Farg’ona iqtisodiy rayoni shaharlari




Download 1,66 Mb.
bet160/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

64. Farg’ona iqtisodiy rayoni shaharlari
Aholi joylashuvining qadimiy va zich rayonlaridan biri Farg‘ona vodiysi uch tomondan Pomir-Oloy, Tyan Shan va Farg‘ona tizmalari bilan o‘ralgan. Mintaqaning ichki tabiiy-iqtisodiy jihatdan yaxlitligi, sersuv daryo va soylari, mineral resurslari va ishlab chiqarish kuchlarining mujassamlashuvi ko‘plab aholi manzilgohlarining to‘planishiga asos bo‘lgan. Maydoni uncha katta bo‘lmagan vodiyda (hududi respublika maydonining atigi 4 foizini tashkil qiladi) mamlakat iqtisodiy-demografik salohiyatining 28,5 va shahar manzilgohlarining 35,1 foizi mujassamlangan. Demak, bu yerda umumiy ijtimoiy-iqtisodiy zichlik respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan 7,5 marta ziyod. Mintaqa hozirda 0 ‘zbekiston shahar aholisining 32,5 foizini mujassamlashtirgan holda (jami aholining 28,5 foizi), uning 16,7 foiz yalpi ichki mahsulotini ta’minlaydi. Shahar aholi manzilgohlari sonining eng ko‘p miqdori mazkur (423 ta) hududga tegishli. Mintaqaning shaharlar pramidasi mukammal shakllangan. Binobarin, Farg‘ona viloyatining hududiy urbanistik tarkibida uchta katta shaharlar mavjud. Farg‘ona mintaqasi shahar manzilgohlarining zichligi bo‘yicha birbiridan keskin farq qilmaydi. Shahar hosil qiluvchi tarmoqlaming rivojlanish va mujassamlashuv darajasi yuqori; xo‘jaligi intensiv yo‘nalishga ega, ishlab chiqarish kuchlari yaxshi hududiy tashkil qilingan Farg‘ona viloyatida har ming km2 ga 30,4 ta, hududi kichik Andijonda 20,6 ta, Namanganda 17,2 ta shahar manzilgohlari joylashgan. Rayon 0 ‘zbekiston Respublikasi sanoatini 18,6%, qishloq xo‘jalik mahsulotining 26,4 % ini ta’minlaydi; pullik xizmatlarda uning ulushi 16.5%, chakana savdoda 22,3%, tashqi savdo aylanmasida - 16 % ga teng. Farg‘ona viloyati shaharlar to‘ri va hududiy tizimini vujudga kelishida gidrografik to‘r, tabiiy resurslar, iqtisodiy geografik o‘rin, mehnat va infratuzilma salohiyati kabi omillaming ta’siri kuchli. Viloyatdagi shaharlaming ayrimlari qadimdan aholi zich joylashgan qishloqlar o‘mida paydo bo‘lgan. Farg‘ona mintaqasi shaharlar to‘rining kengayishi sobiq Ittifoqning dastlabki yillaridan boshlangan bo‘lsa, so‘nggi 1989-yilgi aholi ro‘yxatidan keyin Muqimiy qishloq aholi punkti shahar tipidagi posyolka maqomini oldi, xolos. Mintaqa shaharlari turli tarixiy davrlarda tashkil topgan bo‘lsa-da, ulami rivojlantirish hamisha davlat boshqamvi diqqat markazida bo‘lgan. Chunonchi, foydali qazilma konlari va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar negizida shaharlami shakllantirish yoki Ikkinchi jahon urushi davrida sobiq Ittifoqning g‘arbiy hududlaridan zavod, fabrikalami ushbu hududga joylashtirilishi maqsadli dasturlar doirasida amalga oshirilgan. Farg‘ona viloyati aholi manzilgohlarining shakllanishida birlamchi omil gidrografik to‘r, xususan, Oloy tog‘laridan oqib tushadigan daryolar (So‘x, Isfara) konussimon deltalari xizmat qiladi. Binobarin, So‘x daryosi Qo‘qonga, Shohimardonsoy Marg‘ilonga hayot bag‘ishlagan. Mazkur konussimon yoyilmalarda boshqa hududlarda uchramaydigan aholi joylashuvining o‘ziga xos shaklini ko‘rish mumkin. Masalan, azaldan aholi manzilgohlari nihoyatda zich joylashgan So‘x deltasi endilikda o‘ziga xos hududiy majmuani hosil qilgan. Shuningdek, Katta Farg‘ona, Janubiy Farg‘ona va Katta Andijon kanallari, ko‘plab irrigatsiya shaxobchalari hamda yo‘llar 99 bir-biriga tutashgan aholi punktlarini shakllantirgan. Demak, bundan ko‘rinadiki, shaharlaming katta-kichikligi bilan ularning suv resurslari hajmi o‘rtasida qonuniy aloqadorlik mavjud. Shaharlar to‘rining asosi - “sinch”lari sifatida g‘arbda Qo‘qon va sharqda Farg‘ona-Marg‘ilon yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, Qo‘qon shahri shakllanishining o‘ziga xos xususiyati, birinchidan, So‘x daryosining qadimiy konus yoyilmasi bo‘lsa, ikkinchidan, vodiyning kengaygan kirish qismida joylashganligi bilan izohlanadi. Ta’kidlanganidek, So‘x yoyilmasida aholi manzilgohlari nihoyatda zich joylashgan va bu o‘ziga xos hududiy majmuani tashkil etadi. Shuningdek, mazkur daryo yotqiziqlari shaharga yaqin joyda qurilish materiallari sanoati uchun zarur bo‘lgan xom ashyo bilan ta’minlaydi. Viloyatda aholi joylashuv tizimi politsentrik, ya’ni asosan ikki markaz - qadimiy Qo‘qon va Farg‘onada mujassamlangan. Ayni vaziyat ishlab chiqarishning markazlashuvi va shahar manzilgohlarining murakkab tizimi yoki majmuasi - aglomeratsiyalami vujudga keltiradi. Qadimiy Qo'qon “ipak yo‘lida” Yevropa, Rossiyadan, Hind va Xitoyga “o‘tish” yo‘lida “savdo shahri” sifatida ham rivojlanib borgan. Manbalargaqaraganda, Qo‘qonhaqidagi dastlabki ma’lumotlarX asrlarga to‘g‘ri keladi. Arab sayyohi va geografi Istaxri va Ibn-Xauqol qo‘lyozmalarida shahami “Ho‘qand” yoki “Xavokand”, ya’ni “go‘zal shamol shahri” deya tasvirlaydi. Venger sayyohi H.Vamberi Qo‘qon etimologiyasi haqida “Xobkent” go‘zal vodiydagi joy so‘zidan kelib chiqqan, deya ta’rif bergan. Dastlab shahar vodiyning g‘arbiy qismi uchun muhim savdotransport, harbiy-strategik va ma’muriy funksiyalarga ixtisoslashgan. Kaspiyorti (1898-y.) va Orenburg-Toshkent (1906-y.) temir yo‘lining qurilishi uni transport tuguniga aylantirdi. Transport va iqtisodiy geografik o‘mining qulayligi, Qo‘qon vohasi va qishloq xo‘jalik rayonlari markazida joylashganligi uning sanoat ixtisoslashuvini belgilab berdi.

Download 1,66 Mb.
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Farg’ona iqtisodiy rayoni shaharlari

Download 1,66 Mb.