• “Ta`lim texnologiyalari” kursining maqsad va vazifalari
  • Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyil ko`yidagilardan iborat




    Download 1,01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/73
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,01 Mb.
    #132241
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
    Bog'liq
    Таълим технологиялари ММ

    Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyil ko`yidagilardan iborat: 

    ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; 

    ta'limning uzluksizligi va izchilligi; 

    umumiy o`rta, shuningdek o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limining 
    majburiyligi; 

    o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limining yo`nalishi: akademiy litsey yoki 
    kasb-hunar kollejida o`qiishni tanlashning ixtiyoriyligi; 

    ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; 

    davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning xamma uchun ochikligi

    ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli 
    bo`lishni va iste'dodni rag`batlantirish; 

    ta'lim tizimida davlat va jamoat boshkaruvini uyg`unlashtirish. 
    Respublikamizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli 
    islohotlar o`sib kelayotgan yosh avlodda intellektual kobiliyatlar va kasbiy 
    bilimlarni rivojlantirishni ko`zda tutadi. Bunday kelib chikkan holdamutaxassislik 
    fanlarini o`qitish metodikasi fanining maksadi bo`lajak mutaxassislarning 
    ixtisoslik fanlaridan ta'lim berish metodikasi, oliy ta'lim tizimida o`qitish shakllari 
    hamda o`kitishning ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalariga oid bilim va 
    ko`nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. 
    “Ta`lim texnologiyalari” kursining maqsad va vazifalari 



    Ta`lim texnologiyalari (PT) - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3-
    ming yillikda davlatimiz ta`lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o‘qituvchi 
    faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga 
    mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari tizimli ravishda shakllantiriladi. 
    ―Ta`lim texnologiyalari‖ - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo‘lib, u 
    talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan 
    puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik 
    jarayondir. 
    «Ta‘lim texnolo‘giyalari» faniining maqsadi bo‘lajak mutaxassislarni o‘quv 
    yurtlari uchun ishlab chiqilgan o‘quv rejalarining tegishli kursi bo‘yicha «Ta`lim 
    to‘g‘risidagi» qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalar 
    hamda Davlat talim standartiga ko‘ra qo‘yilgan talablar darajasida zamonaviy 
    pedagogik texnologiyalar va ularni o‘quv – tarbiya jarayonida qo‘llash, 
    zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘quv – tarbiya jarayonidagi o‘rni, 
    ulardan foydalanish, shuningdek, ―Aqliy hujum‖, ―Tarmoqlar‖ (Klaster) usullari, 
    ―Bumerang‖, ―Skarabey‖, ―CHarxpalak‖,‖Rezyume‖ va shu kabi boshqa ta`lim 
    texnologiyalr va ularni o‘quv – tarbiya jarayoniga qo‘llashning nazariy asoslari 
    bilan izchil qurollantirishdan iborat. 
    «Ta‘lim texnolo‘giyalari» fanidan belgilangan maqsad asosida talabalarni 
    kasbiy tayyorlashning quyidagi vazifalarini hal etadi: bo‘lajak mutaxassislarning 
    «Ta‘lim texnolo‘giyasi» kursida mutaxassislik bo‘yicha bilimlarini kengaytiradi 
    hamda yangi tushuncha va qarashlar bilan qurollanadi. Ushbu dastur ta`lim 
    oluvchilarni milliy mafkura tarbiyasi, Talabaning kasbiy ta‘lim asoslari bo‘yicha 
    bilimlarini rivojlantirish, o‘qituvchi va o‘quvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar, 
    kasbiy ta`limda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy 
    asoslari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish vazifasini bajaradi.
    - bo‘lajak kasb ta`limi o‘qituvchilarini zamonaviy ta`lim texnologiyalarining 
    nazariy asoslari bilimlari bilan qurollantirish; 
    - yaxlit pedagogik darajada ta`lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etishlari 
    uchun zarur mahoratlarga ega bo‘lishlari; 
    - zamonaviy ta`lim texnologiyalari, g‘oyalar maktablar, yo‘nalishlar, keng
    turlarida yo‘l topa bilish mahorati; 
    - pedagogik faoliyatni ijodiy va metodik to‘g‘ri rejalashtirishga tayyorlikni
    shakllantirish; 
    - mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o‘zini tarbiyalash va o‘zini mutaxasislik 
    darajasini doimiy oshirib borishga intilishni faollashtirish. 

    Download 1,01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




    Download 1,01 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyil ko`yidagilardan iborat

    Download 1,01 Mb.
    Pdf ko'rish