• Kredit 6410 «Budjetga toiovlar bo‘yicha qarzlar». v) yoqilgining sotib olish qiymatida hisobdan chiqarilgan summasiga Debet
  • 3. Yoqilg‘i ta’sis badali sifatida kiritilganda: a) kelishuv qiymatiga (QQSsiz) Debet
  • Kredit 9320 «Boshqa aktivlaming chiqib ketishidan olingan foyda». d) ta ’sis badali sifatida kiritishdan ko ‘rilgan zarar summasiga Debet
  • Debet  4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»;  Kredit




    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet254/418
    Sana17.01.2024
    Hajmi15,8 Mb.
    #139284
    1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   418
    Bog'liq
    4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK

    Debet 
    4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»; 
    Kredit 
    9220 «Boshqa aktivlaming chiqib ketishi».
    b) QQS summasiga
    Debet 
    4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»; 
    Kredit 
    6410 «Budjetga toiovlar bo‘yicha qarzlar». 
    v) yoqilg'ining sotib olish qiymatida hisobdan chiqarilgan 
    summasiga
    Debet 
    9220 «Boshqa aktivlaming chiqib ketishi»;
    Kredit 
    1030«0mbordagiyoqilg‘i».
    g) bepul berishdan ko ‘rilgan zarar summasiga
    Debet 
    9430 «Boshqa operasion xarajatlar»;
    Kredit 
    4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar».
    3. Yoqilg‘i ta’sis badali sifatida kiritilganda:
    a) kelishuv qiymatiga (QQSsiz)
    Debet 
    0600 «Uzoq muddatli investisiyalami hisobga oluvchi schotlar»; 
    Kredit 
    9220 «Boshqa aktivlaming chiqib ketishi».
    b) QQS summasiga
    Debet 
    0600 «Uzoq muddatli investisiyalami hisobga oluvchi schotlar»; 
    Kredit 
    6410 «Budjetga toiovlar bo‘yicha qarzlar». 
    v) yoqilg'ining sotib olish qiymatida hisobdan chiqarilgan 
    summasiga
    Debet 
    9220 «Boshqa aktivlaming chiqib ketishi»;
    Kredit 
    1030 «Ombordagi yoqilgi».
    g) ta ’sis badali sifatida kiritishdan olingan foyda summasiga 
    Debet 
    9220 «Boshqa aktivlaming chiqib ketishi»;
    Kredit 
    9320 «Boshqa aktivlaming chiqib ketishidan olingan foyda».
    d) ta ’sis badali sifatida kiritishdan ko ‘rilgan zarar summasiga 
    Debet 
    9430 «Boshqa operasion xarajatlar»;
    Kredit 
    9220 «Boshqa aktivlaming chiqib ketishi».


    Avtotransport korxonalarida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar 
    tannarxiga kiritiladigan yoqilg‘ i - moylash materiallari sarfi buxgalteriyada 
    haydovchilaming yo‘l varaqalari asosida har bir ATV bo‘yicha uning tipi, 
    markasi, bosib o‘tgan yoii, tashilgan yuk miqdori, shuningdek har 100 km 
    masofaga yoqilgi sarfining belgilangan asosiy me’yorlarigako‘raaniqlanadi. 
    Yoqilgining ushbumaqsadlarda ishlatilishi va bajarilgan ish (ko‘rsatilgan 
    xizmat)lar tannarxiga kiritilish tartibiga keyingi bobda alohida to‘xtalamiz.
    19.3. Avtomobillar uchun ehtiyot qism larning hisobi
    Avtomobillar uchunjudako‘p turdagi ehtiyot qismlar ishlatiladi. Ulami 
    turli belgilari, masalan, nomlari, markalari, modeli, turganjoyi, kelib tushish 
    manbalari, ishchi liolati, yaroqlilik darajasi, xizmat muddatlari hamda 
    boshqajihatlari bo‘yichatasniflash mumkin. Ehtiyot qismlarning ushbu 
    belgilari b o ‘yicha tavsifi, odatda, avtotransport korxonalarida 
    qoilaniladigan «Ehtiyot qismlar klassifikatori»da keltiriladi.
    Turgan joyiga ko ‘ra
    ehtiyot qismlar ombordagi va foydalanishdagi 
    ehtiyot qismlarga boiinadi.
    Ombordagi ehtiyot qismlar, o ‘z navbatida, 
    yaroqlilik darajasiga 
    ko(ra
    quyidagi guruhlarga ajratiladi:
    - yangi ehtiyot qismlar;
    - oldin foydalanishda boigan, lekin yaroqli holdagi ehtiyot qismlar;
    - foydalanishga yaroqsiz ehtiyot qismlar.
    Avtotransport korxonalari yangi ehtiyot qismlami turli korxonalardan, 
    m asalan, ularni bevosita ishlab chiqaruvchi, ta ’m inot-sotuvchi 
    korxonalardan tuzilgan shartnomalar asosida sotib oladilar. Shuningdek, 
    ular boshqa yuridik vajismoniy shaxslardan beg‘araz olinishi, hisobdor 
    shaxslar hamda haydovchilar tomonidan naqd pulga sotib olinishi, 
    ta’sischilar tomonidan kiritilishi ham mumkin.
    Kelib tushgan yangi ehtiyot qismlar avtotransport korxonalarining 
    omborlariga sotib olish qiymati (tannarxi) bo‘yicha kirim qilinadi.
    Oldin foydalanishda boigan, lekin yaroqli holdagi ehtiyot qismlar, odatda, 
    ATVlami tugatishdan, qayta jihozlashdan va modemizasiyasidan keyin 
    omborlarga komissiya tomonidan baholangan qiymatlarda kirim qilinadi.
    ATVlami tugatish, ta’mirlash, modemizasiya qilishda yaroqsiz deb 
    topilgan ehtiyot qismlar omborlarga metallolom sifatida bahosiz kirim 
    qilinadi.


    Omborlarda kirim qilingan ehtiyot qismlaming hisobi «Ombor hisobi 
    kartochkasi» yoki «Ombor hisobi kitobi»da soniy ko‘rinishda yuritiladi. 
    Ombor hisobi kartoclikasi ehtiyot qismlaming har bir turi, ulaming kirim 
    baholari bo‘yicha ochiladi. Ombor hisobi kitobida ehtiyot qismlaming har 
    bir turiga, kirim baholariga qarab alohida varaqlar ajratiladi.
    Ehtiyot qismlar avtotransport korxonalarida ATVlaming joriy va kapital 
    ta’mirlanishiga, shuningdek ulami qaytajihozlash hamda modemizasiya 
    qilinishiga ishlatiladi. Ehtiyot qismlar omborlardan bunday maqsadlarda 
    ustaxonalarga, sexlarga, garaj larga avtotransport korxonasi rahbari (bosh 
    injeneri)ning ruxsati bilan beriladi. Ushbu operatsiyalar ikki nusxada 
    talabnom alar, ichki nakladnoylar, lim it-zabor varaqalari bilan 
    rasmiylashtiriladi. Ehtiyot qismlaming ATVlarga qo‘yilishi, ta’mirlashga, 
    modemizasiya va qayta j ihozlash ishlariga sarflanishi tegishli dalolatnomalar 
    bilan rasmiylashtiriladi.
    Ehtiyot qismlaming avtotransport korxonasidan chetga chiqib ketishi, 
    masalan, zarurat yuzasidan sotilishi, bepul berilishi, ta’sis badali sifatida 
    kiritilishi tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bu mazmundagi 
    operatsiyalar schot-fakturalar bilan rasmiylashtiriladi.
    Avtotransport korxonalarida moddiy javobgar shaxslar (ombor 
    mudirlari, ustaxona boshliqlari, garaj mudiri) o‘zlarining moddiy 
    javobgarligidagi ehtiyot qismlar bo‘yicha hisob siyosatida belgilab 
    qo‘yilgan muddatlarda ulaming holati va harakati to‘g‘risida ikki nusxada 
    hisobot tuzadi. Hisobotningbirinchi nusxasi barcha boshlang‘ich hujjatlar 
    bilan birgalikda buxgalteriyaga topshiriladi. Uning qabul qilib olinganligi 
    to‘g‘risida buxgalter tomonidan imzolangan ikkinchi nusxasi moddiy 
    javobgar shaxsga qaytariladi.
    Avtotransport korxonalari amaliyotida ehtiyot qismlar holati va harakati 
    to‘g‘risida hisobotni soniy ko‘rinishda tuzish usuli keng qo‘llaniladi. Ushbu 
    usulda moddiy javobgar shaxslar hisobotda ehtiyot qismlar holati va harakatini 
    faqat soniy ko‘rinishda aks ettiradi. Buxgalteriyada moddiy javobgar 
    shaxslaming hisobotlari asosida ehtiyot qismlaming holati va harakati bo‘yicha 
    soniy-summaviy ko‘rinishda aylanma qaydnomalar tuziladi. Ushbu aylanma 
    qaydnomalar ehtiyot qismlar bo‘yicha tahliliy hisob registrlari hisoblanadi.
    Avtotransport korxonalarida ombordagi ehtiyot qismlaming sintetik 
    hisobi 1040 «Ehtiyot qismlar» schotida yuritiladi. Ehtiyot qismlaming 
    omborlarga kirimi, shuningdek ulaming omborlardan foydalanishga berilishi,


    sotilishi va boshqa chiqimlari ushbu schotda quyidagicha aks ettiriladi 
    (19.1 -jadvalga qarang).
    19.1-jadval

    Download 15,8 Mb.
    1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   418




    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Debet  4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»;  Kredit

    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish