ATVlarga o‘rnatilgan yangi akkumulyatorlaming har oyda hisobdan
chiqarib boriladigan summasi ulaming sotib olish qiymatini belgilangan
foydali xizmat oylari soniga bo‘lish orqali topiladi. Akkumulyatorlaming
xizmat muddati ulaming markalari bo‘yicha tayyorlovchi zavod tomonidan
belgilanadi.
M isol uchun, M -24.9 «O ‘zotoyo‘1» avtobuslariga
o ‘rnatiladigan 2x2V-88 markali akkumulyatorlaming foydali xizmat
muddati ulami ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan 24 oy miqdorida
belgilangan. Misol uchun, aytaylik, ushbu akkumulyatorlaming sotib olish
qiymati 120 ming so‘m. Demak, bu akkumulyator ATVga o‘matilganda,
uning har oyda hisobdan chiqarib boriladigan va bajarilgan ish (ko‘rsatilgan
xizmat)lar tannarxigakiritiladigan qiymati 5000 so‘mni (120000/24) tashkil
qiladi.
ATVlarga o ‘matilgan akkumulyatorlar xuddi avtoshinalar singari
o‘rnatilgan sanadan boshlab 3190 «Boshqa kelgusi davr xarajatlari»
schotida hisobga olinadi. Ulaming har oyda hisobdan chiqarib boriladigan
va bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan qiymatiga
quyidagi yozuv beriladi: