|
Birinchi guruhga metall va xomashyoni ko'p talab qiluvchi po'lat quyish, avtomobilsozlik va kemasozlik ishlab chiqarish tarmoqlari kiradi
|
bet | 105/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblariBirinchi guruhga metall va xomashyoni ko'p talab qiluvchi po'lat quyish, avtomobilsozlik va kemasozlik ishlab chiqarish tarmoqlari kiradi.
Yaponiya ushbu ishlab chiqarish sohalari bo'yicha 70 yillarda jahonda yetakchi mamlakat darajasiga erishgan edi. Hozirgi vaqtda bu sanoat tarmoqlarining o'sishi to'xtadi, hatto kemasozlik sanoati keskin qisqarib ketdi.
Ikkinchi guruhga eng fan talab tarmoqlar: robotlar. EHM, yarim o'tkazgichlar, maishiy radioelektronika ishlab chiqarish sohalari kiradi.
Yaponiya ushbu tarmoqlar bo'yicha AQSH va G'arbiy Yevropa mamlakatlari bilan keskin raqobat olib bormoqda.
Qora metallurgiya- chetdan keltiriladigan ko'mir va ruda asosida ishlaydi. Mamlakat jahonda po'lat quyish bo'yicha birinchi o'rinda turadi. Yiliga 100 mln tonnaga yaqin po'lat ishlab chiqariladi. Metallurgiya kombinatlari texnik darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi. (Yirik domna pechlari, po'lat quyishda ilg'or kislorod-konvertor usulidan keng foydalanishi). Metallurgiya kombinatlari qirg'oq bo'yi rayonlarida joylashgan. Bundan tashqari mamlakatda rangli metallurgiyaning xilma-xil sohalari shu jumladan alyuminiy ishlab chiqarish sanoati rivojlangan.
Avtomobil sanoati- Avtomobil sanoati dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Mamlakatda yiliga 12 mln dona shundan 8 mln donasi yengil avtomobillar ishlab chiqariladi. Mamlakatdagi «Toyoto», «Nissan», «Xondo» kabi yirik avtomobil konsernlari AQSH va G'arbiy Yevropa avtomobil konsernlari bilan muvaffaqiyatli raqobatlashib jahon bozorini egallamoqda. Yaponiya kemasozlik sanoati jahonda ishlab chiqarilayotgan kemalarning 1\2 qismini ishlab chiqarmoqda.
Yaponiya fantalab tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha ham dunyoda yetakchi. Jumladan maishiy radioelektronika sohasida videomagnitafonlar, rangli televizorlar, radiotexnika qismlari ishlab chiqarish bo'yicha mamlakat jahonda yetakchi.
Yaponiya dunyoda ishlab chiqarilayotgan videomagnitafonlarning 80% ini ishlab chiqarmoqda. Bundan tashqari Yaponiya robotlar ishlab chiqarish bo'yicha ham yetakchilik qiladi. Yaponiyada yiliga 50 ming donadan ortiq robotlar ishlab chiqariladi. Mamlakatda bir qancha «odamsiz» zavodlar ishlab turibdi, ya'ni zavodlarda ishlab chiqarish robotlar yordamida amalga oshirilmoqda. Yaponiyada EHMning beshinchi avlodi ishlab chiqarilayotgan bo'lsada, u ishlab chiqarish hajmiga ko'ra faqat AQShdan keyinda qolmoqda.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Birinchi guruhga metall va xomashyoni ko'p talab qiluvchi po'lat quyish, avtomobilsozlik va kemasozlik ishlab chiqarish tarmoqlari kiradi
|