|
Jahon urbanizatsiyasi va global ijtimoiy muamolar
|
bet | 166/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari70. Jahon urbanizatsiyasi va global ijtimoiy muamolar
Ma’lumki, urbanizatsiya (lotincha urb – "shahar”) – bu shaharlar va shahar aholisining o‘sish, shahar turmush tarzining keng tarqalish jarayonidir. Shaharlar eng qadimgi davrlarda vujudga kelib, qishloqlar bilan birgalikda aholi manzilgohlarining ikkita asosiy turidan birini tashkil qiladi. Shaharlar tarixan ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida paydo bo‘lgan va rivojlangan. Qadimgi davrlarda shaharlar hunarmandchilik, savdo-sotiq, ma’muriy boshqaruv, mudofaa ishlari, diniy ibodatxona va ziyoratgohlar
negizida vujudga kelgan. Tarixdan ma’lumki, bir necha ming yillar avval Yer yuzida Fiva, Bobil (Vavilon), Ur, Afina, Rim, Iskandariya, Karfagen, Moxenjo-Daro, Samarqand (Marokand) kabi yirik shaharlar mavjud bo‘lgan. Ammo haqiqiy shaharlashuv jarayoni qizg‘in sur’atlar bilan faqat XIX asrda, dastlab Yevropada, keyinchalik esa Shimoliy Amerikada boshlandi. Bu hodisa G‘arb davlatlarida o‘sha paytda ro‘y bergan sanoat inqilobining natijasi bo‘ldi. Dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida esa urbanizatsiya jarayonlari XX asrning o‘rtalarida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi ijobiy o‘zgarishlar tufayli boshlandi va hozirgi kungacha yuqori sur’atlar bilan davom etmoqda.
Oxirgi 200 yil davomida dunyo aholisida shahar aholisining ulushi muntazam ravishda o‘sib borgan. 1800-yilda insoniyatning taxminan 3 % i shahar joylarida istiqomat qilgan edi. 1900-yilga kelib bu raqam 14 % gacha ko‘tarildi. Yarim asrdan so‘ng, 1950-yilda jahon urbanizatsiya darajasi 29 % ni tashkil etdi, 1990-yilda bu ko‘rsatkich 45 %, 2001-yilda – 47 % ga yetadi. 2010-yilga kelib Shaharliklarning jahon aholisi tarkibidagi ulushi 50 % dan ortdi va hozirgi kunda u 54 % ga teng.
Urbanizatsiya jarayoni 3 ta asosiy bosqichdan o‘tib rivojlanadi.
I. Shakllanayotgan urbanizatsiya bosqichida shahar aholisining ulushi 50 % dan past bo‘lib, yangi shaharlar vujudga keladi, ayrim qishloq joylar shahar manzilgohlari toifasiga o‘tib ketadi. Ayniqsa, yirik shaharlar tez o‘sishni boshlaydi. Bunda eng yirik shahar boshqalarga nisbatan ancha ilgarilab ketadi. Eng yirik shaharlarning o‘sishi ayrim hollarda "soxta” urbanizatsiya tarzida, ya’ni shahar chekkalarida qishloqdan ko‘chib kelgan past daromadli aholi uy-joylarining zichlashib borishi ko‘rinishida kechadi. Hozirda Osiyo va Afrikadagi qator rivojlanayotgan mamlakatlar urbanizatsiyaning ana shu bosqichini kechirmoqdalar.
II. Rivojlangan urbanizatsiya bosqichi "millioner” shaharlarning yuqori sur’atlar bilan o‘sishi hamda yirik shaharlar atrofida aglomeratsiyalarning vujudga kelishi bilan tavsifl anadi. Shaharliklarning jami aholidagi ulushi 50 % dan ortib ketadi, yangi shaharlar deyarli vujudga kelmaydi, mavjud shaharlar esa, ayniqsa, yiriklari tez rivojlanadi, shahar manzilgohlarining tizimlari shakllanib boradi. Urbanizatsiyaning bu bosqichi Sharqiy Yevropa, MDH davlatlari, Lotin Amerikasi, Shimoliy Afrika, Janubi-g‘arbiy Osiyo, Okeaniyadagi ko‘p mamlakatlarga xos.
III. Yetuk urbanizatsiya bosqichi Yevropaning eng rivojlangan davlatlari, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Isroilda kuzatilmoqda. Bunda aholi yirik shaharlarning markazlaridan asta-sekin shahar atrofiga ko‘chib boradi, lekin shaharda ishlash, o‘qish, turli faoliyat yuritishni davom ettiradi. Natijada shaharlar markazlari, asosan, tadbirkorlik, bank-moliya sektori, boshqaruv sohalarining rivojlanish maskanlariga aylanib, aholi yashash massivlari esa tobora markazdan uzoqla shib boraveradi. Bunday ijtimoiy-geografik jarayon suburbanizatsiya deb ataladi. Transport va aloqaning zamonaviy texnologiyalari rivojlangan sari urbanizatsiyaning bu bosqichida shahar iqtisodiyoti tarmoqlari va shahar turmush tarzi qishloq joylarda ham keng tarqalib boradi, natijada shahar va qishloqlardagi yashash sharoiti tobora yaqinlashadi, ya’ni, qishloq joylar rasman o‘zining qishloq maqomini saqlab tursada, aslida, tub ma’noda shaharlashib ketadi. Shahar bilan qishloq joylar orasidagi ijtimoiy-iqtisodiy farq va chegaralarning yo‘qolib borish jarayoni rurbanizatsiya atamasi bilan yuritiladi.
|
| |