a) yoqilg'ining sotib olish qiymatiga (QQSsiz):
Debet 1030 « Ombordagi yoqilg'i»;
K re d it 6010 «Tovar yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
to‘lanadigan schotlar»;
b) tci ’minotchilarga to ‘lanadigan Q O S summasiga:
Debet 4410 «Budjetga soliqlar va yig'imlar bo'yicha bo‘nak to‘lovlari»;
K re d it 6010 «Tovar yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
toianadigan schotlar».
Agar yoqilg‘i bo‘yichata’minotchilargato‘langan QQS summasi
kelib
tushganda to iiq 4410 «Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak
to‘lovlari» schotning debetiga olingan bo‘lsa, u holda oy oxirida shahar
voMovchi transporti uchun ishlatilgan yoqilg'i hisob-kitobi asosida ularga
to ‘g‘ri keluvchi QQS summasi yoqilg‘i tannarxiga tiklanadi. Ushbu
tiklangan summagaquyidagichayozuv qilinadi:
Debet 1030 «Ombordagi yoqilg‘i»;
K redit 4410 «Budjetga soliqlar bo‘yicha bo'nak to‘lovlari».
Ixchainlashtirilgan soliq rejimida ishlovchi avtotransport korxonalarida
ta'minotchilardan kelib tushishi yoqilg‘ining qiymati yuqorida keltirilgan
yozuvda QQS summasi bilan birgalikdaaks ettiriladi.
ATVlami yoqilg‘i bilan boshqayuridik shaxslamingAYOQSHlari orqali
ta ’minlash ham shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ushbu usulda
avtotransport korxonasi shartnoma tuzilgan yuridik shaxsgaoldindan to‘lov
summasini o‘tkazadi. Yoqilg‘ini olish uchun avtotransport korxonasi o"z
ekspeditoriga yuridik shaxs bo‘lgan AYOQSH nomiga ishonchnoma
hamda rasmiy xat bilan yoqilgi quyiladigan ATVlaming ro‘yxatini beradi.
Yuridik shaxs bo‘lgan AYOQSHda berilgan ishonchnoma hamda yoqilg‘ i
quyi ladigan ATVlaming ro‘yxati asosida avtotransport korxonasi nomiga har
oygaalohidatarqatish qaydnomasi ochiladi. lJndayoqilg‘i berilgan sana.
ATVning davlat belgisi raqami, y o i varaqasi raqami, berilgan yoqilg‘i turi,
uning miqdori, summasi, haydovehining familiyasi, ismi ko‘rsatiladi. Olingan
yoqilg‘i miqdorini haydovchilar qaydnomada o'7. imzolari bilan tasdiqlaydilar.
Oy oxirida tarqatish qaydnomasida berilgan yoqilg‘ining miqdori va
summasi jamlanadi. U yuridik shaxs bo‘lgan AYOQSH boshlig‘i, bosh
hisobehisi vayoqilg‘ini bergan operator tomonidan imzolanadi hamda muhr
bilan tasdiqlanadi. Tarqatish qaydnomasining bir nusxasi schot-faktura
bilan birgalikda avtotransport korxonasiga taqdim etiladi.
Avtotransport korxonasida yuridik shaxs bo‘lgan AYOQSHdan
bevosita haydovchilar javobgarligiga olingan yoqilg‘i taqdim etilgan schot-
faktura va tarqatish qaydnomalari asosida buxgalteriya hisobida quyidagi
yozuv bilan aks ettiriladi: