarda alohida to‘xtalamiz.

Download 15,8 Mb.
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   418




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Avtotransport korxonalari hisob siyosatining xususiyatlari

Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish