|
O’zbekiston shaharlar geografiyasi
|
bet | 157/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari61. O’zbekiston shaharlar geografiyasi
2009-yilda mamlakat aksariyat aholisining qishloqlarda yashashini hisobga olgan holda, ularga shahar hayot tarzini, madaniyatini olib kirish, infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 2009-yilda Vazirlar Mahkamasining “0 ‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 965 ta qishloqqa shaharcha maqomi berildi. Qishloqlaming shaharchalarga aylantirilishi respublika urbanizatsiyasida o‘ziga xos yangi bosqich bo‘ldi. Shahar aholi soni 2008-yilda 9,6 mln. bo‘lgan bo‘lsa, 2009-yilda 14,3 mln. kishini tashkil etib, urbanizatsiya darajasi 51,7 foizga ko‘tarildi. Bunda, eng yuqori ko‘rsatkich Namangan viloyatida kuzatilib, 64,6 foiz, ikkinchi o‘rinda Farg‘ona viloyati - 58,7 foiz va uchinchi viloyat - Andijonda - 53,1 foiz shahar aholisi qayd etildi. Agar nazariy jihatdan tahlil qilinsa, aholi soni va ular oila a’zolarining aksariyati qishloq xo‘jaligida band emasligini hisobga olsak, shaharcha maqomi berish talablariga javob beradi. Biroq, shahar infratuzilmasi, arxitekturasi, shahar madaniyati, aholining yashash tarzi jihatidan, bu “soxta urbanizatsiya”ning bir ko‘rinishidir. Agar o‘tgan bosqichda urbanizatsiya darajasiga ko‘ra QR, Navoiy va Toshkent viloyatlari yetakchilik qilgan bo‘lsa, so‘nggi davrda aholi soni ko‘p va zich yashagan Farg‘ona vodiysiga almashdi. Buning asosiy sababi, Farg‘ona vodiysi ko‘plab aholi soni katta bo‘lgan yirik qishloqlarga ega boMganligidir. 2009-2016-yillar oralig‘idagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 0 ‘zR urbanizatsiya darajasi 1,0 foizga kamaygan. Ayniqsa, Sirdaryo, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yuqori ko‘rsatkichlar kuzatiladi
Buning asosiy sabablari shuki, qishloq aholisining shaharga bo‘lgan migratsiyasi sust va shaharlaming tashkil topishi awalgidek ko‘p emas. Shahar aholisi yillik tabiiy o‘sishi qishloq joylarga nisbatan kam (0,8 va 1,3 foiz) va bu jarayon bundan keyin ham shunday davom etishi kuzatiladi. Demak, 0 ‘zbekistonda urbanizatsiya darajasi pastligi sabablari: - qishloq-shahar migratsiyasining sustligi; - shahar aholisi tabiiy harakatining qishloq aholisiga nisbatan pastligi; - shaharlaming aholini jalb etish salohiyatining zaifligi; - muntazam ravishda yangi shaharlaming vujudga kelmasligi; - hududlaming sanoat salohiyatining pastligi; - aholining ko‘proq qishloq joylarga moyilligi va b. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, respublikada urbanizatsiyaning rivojlanishi va yuqori ko‘rsatkichlarga erishishi (u jahon mamlakatlarining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi) asosan ruurbanizatsiya hisobiga boradi. Ruurbanizatsiya, aslida, rivojlangan mamlakatlarda shahar aholisining deurbanizatsiyasi, ya’ni qishloqlarga ko‘chib borib, u yerda shaharcha hayot tarzini yoyishi tushuniladi. Rural - qishloq, urbanizatsiyashaharlashish (lotincha), demak, qishloqlaming shaharlashishi ma’nosini anglatadi. Bu jarayon, mamlakatimizda yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, boshqacha ko‘rinishda sodir bo‘ladi, ya’ni qishloqlarda shahar infratuzilmasini shakllantirish, sanoatni olib kirish va aholini unga jalb etish, xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, bino, uy-joy qurilishida shahar arxitektura qoidalariga rioya qilish, shahar madaniyatini shakllantirish, ya’ni qishloqni shaharlashtirish demakdir. Bunda, awalo, aytish joizki, 965 ta yangi shaharchalami bosqichma-bosqich talabga ko‘ra, shahar hosil qiluvchi tarmoqlami shakllantirish mumkin bo‘lgan, “istiqbolli” shaharchalami aniqlab, rivojlantirishdan boshlash maqsadga muvofiq
|
| |