o‘tganjoyidagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigaii ariza asosida
navbatdagi yilning boshidanginaamalga oshiriladi.
Yagona soliq to‘lovini to‘lash obyekti avtotransport korxonalarining
barcha faoliyat turlaridan oigan yalpi tushumi hisoblanadi.
Yagona soliq
to‘lovi summasi yalpi tushum summasini
ushbu soliqning belgilangan
m e’yoriga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi. Bunda,
ixtiyoriy tarzda
qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar uchun yagona soliq to‘lovi summasi
budjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga, biroq yagona
soliq to'lovi summasining 50 foizidan ortiq boimaganmiqdorigakamayadi.
Yagona soliq toioviga tortiladigan yalpi tushiuntaikibigaquyidagilarkiritiladi:
1. N aqd pulga va naqdsiz pulga bajarilgan ish (k o ‘rsatilgan
xizmat)laming hajmi.
2. Asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar, chunonchi:
a) undirilgan yoki qarzdor e’tirof etgan jarimalar, penyalar, neustoykalar
hamda xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqajazo turlari;
b) hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillar daromadlari;
v) renta daromadi, avtotransport korxonasi huzuridagi oshxonalardan
tushumlar, boshqa xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan tushumlar;
g) asosiy vositalar va boshqa mol-mulkni
sotishdan daromadlar;
d) kreditorlik va deponentlik qarzini qonun bilan belgilangan tartibda
hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;
e) tovar-moddiy boylikJarini qo‘shimcha baholash;
j) tekin moliyaviy yordam, shu jumladan, tekinga olingan mol-mulk;
z) qisqa muddatli
ijaradan daromadlar;
i) ilgari chiqarib tashlangan xarajatlami qoplash tariqasida olingan
daromadlardan tashqari boshqa operasion daromadlar.
3. Moliyaviy faoliyatdan daromadlar, chunonchi:
a) olingan royalti va kapital transferí i;
b) 0 ‘zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida boshqa
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulushli ishtirok etishdan olingan
daromadlar, aksiyalar bo‘yicha dividendlar hamda obligasiyalar va boshqa
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar;
v) mol-mulkni uzoq muddatli ijara (lizing)gaberishdan daromad (maija);
g) chet el valutasidagi operatsiyalar bo‘yicha
kursdagi farqdan
daromadlar (musbat va manfiy kurs farqlari o‘rtasidagi saldo), bunda
manfiy kurs farqi summasi musbat kurs farqi summasidan oshib ketgan
ho Ida oshib ketish summasi yagona soliq toiovini hisoblab chiqayotganda
soliq soiinadiganbazani kamaytirmaydi;
d) qimmatli qog'ozlar, shu’ba korxonalar va hokazolarga qo‘yilgan
mablag‘lami qayta baholashlami o ‘tkazishdan daromadlar;
e)moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar.
4. Favqulodda daromadlar.
Soliq solinadigan yalpi tushum hisoblab chiqilayotganda quyidagilar
yalpi tushumdan chiqarib taslilanadi:
a) ixtyoriy ravishda o ‘z arizasiga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘i
to‘ lovchilar uchun qo‘ shilgaii qiymat sol ig‘ i summasi;
b) davlat subsidiyalari summasi;
v) davlat obligasiyalari va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha
daromadlar;
g) to ‘lov manbaida soliq to‘langanligini tasdiqlaydigan hujjatlar
(ma’ lumotnoma) mavjudligida dividendlar va foizlar.
Yagona soliq to‘lovi har chorakda o‘sib boruvchi yakun bilan hisob-
kitobni topshirish muddatidan kechiktinnay to‘lanadi.
Yagona soliq to‘ lovi bo‘yicha hisob-ki toblaming buxgalteriya hisobi
6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schotida yuritiladi. Belgilangan
tartibda hisoblab chiqilgan yagona soliq to‘lovi buxgalteriya hisobida
quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi :