oladi. Tovarlaming sotib olish qiymati chakana savdo korxonalarida xuddi
ulgurji savdo korxonalaridagidek tartibda guvohlik beruvchi hujjatlar
asosidahisob-kitob qilinadi. Savdo korxonasiningmarketing bo‘limi kelib
tushgan tovarlar bo‘yicha sotish baholarini qayd etish kitobini yuritadi.
Ushbu kitob quyidagi shaklda yuritiladi:
T ovarlarning chakana b ah o larin i qayd etish reestri
JV”
T o v a r n i n g iitinii
Sotib
olish
bahosi
Savdo
usta inasi
Tova ri iin j
sotish
bahosi
Yangi
balio
Kiritish
sa nas i
Yangi
sa vdo
usta masi
su m m as i
Foiz
S u m m
a
1
2
3
4
5
6
7
X
9
1
K o 'k clioy, № 95
1200
10
120
1320
1400
1.03
2009
200
Chakana savdo korxonalari kelib tushgan tovarlar bo‘yicha keyingi
davrlarda ulaming chakana sotish baholarini talab va taklifga muvofiq
oshirishlari hamdapasaytirishlari ham mumkin. Bunday hollardayiiqoridagi
chakana sotish baholarini qayd etish kitobida qayta baholangan chakana
narxlar to‘g‘risidagi yozuvlar 7-9 -ustunchalarda ko‘rsatiladi.
Savdo ustamalari chakana savdo korxonalari foyda olishlarining asosiy
manbai hisoblanadi. Tovarlar bo‘yicha turli savdo ustamalari qoilanilishi
sababli sotilgan tovarlarga to‘g ‘ri keladigan savdo ustamasi summasi
ulaming o‘rtacha foizi asosida topiladi.
Chakana savdo korxonalarida ulguij i savdo korxonalaridan farqli o‘ laroq
har kuni aynan qanday tovami va qancha miqdorda sotilganligini bilish qiyin,
ya’ni kassaga kirim qilingan savdo pulini chakana savdo shoxobchasida
saqlanayotgan uyoki butovargategishli ekanligini aniqlab bo‘lmaydi. Bunga
sabab shundaki har bir tovaming sotilishi chakana savdo shoxobchalarida
bevosita hujjat bilan rasmiylashtirilmaydi. Shuning uchun chakana savdo
korxonalarida tovarlar hisobining davriy tizimi qo‘llaniladi. Ushbu tizimga
muvofiq oldingi va keyingi inventarizatsiya ma’lumotlari, shuningdek
tovarlaming kirimiga oid ma’lumotlar asosida haqiqatda sotilgan tovarlaming
miqdori aniqlanadi vatopilgan summa chakana tovar aylanmasi hisoblanadi.
Davriy tizimga asosan sotilgan tovarlar summasi quyidagicha topiladi:
Hiso bot
Hisobot
H isobot
d a v r i
riavrkla
d av ri
Sotilgan
bosh iga
t o v a r l a r
□
kirim
qilingan
□
oxiriga
to v a r l a r
Q
t o v a r l a r
s u m m as i
su m m as i
to v arla r
sumniasi
qoldig 'i
Ushbu tartibda aniqlangan sotish hajmini kassaga kirim qilingan pul
mablag‘lari summasi bilan taqqoslash moddiyjavobgar shaxs tomonidan
savdo puliningyashirilganligi yoki yasliirilmaganligini aniqlash imkonini beradi.
Chakana savdoning ulgurji savdodan farqli jihatlaridan yana biri
shundaki, davriy tizimni qo‘llanilishi chakana savdo korxonalarida har bir
tovar harakatini son jihatdan hisobga olish imkonini bermaydi. Shuning
uchun chakana savdo korxonalarida ulgurji savdo korxonalaridan o‘laroq
tovarlaming qiymat jihatdan hisobi olib boriladi. Tovarlaming haqiqiy
qoldig‘i son jihatdan faqatgina inventarizatsiya o‘tkazilganda aniqlanadi
va inventarizatsiya ro‘yxatida aks ettiriladi.
Chakana savdo korxonalarida tovarlaming bevosita iste’molchilar
tomonidan qo‘ldan qo‘lga olish, o‘lchab ko'rish, baholash, sinab ko‘rish
va boshqa shu kabi holatlari ko‘p bo‘ladi. Bu o‘z navbatida chakana
savdo korxonalarida ulgurji savdo korxonalaridan oMaroq tovarlarning
sinish, to‘kilish, buzilish va shu kabi sabablarga ko‘ra kamayish ehtimolini
katta qilib qo‘yadi. Shuning uchun
chakana savdo korxonalarida
tovarlaming tabiiy kamayish me’yori ulguiji savdo korxonalaridan o‘laroq
balandroq bo‘ladi.
Chakana savdo korxonalariga tovarlar bilan kelgan aylanma idishlar
(masalan, butilkalar, xaltalar, karton yashiklar vaboshqalar)ni yig‘ish va
ta’minotchilarga topshirish vazifasi ham yuklanadi. Bu, o ‘z navbatida,
chakana savdo korxonalarida idishlar harakati hisobining to‘g‘ri tashkil
qilishni, ular bo‘yichahisob-kitoblami o‘z vaqtida olib borishni taqozo etadi.
Chakana savdo korxonalari o‘zlari sotib oigan tovarlami sotishdan
tashqari konsignasion hamda komission tovarlami sotib berish bo‘yicha
vositachilik xizmatlarini ham ko‘rsatishlari mumkin. Sotib berish uchun
olingan konsignasion va komission tovarlar chakana savdo korxonalarining
balansiga kiritilmaydi. Bunday tovarlar balansdan tashqari 004
«Komissiyagaqabul qilingan tovarlar» schotida hisobga olinadi.