• 2. Tabiiy sharoiti va resurslari
  • Yaponiyaga iqtisodiy geografik tavsif




    Download 1,66 Mb.
    bet103/171
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #231734
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   171
    Bog'liq
    attaestatsiya javoblari

    21. Yaponiyaga iqtisodiy geografik tavsif
    1. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni.
    Yaponiya Osiyoning sharq tomondan o'rab turgan orollarda joylashgan. Bu orollar yoyi shimoli-sharqdan janubi-g'arbga tomon 3 ming kmdan ortiqroq masofaga cho'zilgan, to'rtta katta (Xonsyu, Xokkaydo, Kyusyu, Sikoku) orollardan va juda ko'p mayda orollardan iborat. Mamlakat hududi g'arbdan Yapon dengizi, sharqdan esa Tinch okean suvlari bilan o'ralgan.
    Yaponiyaning orollarda joylashganlik xususiyati, uning dengiz xo'jaligini, ichki va tashqi aloqalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Mamlakat Osiyoning chekka sharqida joylashganligi uning iborali nomida aks etgan: u «Kunchiqar-mamlakat» deb ataladi.
    Koreya bug'ozi Kyusyu orolini Koreya yarim orolidan, Laperuz bug'ozi Xakkaydo orolini 43 km masofaga Rossiyaning Saxalin orolidan ajratib turadi.
    2. Tabiiy sharoiti va resurslari.
    Yaponiya tog'li mamlakat. Mamlakatdagi tekislik yerlarning ko'p qismi dengiz qirg'oqlarida joylashgan bo'lib orollar maydonlarining 1\2 qismini egallaydi. Yaponiyada ko'pdan-ko'p vulkanlar joylashgan. Ayniqsa vulkanlar Xonsyu orolining markaziy qismida joylashgan. Yaponiyada eng yuqori nuqta Fudziyama vulkani uning baland nuqtasi 3776 m hisoblanadi.
    Yaponiyaga mussonlar ko'pdan-ko'p yog'inlar keltiradi. Qish oylarida shimoli g'arbiy tomonidan esadigan mussonlar g'arbiy qirg'oqlarga yog'inlar keltiradi. Janubi sharqdan esadigan yozgi mussonlar esa mamlakatning sharqiy qirg'oqlariga ko'plab iliq yog'inlarni keltiradi.
    Mamlakatda issiqlik va namlikning ko'pligi janubiy Yaponiyaning tropik va subtropik oblastlarida dehqonchilik sohasida bir yilda 2 marta hosil yig'ishtirib olinadi. (sholi va sabzavot). O'rmonlar mamlakat hududining 2\3 qismini egallaydi. Daryolarning serostonaligi, qisqaligi ulardan kamchilikda kemachilikda foydalanish noqulaydir, lekin daryolar suvidan gidroenergetika va dalalarni sug'orishda ularning ahamiyati katta.
    Mamlakatni o'rab turuvchi dengizlar faunaga juda boydir. Yapon xalqining astoydil mehnati tufayli ushbu mamlakatda tabiat kuchli o'zgardi. Ajoyib tabiat manzaralari, industrial va qishloq xo'jaligi landshaftlari, zamonaviy aloqa yo'llari bir biri bilan uyg'unlashib ketgan.
    3. Aholisi.
    Yaponiya bir millatli mamlakatdir. Yaponlar mamlakat aholisining 99 foizini tashkil etadi. Soniga ko'ra milliy ozchilikni tashkil etuvchi aynlar Xokkaydo orolining shimoliy qismida, koreyslar va xitoylar ayniqsa yirik shaharlarda yashaydi. Yaponiya aholisining soniga ko'ra jahon mamlakatlarining o'nligiga kiradi.
    Yaponiya aholi ko'payishining ikkinchi tipidan birinchi tipiga o'tgan Osiyodagi birinchi mamlakatdir. Mamlakat aholisi o'sishining pastligi bilan harakterlanadi. Mamlakatda tug'ilishning sezilarli kamayishi avvalambor aholining o'z hayot darajasini oshirish maqsadida hohish-irodasi va davlatning tug'ilish ustidan davlat nazorati, siyosati bilan bog'liq.
    Shuni alohida ta'kidlash zarurki Yaponiya-bolalar o'limi ko'rsatgichlari bo'yicha dunyoda eng past bo'lgan va jahonda aholining o'rtacha umr ko'rishi eng yuqori bo'lgan mamlakatdir (80 yosh atrofida).
    Yaponiya aholining o'rtacha zichligi ko'rsatgichlariga ko'ra dunyoda oldingi o'rinlarda turadi. Mamlakatda har bir km2ga 340 kishi to'g'ri keladi. Aholining ko'pchilik qismi 76 foizi shaharlarda yashaydi. Ko'pchilik shahar aholisi yirik shahar aglomerasiyalarida to'plangan. Mamlakatda urbanizasiya sur'atlarining yuqoriligi bilan ajralib turadi.
    Mamlakatda ikki yuzdan ortiq shahar bor. Tokio aglomerasiyasi Osaka, Nagoya va bir qator boshqa aglomerasiyalar bilan birga yanada yirik urbanizasiyalashgan «galaktika» Tokkaydo megapolisini tashkil etadi, bu megapolis sohil bo'ylab 600-700 kmga cho'zilib ketgan. Bu yerda aholining zichligi 1 km2ga 800-1000 kishi to'g'ri keladi.

    Download 1,66 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   171




    Download 1,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yaponiyaga iqtisodiy geografik tavsif

    Download 1,66 Mb.