T u s h I n t I r I s h yozuvi




Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/22
Sana13.06.2022
Hajmi1.1 Mb.
#23535
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
vagon tsisterna boyinchasi 2012 02 02 00ni konstruksiyasining yigish
Дем жам қур наз МАЪРУЗА, Yillik-ish-reja-informatika, 1. ОПП(1), AMANBAEV ASADBEKI, Gidrotex mashinalar AQ, Taqsimlovchi-qurilmalarni-ishlatish-bo‘yicha-umumiy-talablar-va-ularning-vazifalari, DELIMITER, @InfoAKT Informatika 6-sinf 15 ta test, 7-sinf. Geografiya. Amaliy mashg`ulot, dep-materiallar-varaq (1)Норова М, Суровнома Психолог фаолияти(1), Kiberxavfsizlik fanidan yakuniy nazorat test savollari-fayllar.org, dm3K-jYRwf vaL26O2K6HzVtttktpnK2, Human impact on nature
Ichki nuqsonlarga detallarning payvandlanadigan qirralari orasidagi erimagan 
joylar, chok o`zagidagi erimagan joylar, flokenlar, metall kuyindilari, ichki darzlar, 
gaz qamalgan bo`shliqlar hamda sirtga chiqmagan shlak qo`shilmalari, 
payvandlanadigan buyumlar ashyolariga mos kelmaydigan strukturaviy tashkil 
etuvchilar kiradi. 
G`ovaklar metall soviyotganida ajralib chiqishga ulgurmagan va unda gaz 
pufakchalari ko`rinishida qoladigan vodorod, uglerod oksidlari va boshqalarni erigan 
metall o`ziga singdirib olishi natijasida hosil bo`ladi.
G`ovaklashishga asosiy sabab elektrod qoplamining namligidir. G`ovaklar 
eritib qo`shiladigan metallning kimyoviy tarkibi mos bo`lmasligi, payvandlanadigan 
chetlarda kuyindi va zang borligi, metall hamda shlaklarning tomchisimon 
qo`shilmalarining uvoqlanishi natijasida ham hosil bo`lishi mumkin. G`ovaklar 
chokni gaz va suyuqliklar kiradigan qilib qo`yadi. Gaz yordamida payvandlashda 
g`ovakli chok tegishli qizdirish haroratda bolg`alanib zichlanadi. G`ovaklar chok 
yuzasida bo`lsa, ularni lupa bilan ko`rish mumkin. Ichki g`ovaklarni aniqlash uchun 
buyum suv, siqilgan havo bosimi ostida, kerosin bilan ho`llab yoki rentgen, yoxud 
gamma-nurlar bilan yoritib tekshiriladi. 
Chokning zich bo`lishi kerak bo`lsa g`ovak xududlar asosiy metallga qadar 
chopib tashlanadi va qaytadan payvandlanadi. 
Shlak qo`shilmalar va oksidlar chok kesimini bo`shashtiradi. Bunga ko`pincha 
kristallanish jarayonida metall sirtiga chiqib ulgurmagan shlak misol bo`ladi. Ular 
uzun yoy payvandlashda hosil bo`ladi. Metallmas qo`shilmalar chokning ish kesimini 
kamaytiradi va payvand birikmaning mustahkamligini susaytiradi. 
Ichki darzlar ham tashqi darzlar sabablariga ko`ra paydo bo`ladi. Bo`ylama 
ichki darzlar ko`pincha chok tubida ham hosil bo`ladi. Ichki darzlar chokni rentgen 


yoki gamma nurlari bilan yoritib aniqlanishi mumkin. Darz ketgan xududlar kesib 
tashlanadi va qaytadan payvandlanadi. 
Vagon tsisterna bo`yinchasi 2012 02 02 00ni texnologik jarayonini nazorati 
Payvand birikmalarning yuqori sifatli va ishonchli chiqishini ta‘minlash uchun 
dastlabki tekshirish, jarayonlar bo`yicha tekshirish, tayyor payvand birikmalarni 
tekshirish ishlarini bajarish lozim. 
Dastlabki nazorat qilishda quyidagilarni tekshirish lozim: 
a) payvandlash ashyolari (elektrodlar, payvandlash simi, flyuslar va gazlar) 
hamda defektoskopiya uchun ashyolar; 
b) payvandlash uskunalari, yig`ish-payvandlash moslamalari, nazorat o`lchash 
asboblari, qurollar, apparatura hamda defektoskopiya o`tkazish uchun asboblar. 
Payvandchilar, nazoratchi-defektoskopchilar va payvand choklarini tekshirish 
masalasi bilan shug`ullanuvchi muxandis-texnik xodimlar malakasi, albatta 
tekshirilishi lozim. 
Murakkab va o`ziga xos xususiyatga ega bo`lgan payvand buyumlarni 
tayyorlash bilan bog`liq, bo`lgan payvandlash ishlarini bajarishga fakat Davlat texnik 
nazorati tomonidan tasdiklangan «Payvandchilarni attestatsiya qilish qoidalari»ga 
muvofiq sinovdan o`tgan va belgilangan nusxadagi «Payvandchi guvohnomasi» 
bulgan payvandchilargina qo`yilishi mumkin. Har bir payvandchi o`z guvohnomasida 
belgilangan payvandlash ishlariga qo`yilishi lozim. 
Payvandchilar murakkab payvandlash ishlarini bajarishga qo`yilishdan oldin 
qo`shimcha ravishda maxsus tayyorgarlikdan o`tkazilib, sinab ko`riladi. 
Payvandchilar qo`shimcha maxsus tayyorgarlikni o`tganidan keyin malaka 
komissiyasi oldida nazariy va amaliy sinovdan o`tadilar. 
Payvandchi amaliy sinovdan o`tishida malaka komissiyasi belgilagan 
miqdordagi 
tegishli 
nazorat 
payvand 
namunalarini 
payvandlashi 
lozim. 
Payvandchilarni sinab ko`rishda ishlatiladigan xamma ashyolar (asosiy metall, 
elektrodlar, payvandlash simi, flyuslar, himoya gazlari va boshqalar) GOST 
talablariga yoki texnik shartlarga javob berishi kerak. 


Tekshirib ko`rilmagan yoki brakka chiqarilgan ashyolar, shuningdek buzuq 
uskunalar bilan sinov o`tkazishga yo`l qo`yilmaydi. 
Qo`shimcha maxsus tayyorgarlik programmasi hajmida nazariy bilimlarni 
qoniqarli bilgan va nazorat payvand birikmalarni «Payvand birikmalarni nazorat 
qilish bo`yicha qoidalar va ishlab chiqarish instruksiyalari» bo`yicha barcha talablarni 
qanoatlantiradigan darajada bajargan payvandchilar sinovdan o`tgan hisoblanadi va 
muayyan turdagi payvandlash ishlarini bajarish huquqini oladi. 
Har bir payvandchini nazariy va amaliy sinov natijalari hamda malaka 
komissiyasining uni muayyan turdagi payvandlash ishlarini bajarishga quyish 
haqidagi qarori tegishli protokolga hamda «Payvandchi guvohnomasi»ga yozib 
qo`yiladi. 

Download 1.1 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish