Tovarlami chakana sotish yuridik shaxslar tomonidan faqat turg‘un
savdo shoxobchalari orqali, nazorat-kassa mashinalari majbiiriy qoilangan
holda amalga oshiriladi. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik
shaxslar tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga. qonun
hujjatlarida belgilangan holda sotish joylarida sotilayotgan tovarlarning
muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lishlari shart. Sotiladigan tovarlar
rastalarga qo‘yilgan bo ‘lishi
va kelib chiqqan mamlakati,
ishlab
chiqaruvchisi v a narxi ko‘rsatilgan narxnomalarga ega boMishi kerak.
Yaroqlilik muddatigaegabo‘lgan tovarlami sotishchog‘ida narxnomalarda
yaroqlilik muddati ham ko‘rsatilgan boiishi kerak.
Chakana savdo korxonalarida tovarlami sotib olish qiymati (tannarxi)
xuddi ulgurji savdo korxonalaridagidek ushbu boyliklami sotib olish
baholari, tashib keltirishga doir transport xarajatlari, bojxona to‘lovlari
va boshqa sotib olishga doir xarajatlar majmuasidan iborat bo‘ladi.
Odatda, tovarlarning sotib olish qiymati (tannarxi)ga kiritiladigan ushbu
elementlar turli tashkilotlardan olinadigan boshlang‘ich hujjatlarda
ko‘rsatiladi, masalan, transport-tashib keltirish xarajatlari transport
tashkiloti bergan schot-fakturada, vositachilik yoki brokerlik xarajatlari
ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlarning schot-fakturalarida,
bojxona to‘lovlari (aksiz solig‘i, QQS, bojxona boji vayig‘imlari) bojxona
organi yoki «bojxona ombori», «erkin ombon> rejimlarida ishlovchi ombor
egalarining hisob hujjatlarida.
Tovarlar chakana savdo korxonalari
orqali asosan ikki turdagi
baholarda sotilishi mumkin: