qilinishini hujjatlashtirilishi ularni qabul qilib olishjoyiga, kirn tomonidan
keltirilganganligiga, qanday ko‘rinishda keltirilganligiga, transport turiga va
boshqa omillarga bog' 1 iq. Tovarlar savdo do‘konlariga ekspcditorlar orqali
yoki savdo do‘kon mudirining o‘zi orqali ta’minotchilamingomborlaridan,
temir yo‘l stansiyalaridan qabul qilinishi mumkin. Bundan tashqari tovarlar
ulguij i savdo korxonalari tomonidan markazlashtirilgan tarzda ham yetkazib
berilishi mumkin. Tovarlar taralarda, masalan, xaltalarda, bochkalarda,
shishalarda va boshqa idishlarda yoki taralarsiz kelib tushishi mumkin.
Chakana savdo korxonalariga markazlashtirilgan holda ulgurji savdo
korxonalari tomonidan yetkazib berilgan tovarlar ombor mudiri yoki savdo
do'koni mudiri tomonidan son va sifat jihatdan qabul qilinadi. Qabul qilish
vaqtida son va sifat jihatdan chetlanishlar aniqlansa “Qabul
qilishda son
va sifat jihatdan aniqlangan chetlanishlar to‘g‘risida dalolatnoma” ikki
nusxada tuziladi, bunday chetlanishlar aniqlanmaganda ombor mudiri
tovarlami kuzatish hujjatiga (schot-faktura, TTN) qabul
qilib olganligi
to‘g‘risida imzo chekadi.
Savdo korxonasiga ekspeditorlar orqali keltirilgan tovarlar oldin markaziy
omborga topshiriladi yoki korxona rahbarining farmoyishi asosida bevosita
savdo do‘konlariga tarqatiladi. Markaziy omborlarga kelib tushgan tovarlami
ombor mudiri ekspeditordan son va sifat jihatdan qabul qilib oladi.
Chakana savdo korxonasining markaziy omboriga keltirilgan tovarlarga
savdo bo‘limi savdo ustamalarini belgilaydi vaular sotish baholarida kirim
qilinadi. Korxona rahbarining farmoyishiga k o ‘ra
tovarlar savdo
do‘konlariga sotish baholarida yuk xatlari orqali tarqatiladi. Bunday yuk
xatlari ikki nusxada yoziladi, unga savdo korxonasi rahbari va bosh
hisobchisi qo‘ 1 qo‘yadi, shuningdek ombor mudiri tovarni topshirganligi,
savdo do ‘kon mudiri esa tovarni olganligi to‘g‘risida imzo chekadi.
Bevosita savdo do‘kon mudirining o‘zi tomonidan ta’minotchilardan olib
keltirilgan tovarlar savdo do‘konga chakana savdo korxonasi savdo bo‘ limi
belgilab bergan savdo ustamalari bilan kirim qilinadi.
Chakana savdo korxonalariga kelib tushgan tovarlar bo‘yicha schot-
fakturalarga ularni kuzatuvchi transport hujjatlari (TTN, temir yo‘l
nakladnoylari, yuk kvitansiyasi, invoys, tortish-tahlil dalolatnomalari, tovar
yorliqlari va boshqalar), sifat sertifikatlari va boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
Barcha kirim hujjatlari savdo do ‘kon mudirlarining hisobotlari bilan
birgalikda chakana savdo korxonasining buxgalteriyasiga topshiriladi.
Chakana savdo korxonalariga kirim qilingan tovarlar naqd pulga,
kreditga, mayda ulgurji tarzda sotilishi mumkin, shuningdek turli sabablarga
ko‘ra hisobdan chiqaiilishi mumkin.