|
-mavzu: “Ta`lim texnologiyalari” fanining predmeti, maqsadi va vazifalariBog'liq Таълим технологиялари ММ1-mavzu: “Ta`lim texnologiyalari” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
“Ta`lim texnologiyalari” fani pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida
Reja
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy
komponentlari.
2. Ta`lim texnologiyalarining maqsad va vazifasi.
3. Ta`lim texnologiyalarining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Tаyanch so‟z vа iborаlаr:
Teхnologiya, ta‘lim teхnologiyasi , pedаgogik teхnologiya, pedаgogik
teхnologiyagа yunesko bergаn tа‘rif, jаhon vа o‘zbekiston olimlаrining bergаn
tа‘riflаri, biхeviorizm, pedаgogik teхnologiya хususiyatlаri, reproduktiv tа‘lim,
хotirа mаktаbi .
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi – kadrlar tayyorlash tizimini tubdan
isloh qilishdir, ya`ni, Respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli
fuqarolik jamiyat qurish yo‘lidan izchil ilgarilab borish; mamlakat iqtisodiyotida
tub o‘zgarishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti, asosan xom ashyo
yo‘nalishidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish yo‘liga izchil
o‘tayotganligi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta`lim ustivorligini
qaror toptirish, milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, boy milliy madaniy-
tarixiy an`analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat uyg‘otish,
respublikaning jahondigi mavqei va obro‘-e`tiborini mustahkamlanib borishigi
erishish.
Uning maqsadi ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik
davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori
malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratishdir. Vazifalari ―Ta`lim
to‘g‘risida‖gi O‘zRning Qonuniga muvofiq ta`lim tizimini isloh qilish; ta`lim va
kadrlar tayyorlash sohasida muhitini shakllantirish negizida ta`lim tizimini yagona
o‘quv ilmiy ishlab chiqarish majmua sifatida izchil rivojlantirishni ta`minlash;
ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish,
rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash; kadrlar
tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta`minlash,
pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarishdan iborat.
|
| |