Urbanizatsiya va uning mintaqaviy xususiyatlari




Download 1,66 Mb.
bet154/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

58. Urbanizatsiya va uning mintaqaviy xususiyatlari
Urbanizatsiyaning geografik jihatlari ham kam emas, chunki urbanizatsiya turli mamlakat va rayonlarda o‘zgacha sodir bo‘lmoqda. Urbanizatsiya, garchi shaharlaming vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, u XIX asr oxirlarida sanoat inqilobi natijasida aholining ish izlab qishloqlardan shaharlarga yoppasiga ko‘chib kelishi asosida jadal rivojlandi. Dastlab urbanizatsiya Yevropada boshlanib, hozirda cho‘qqisiga yetib, orqaga qaytmoqda. Masalan, AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Belgiya kabi rivojlangan davlatlarda urbanizatsiya darajasi 80-90 foizga yetdi. Shaharlar nihoyatda kattalashib, aholisi 10-12 mln. ga yetdi. Hozirda aholi o‘ta zich joylashgan binolar, shovqin-suron, turli asabbuzarliklar, keskin ekologik-nozoogeografik vaziyatdan qochib (dezurbanizatsiya), ochiq tabiat qo‘yniga intilmoqda. Natijada suburbanizatsiya, ya’ni shaharlaming shahar atrofida o‘sishi kuzatilmoqda. Lotin Amerikasida bu jarayon o‘z cho‘qqisida, Osiyo, Shimoliy Afrika mamlakatlarida jadal bormoqda, aholining qishloqlardan shahar, ayniqsa, poytaxt shahar-larga ko‘chishi natijasida Mumbay, Kalokut, Jakarta, Karachi, Qohira, Tehran, Manila, Lagos, Dakka kabi yirik shaharlar aholisi 12-15 mln. ni tashkil etmoqda. Ayrim davlatlarda-Afg‘oniston, Nepal, Bangladesh, Butan, Tropik Afrika davlatlarida esa u hali boshlangani yo‘q. 1994—2025-yillarda Osiyo 1.5 mlrd. shahar aholisiga ega bo‘lishi kutiladi. Yoki bu Yevropaning har bir yangi shahar fuqarosiga 23 ta osiyolik shahar fuqarosi to‘g‘ri kelishini bildiradi. Lotin Amerika va Karib havzasida ham umumiy urbanizatsiya darajasi keskin ko‘tarilib, 1970-yilda 163 mln. aholi shaharlardayashaganbo‘lsa, 1994-yilga kelib, 349 mln. ga yetdi. Mintaqa shahar aholisi 2025-yilgacha 601 mln. ga yetishi kutilib, bu raqamlar Yevropadagiga nisbatan yuqori bo‘lib hisoblanadi - 598 mln. Afrika esa dunyoning har qanday mintaqasidan tezroq o‘sishni namoyish etib, 1970-yilda 84 mln. aholiga ega boigan bo‘lsa, 1994-yilgacha aholi soni 240 mln. ga ortdi, 2025-yilgacha 804 mln. ga yetishi kutiladi. Bu barcha urbanistik ko‘rsatkichlami tahlil qilish orqali 52 tasdiqlangan bo‘lib, kelgusida mintaqalaming urbanizatsiya darajasini yaqqol namoyish etib beradi (M.Pacione, 2009, 69-b.). 0 ‘rta Osiyo va O‘zbekistondagi urbanizatsiya sharqona xususiyatga ega. Binobarin, bu yerda urbanizatsiya ko‘rsatkichini yaqin kelajakda 70-80 foiz bo‘lishini tassawur qilish qiyin va bunday aslo bo‘lmaydi ham. Sababi - bizda shaharlar rivojlanishi qishloq joylar bilan qadimdan an‘anaviy holda bog‘liq. Qolaversa, bunday mamlakatlarda urbanizatsiya ham katta ahamiyatga ega. Boz ustiga, respublikamiz rahbariyati qishloq joylarda ijtimoiy-iqtisodiy tub o‘zgarishlami amalga oshirish, qishloq industriyasi va infrastrukturasiga jiddiy e’tibor qaratmoqdaki, bu ham urbanizatsiya, uning ichkaridan, «yashirincha» rivojlanishidan darak beradi. Demak, urbanizatsiyaning umumiy demografik ko‘rsatkichi, garchi ma’lum qulayliklarga ega bo‘lsa-da, «uning ayrim nozik» jihatlari ham mavjud. 3. Amerikalik shaharshunos olim J.Jibbs urbanizatsiya jarayonini o‘rganish asosida uni quyidagi bosqichlardan iboratligini aniqlaydi: 1-bosqich qishloq joylarda qishloq belgilari ustun bo‘lgan shaharlar vujudga kelaboshlaydi, ammo ular hali qishloqlar rivojlanishidan ortdabo‘ladi. 2-bosqich-shahdLr\w rivojlanishda qishloqlardan o‘zib ketadi, qishloq areallarida markazlar paydo bo‘ladi. 3-bosqich qishloqlardan aholi shaharlarga ko‘chib boradi, areallar-ning markazlarida aholi ko‘payib, aglomeratsiyalashuv jarayoni ro‘y bera boshlaydi, atroflarida aholi kamayadi. 4-bosqich-aholi yirik shahar va aglomeratsiyalarda to‘planadi, kichik shahar va qishloqlarda esa kamayadi. 5-bosqich yirik shaharlardan aholi kichik shahar va qishloqlarga, shahar atroflariga qaytadi. Demak, urbanizatsiya ana shu bosqichlami bosib o‘tadi, biroq u turli hududlarda o‘ziga xos tarzda turli vaqtlarda amalga oshadi.

Download 1,66 Mb.
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Urbanizatsiya va uning mintaqaviy xususiyatlari

Download 1,66 Mb.