Janubiy iqtisodiy rayoni shaharlari




Download 1,66 Mb.
bet163/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

67.Janubiy iqtisodiy rayoni shaharlari
Janubiy 0‘zbekiston shaharlar to‘rining shakllanishida gidrologik omillar, yangi yerlar va foydali qazilmalami o‘zlashtirish muhim o‘rin tutadi. Mintaqa ichki hududiy mehnat taqsimotini tabiiy sharoiti (agroiqlimiy) va resurslari belgilab beradi. Binobarin, hududda joylashgan shaharlaming aksariyati tog‘oldi va tekislik shaharlari hisoblanadi. Iqtisodiy rayon shahar manzilgohlarining 63,8 foizi (164 ta) va ulardagi aholining 64,9 foizi (1199 ming kishi) tekislik mintaqasiga to‘g‘ri kelgan24. Iqtisodiy rayon urbanizatsiya darajasining respublika ko‘rsatkichidan doimiy pastligi, tug‘ilish ko‘rsatkichining yuqoriligini hamon saqlab qolmoqda. Binobarin, mintaqa urbanizatsiyasining xarakterli xususiyatlardan biri - shaharlarda aholi soni o‘sishi va tabiiy harakatning yuqoriligi bilan ifodalanadi. Janubiy mintaqada shaharlashuv darajasi muntazam ortib bormoqda; 2016-yilda respublikada o‘rtacha urbanizatsiya darajasi 50,6 % bo‘lgani holda, iqtisodiy rayonda bu ko‘rsatkich 39,3 % ga (Qashqadaryoda 49,2 %, Surxondaryoda 35,7 %) teng bo‘ldi. Hozirda mazkur hududda 31 ta shaharlar mavjud. Surxondaryo viloyatida 8 ta shahar va 114 ta shaharcha, Qashqadaryo viloyatida esa 12 ta shahar va 123 ta shaharcha joylashgan. Janubiy rayon iqtisodiyotida yoqilg‘i zaxiralar - neft va tabiiy gaz, toshko‘mir, shuningdek, turli tuzlar, qurilish materiallari, oltingugurt va farmatsevtika xom ashyolari (dorivor o‘simliklar) muhim ahamiyatga ega. Hududning shifobaxsh buloq va chashmalari, tarixiy qadamjo va ziyoratgohlari istiqbolda shahar hosil qiluvchi tarmoqlar - rekreatsiya va turizmning rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Biroq tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulami kompleks qayta ishlash borasida hududiy tafovutlar mavjud. Xususan, Qashqadaryo viloyati nafaqat mintaqaning, balki respublikaning asosiy yoqilg‘i-energetika bazasi sifatida ustunlikka ega. Qo‘shni Surxondaryo viloyati o‘ziga xos yer usti tuzilishi, transportgeografik joylashuvi, tabiiy-iqtisodiy salohiyati, aholi joylashuv xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda investitsion faollik darajasiga ko‘ra ancha farq qiladi. Mintaqa iqtisodiy va siyosiy geografik o‘mining biroz noqulayligi, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etadi. 2007-yil Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘lining bunyod etilishi har ikki viloyatni respublika yaxlit transport tizimi bilan bog‘ladi, janubiy mintaqani yagona iqtisodiy makon sifatida rivojlanishini ta’minladi. Shuningdek, temir yo‘l ta’sir zonasidagi tabiiy boyliklaming o‘zlashtirilishi bilan bir paytda, yangi aholi manzilgohlari, “o‘sish qutb va markaz”lari shakllanishi va pirovardida viloyat shaharlar to‘rini kengayish, urbanizatsiya darajasini ko‘tarish imkoniyatlari yuzaga keladi. Shuningdek, rekreatsiya va turistik imkoniyatlari yuqori va qulay transport geografik o‘ringa ega shaharchalaming rivojlanishi birmuncha tezlashadi. Jumladan, mazkur temir yo‘lning foydalanishga topshirilishi natijasida Dehqonobod kaliy zavodi ham o‘z faoliyatini boshladi. 2017-yilda Surxondaryoda xalqaro standartlarga javob beradigan 336 kilometrlik avtomobil yo‘llarini barpo etish loyihasi amalga oshirildi; har ikki viloyat markazini bog‘laydigan «Qarshi-Termiz» avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilinishi janubiy mintaqa iqtisodiyotini yanada mustahkamroq birlashtirdi; «Qarshi-Termiz» temir yo‘l tarmog‘ini 2017-yilda elektrlashirilishi mintaqaning tranzit va tabiiyiqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirdi, natijada yuk tashish xarajatlari 20 foizga kamayib, yo‘lovchi va yuk tashish tezligi 1,5 barobar oshishi kutiladi.

Download 1,66 Mb.
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Janubiy iqtisodiy rayoni shaharlari

Download 1,66 Mb.