|
II bob. Natijalar va ularning umumlashgan muhokamasi
|
bet | 11/22 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 147,91 Kb. | | #103708 |
Bog'liq Tabiiy gaz tarkibidagi nordon gazlarni fizik-kimyoviy usul bilan-www.hozir.orgII bob. Natijalar va ularning umumlashgan muhokamasi .
2.1. Ishlab chiqarish ob`ektining texnologik jarayoni va texnologik tizimi.
Tabiiy gazni amin bilan tozalash. Tabiiy gaz oqimidan nordon (kislotali) gazlar (H2S va CO2) ni ajratib olish zaruriyati ularning suv ishtirokida, ayniqsa yuqori temperaturalar sharoitida korrozion aktivlik qobiliyati bilan, shuningdek, metanni ajratib olish bo’limida uglerod dioksidining kristall gidratlari hosil qilishi bilan belgilanadi.
Tabiiy gazni aralashmalar H2S va CO2 dan tozalash jarayoni yutuvchi suyuqlikning nordon (kislotali) gazlarni tanlab yutish (kimyoviy absorbtsiya) usuli bilan amalga oshiriladi, binobarin, yutilgan moddalarning gaz aralashmasidan, kimyoviy birikmalar hosil qilib, suyuq yutuvchiga o’tishi ro’y beradi.
Gaz holidagi moddalar H2S va CO2 ning suyuq fazada dietanolamin (DEA) eritmasi bilan o’zaro ta`siri natijasida quyidagi reaktsiyalar amalga oshadi:
R2HN + H2S --[R2NH2]HS--[R2NH2]+ + HS-
R2HN+ CO2+ H2O-- R2NH2]HCO3--[R2NH2]+ + HSO3-
bunda R- radikal --CH2CH2OH
Reaktsiya natijasida kimyoviy barqaror bo’lmagan moddalar - suvda eriydigan kompleks tuzlar hosil bo’ladi.
Reaktsiyalar qaytardir. Reaktsiyalarning muvozanati bosim va temperaturaning parametrlariga rioya qilish, gazlar va suyuq yutuvchining xossalari, uskunalarning konstruktsiyaviy xususiyatlari bilan ta`minlanadi.
Nordon (kislotali) gazlarning dietanolaminga yutilish jarayonlari issiqlik ajralib chiqishi bilan amalga oshadi, ya`ni ekzotermik xisoblanadi.
Absorbtsiya jarayoni kolonna turidagi apparatda - absorberda amalga oshiriladi. Kimyoviy o’zaro ta`sir reaktsiyalari suyuq fazada absorberning nasadkasi yuzasida qarama-qarshi okimda tuxtovsiz xom ashyo - tabiiy gaz okimining (pastdan yuqoriga) va suyuq yutuvchi - DEA eritmasining (yuqoridan pastga) o’zaro ta`siri natijasida amalga oshadi. Absorber FLEXIMAX400 markali nasadkaning ikki qatlami bilan jihozlangan [22].
Loyiha boyicha tozalangan tabiiy gaz tarkibidagi uglerod dioksidining mikdori 10% gacha bo’lishi ko’zda tutilgan.
Suyuq yutuvchini regeneratsiyalash desorbtsiya jarayonida amalga oshiriladi, bunda kimyoviy birikmalar DEA va gazlargacha parchalanadi. Desorbtsiya reaktsiyasi issiklikning yutilishi bilan boradi, bu jarayonning endotermikligini bildiradi.
Desorbtsiya jarayoni kolonna ko’rinishidagi apparatda - desorberda amalga oshiriladi. Desorbtsiya reaktsiyasi bosimning pasayishi va temperaturaning ko’tarilishi hisobiga boradi.
Issiqlik-massa almashish jarayonida FLEXIMAX400 markali nasadkaning yuzasida faza-larning o’zaro ta`sir etishi ta`minlanadi.
Desorbtsiya jarayonida quyidagi reaktsiyalar amalga oshadi:
|
| |