• V) Transporti
  • 6. Tashqi iqtisodiy aloqalari.
  • Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari




    Download 1,66 Mb.
    bet106/171
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #231734
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   171
    Bog'liq
    attaestatsiya javoblari

    B) Qishloq xo'jaligi.
    Qishloq xo'jaligi tarmoqlarining ixtisoslashuvi jihatidan Yaponiya boshqa rivojlangan mamlakatlardan ancha farq qiladi. Yaponiya qishloq xo'jaligida 6 mln kishi band. Ishlanadigan yerlar esa mamlakat hududining atiga 16%ini egallaydi. Yaponiyaning asosiy ekini-sholi. Sholidan yiliga 10-12 mln tonna hosil olinadi. Sholining asosiy qismi Xonsyu orolining markaziy va janubiy rayonlarida yetishtiriladi. Xonsyuning shimolida va Xokkaydoda bug'doy, javdar va arpa ekiladi, biroq yetishtiriladigan don mamlakat ehtiyojini ta'minlay olmaydi. Sabzavot va mevalar texnika ekinlaridan qand lavlagi, soya, tamaki, moyli ekinlar, choy ham yetishtiriladi.
    Baliq ovlash- Yaponiya xo'jaligining muhim tarmog'i. Baliq sohil bo'yidagi suvlarda ham uzoq dengizlarda ham tutiladi.
    Baliq ovlash jihatidan Yaponiya dunyoda birinchi o'rinda turadi. Mamlakatda 3 mingdan ortiq baliq ovlovchi portlar bor. Yaponiyaning sohil bo'yi rayonlarida dengiz plantansiyalarda dengiz mahsulotlarini yetishtirish yo'lga qo'yilgan.
    V) Transporti-Yaponiyada transportning daryo va quvur transportidan tashqari barcha turi rivoj topgan: Yaponiya yuk tashish va yo'lovchi tashish hajmiga ko'ra G'arbiy Yevropa mamlakatlaridan o'zib ketgan. Mamlakat yo'lovchi tashuvchi temir yo'llarning zichligiga ko'ra dunyoda birinchi o'rinda turadi. Mamlakat ichkarisida yuklarni tashishda avtomobil va temir yo'l transportining ahamiyati katta. Mamlakatda 60% temir yo'llar elektrlashtirilib poyezdlarning o'rtacha tezligi soatiga 120 km|c ni tashkil etadi.
    Urushdan keyingi yillarda Xonsyu va Kyusyu orollarini bog'laydigan Simonoseki qo'ltig'i suvi tagidan tunnel qurildi. Xonsyu va Xokkaydo orollarini tutashtirib turuvchi Sugaru bug'ozi suvi tagidan o'tuvchi «Seykan» tunneli 1970 yilda boshlanib 1988 yilda ishga tushirildi. Tunnelning uzunligi 54 km bo'lib, uning 23 kmni qismi suv ostidan o'tgan.
    6. Tashqi iqtisodiy aloqalari.
    Yaponiya dunyoning rivojlangan mamlakatlari AQSH va YEIX mamlakatlari rivojlanayotgan mamlakatlaridan, Avstraliya, Fors qo'ltig'i mamlakatlari bilan shuningdek Rossiya Federasiyasi bilan faol tashqi iqtisodiy aloqalarini olib boradi.

    Download 1,66 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   171




    Download 1,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari

    Download 1,66 Mb.