Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni shaharlari




Download 1,66 Mb.
bet164/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

68. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni shaharlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati 0 ‘zbekiston aholisining 9,0 foizini mujassamlashtirgan holda, uning 26,9 % yalpi ichki mahsulotini ta’minlagan (2017-y.). Iqtisodiy rayonda 15 ta shahar va 91 ta shaharcha mavjud bo‘lib, ularda 1467,2 ming aholi yashaydi (respublika shahar manzilgohlarining 9,0 foizi). Iqtisodiy rayon shaharlar to‘ri juda siyrak; yirik shaharlarning ozligi va shahar aglomeratsiyalarini mukammal rivojlanmaganligi hudud ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining sustligidan darak beradi. Ushbu hududlar maydoni, orografiyasi, tabiiy sharoiti, qazilma boyliklari bilan ta’minlanishi va aholi joylashuviga ko‘ra noo‘xshashliklarga ega. Masalan, qadimiy sug‘orma dehqonchilik mintaqasi - Xorazmda qazilma boyliklar deyarli mavjud emas; Qoraqalpog‘istonda tog‘-kon kimyo sanoatining yirik zaxiralari (asosan, Qo‘ng‘irot va Chimboy atrofidagi tuz konlari), Ustyurtda tabiiy gaz, sulfat va osh tuzi hamda Sulton Uvays tog‘larida turli xil ma’danlar bor. Ayni chog‘da mintaqaning tarixiy-geografik rivojlanishi gidrografik omil va ijtimoiy-ekologik muammo bilan chambarchas bog‘liq. Xuddi shu ichki farqlanishlar bois, hududiy birliklar iqtisodiyoti bir-birini to‘ldiradi, ulami o‘zaro hamkorlikda rivojlanishiga ehtiyoj tug‘iladi. Mintaqa, shahar hosil qiluvchi tarmoqlar hududiy taqsimotida sanoat ishlab chiqarishi nisbatan sust, aholining hududiy mujassamlashuv darajasiga qaraganda ancha past. Biroq hududning iqtisodiy va siyosiy geografik o‘mi, tranzit fimksiyasi, tabiiy resurs salohiyati istiqbolda shaharlar to‘ri va tizimining sifat jihatdan rivojlantirish imkonini beradi. Shuningdek, iqtisodiy rayonning o‘ziga xos geografik o‘mi hududni kompleks rivojlantirishni, raqobatbardosh tarmoqlarga ixtisoslashuvini, investitsiya muhiti va tashqi iqtisodiy aloqalami yaxshilashni talab etadi
Mamlakatimiz aholi manzilgohlari tarixan sug‘oriladigan voha va vodiylarida hamda savdo-sotiqqa qulay karvon yo‘llarida shakllangan. Xorazm viloyati shaharlarining boy tarixi va madaniyatida gidrografik omil (Amudaryo deltasi) hamda hududni kesib o‘tgan temir yo‘l (Chorjo‘y-Toshhovuz-Beynau) katta rol o‘ynagan. Xorazm viloyati shaharlar to‘ri kam rivojlangan va sust urbanizatsiyalashgan mintaqalardan biridir. 0 ‘zbekiston shaharlarining 32,2 foizini tashkil etgan vohada atigi 3 ta shahar (Urganch, Xiva va Pitnak) hamda 7 ta shaharcha (Gurlan, Qo‘shko‘pir, Chalish, Xazorasp, Xonqa, Shovot, Yangibozor) va 51 ta “yangi” shahar manzilgohlari mavjud. Xorazm xo‘jaligining bazaviy sohalarida intensiv qishloq xo‘jaligi, yengil, oziq-ovqat sanoati va turizm yetakchi o‘rinda turadi. Ta’kidlanganidek, voha aholi manzilgohlari shakllanishini an’anaviy ravishda irrigatsiya shoxobchalari, xususan, kanal va ariqlar belgilaydi. Irrigatsiya shoxobchalarining hudud bo‘ylab yelpig‘ichsimon shaklda tarqalishi, iqtisodiyot tarmoqlari va aholi manzilgohlari joylashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Binobarin, hudud aholisi asosan Amudaryo quyi oqimining chap sohilida qadimiy obkor dehqonchilik mintaqasida joylashgan. Toshsoqa-Polvon, Shovot, G ‘azavot hamda Daryoliq-Qilichniyozboyarna kanallari, ulardan suv oladigan ko‘plab ariqlar bo‘ylab aholi manzilgohlari shakllangan va rivojlangan. Shu bois, viloyat shaharlarining ixtisoslashuvi bir-biridan deyarli farq qilmaydi, shahar hosil qiluvchi omillaming kam rivojlanganligidan ularning soni ham oz. M intaqa shaharlarining rivojlanishida avtomobil va temir yo‘llari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining mamlakatimizning chekka shimoli-g‘arbida, “muammoli mintaqa”da joylashganligi, shuningdek, markaziy rayonlaridan ancha uzoqda o‘mashganligi hudud iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga ta’sirini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining geosiyosiy mavqeyi, tranzit fimksiyasi, tabiiy resurs salohiyati istiqbolda uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga anchagina qulayliklar yaratadi. Qoraqalpog‘iston, Qozog‘iston va Turkmaniston Respublikalari bilan chegaradosh bo‘libgina qolmay, 0 ‘zbekistonning G‘arb mamlakatlariga chiqishi uchun darvoza vazifasini ham o‘taydi. Mintaqa iqtisodiyoti agrar-industrial yo‘nalishga ega. Qoraqalpog‘iston 0 ‘zbekiston Respublikasi shahar aholisining 3,5 foizini egallagani holda, uning hissasiga mamlakatda ishlab chiqarilgan YalMning 3,5 foizi, sanoat mahsulotining 2,5 foizi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining - 6,2, pullik xizmat hajmining - 2,9, chakana savdoning - 3,8, eksportning - 0,7 foizi va importning - 0,8 foizi to‘g‘ri keladi (2017-y.). Hudud tarkibidagi 12 ta shahar va 26 ta shaharchalarda 894,7 ming kishi yashaydi (shaharlashuv darajasi - 49,2 foiz). Hozirgi kunda shahar joylarda yashovchilaming nisbiy miqdori bo‘yicha Namangan, Farg‘ona, Andijondan keyingi o‘rinda turadi. Mintaqalar bo‘yicha urbanizatsiyaning eng past darajasi esa Xorazm viloyatida kuzatiladi. Shaharlar rivojlanishi va urbanizatsiya jarayoni Qoraqalpog‘iston Respublikasining turli hududlarida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Rayon shaharlar to‘ri asosan Nukus va uning aglomeratsiyasi hamda janubiy rayonlarda ancha zichroq. Aksincha, Beruniy-To‘rtko‘l, Qo‘ng‘irot va Chimboy rayonlarida biroz siyrakroq.

Download 1,66 Mb.
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni shaharlari

Download 1,66 Mb.