• 5. Xojaligi
  • Sanoati: Mamlakatning yuqori darajada rivojlangan sanoati ozining mineral-xom ashyo bazasi bilan tola taminlanmagan.
  • Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari




    Download 1,66 Mb.
    bet104/171
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #231734
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   171
    Bog'liq
    attaestatsiya javoblari

    4. Davlat tuzumi.
    Yaponiya- konstitusion monarxiya
    Mamlakatning hozirgi konstitusiyasi 1947 yilda, yapon xalqining demokratik harakati yuksalgan sharoitda qabul qilingan edi, bu hol unda o'z ifodasini topgan. Imperator faqat davlat «ramzi» deb tan olinadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament amalga oshiradi. Parlamentni 4 yil muddatga saylanadigan 512 deputatdan iborat vakillar palatasi va 6 yil muddatga saylanadigan 252 deputatdan iborat maslahatchilar palatasi tashkil etadi. Ijrochi hokimiyat bosh vazir tomonidan tuziladigan vazirlar kengashiga qarashli.
    5. Xo'jaligi.
    1948 yilda kapitalistik sanoat ishlab chiqarishda Yaponiyaning hissasi 1 foizni tashkil qilgan bo'lsa, 80-yillarning oxiriga kelib 10% foizga yetdi. Yaponiya jahonda sanoati rivojlangan ikkinchi mamlakatga aylandi. Mahsulotlarni eksport qilish bo'yicha AQSH va GFRdan keyingi uchinchi o'rinni egalladi. Yaponiya jahonda eng yirik kredit (qarz) beruvchi mamlakatdir.
    So'nggi yillarda chetga kapital chiqarish tez o'smoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarga «yordam» tariqasida davlat zayomlari va kreditlar beriladi, manopoliyalar rivojlanayotgan mamlakatlar xo'jaligining turli tarmoqlariga kapital qo'yadilar.
    So'nggi yillarda Yaponiya turli foydali qazilmalarning boy konlari ochilgan va ishlatila boshlagan Avstraliyaga katta kredit bermoqda.
    1 mlnga yaqin amerikalik ishchilar Yaponiya yoki AQSH bilan hamkorlikda tuzilgan qo'shma korxonalarda ishlamoqda. Jahondagi birinchi o'nta banklar o'rnini to'la yapon banklari egalladi. Hozirgi vaqtda Yaponiya va AQSH, Yaponiya va G'arbiy Yevropa o'rtasida shiddatli «savdo kurashi» davom etmoqda.
    Sanoati: Mamlakatning yuqori darajada rivojlangan sanoati o'zining mineral-xom ashyo ba'zasi bilan to'la ta'minlanmagan.
    Yaponiya deyarli barcha neft, tabiiy gaz, ko'mir, qora va rangli metall rudalari va boksitning katta qismini chetdan keltiradi.
    Energiyaning 4\5 qismi chetdan keltiriladigan xom ashyodan ishlab chiqarilishiga qaramay, mamlakatda yuqori darajada rivojlangan energetika xo'jaligi bor. Mamlakatda yaqin vaqtlargacha elektr energiyasining asosiy qismini Xonsyu orolidagi tog' daryolariga qurilgan ko'pdan-ko'p GESlar berar edi. Keyingi yillarda sharqiy sohildagi shaharlarda chetdan keltiriladigan yoqilgi bilan ishlaydigan qudratli IESlar qurildi. Hozir ham bu stansiyalar Yaponiyada ishlab chiqariladigan elektr energiyasining deyarli 4\5 qismini berar edi. Biroq 1980 yillarning oxiri 90 yillarning boshiga kelib mamlakatga chetdan neft olib kelishi kamaygan bo'lsada, uning mutlaq hajmi yuqoriligicha qolmoqda (200 mln tonna). Uning yoqilg'i iste'molidagi hissasi qisqarmoqda (50%). Mamlakatda ko'mir va Atom energiyasining hissasi o'smoqda. Hozirgi vaqtda 30 dan ortiq AESlar ishlab turibdi.
    Yaponiya sanoat tarmoqlarini shartli ravishda 2 ta guruhga ajratish mumkin.

    Download 1,66 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   171




    Download 1,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari

    Download 1,66 Mb.