pudratchi vasubpudratchilarbilan hisob-kitoblanii alohida-alohidaamalga
oshirishi yoki subpudratchilar bilan bo‘ladigan barcha hisob-kitoblar faqat
bosh pudratchi orqali bajarilishi mumkin.
Bosh pudratchining subpudratchilar bilan hisob-kitoblari ulaming yaxlit
bir tizimga kirish yoki kirmasligiga ham bog‘liq. Yaxlit bir tizimni tashkil
qiluvchi bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlar o‘rtasida bajarib
berilgan ishlar bo‘yicha o ‘zaro hisob-kitoblar bosh pudratchida 6100
«Ajratilgan boiinmalar, sho‘ba va qaram xo‘jalikjamiyatlarigato‘lanadigan
schotlar» tizimida ochiladigan alohida schotlarda hisobga olinadi. Bir tizimni
tashkil ctmaydigan bosh pudratchi hamda subpudratchi tashkilotlar
o ‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblaming hisobi bosh pudratchi
tashkilotda
6010 «Ta’minotchilar vapudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schotida
olibboriladi.
Bosh pudratchi subpudratchi tashkilottomonidan bajarilgan ishlami
«Bajarilgan ishlami qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma» (KS-2 shakl) va
«Bajarilgan ish qiymati va xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotnoma» (KS- 3
shakl) asosida qabul qilib oladi. Ushbu hujjatlar asosida subpudratchi
tashkilot tomonidan bajarilgan ishlar bosh pudratchida quyidagi yozuvlar
bilan tugallanmagan qurilish tannarxiga kiritiladi :