|
Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari
|
bet | 152/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari56. Shaharlarning funksiyasi
Shaharlaming geografik mehnat taqsimotidagi o‘mi, bajaradiganfunksiyalarini aniqlash doimo muhim hisoblangan. Bunday turdagi dastlabki tipologiyalar 1891 y. - F Ratsel, 1910 y. - Semyonov-Tyanshanskiy, keyinchalik C.Garris, V.Konstantinov, B.Xorev va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan. Ilk tipologiyalar ko‘proq sodda bo‘lgan va shaharlar mexanik tarzda aholi soniga ko‘ra ajratib yuborilgan, masalan, Yaponiyada 600 ming kishilik shaharlar milliy ahamiyatga ega, 250-600 minggacha bo‘lsa tarixiy shaharlar, 25-250 ming - qishloq tipidagi shaharlar deb ajratilgan. 1960-yillarda matematik modellashtirish, ayniqsa, kompyuterlaming paydo bo‘lishi bilan ko‘plab belgilami (60 ga yaqin) qamrab oluvchi guruhlashtirish keng rivojlandi. N.N.Baranskiy genetik tipologiyaning ahamiyatini yuqori baholaydi va “... ammo u shaharlaming kelib chiqish davrini bildiradi, kelgusi rivojlanish yo‘nalishini ko‘rsatmaydi” - deydi. Hanuzgacha shaharlami hozirgi holatini, har tomonlama rivojlanishini ko‘rsatuvchi tipologiya yaratilmagan. Biroq shunga yaqinlardan biri - bu funksional tipologiyadir. Unga ko‘ra, shaharlar monofunksional (bir funksiyali) va polifunksional (ko‘p funksiyali) shaharlarga bo‘linadi. Funksiyalar ortib borishi bilan shaharlar yiriklashib, ko‘p funksiyaliga aylanib boradi. Katta va yirik shaharlaming barchasi 5-6 va undan ko'p funksiyalami bajaradi. Shaharlami funksiyalariga ko‘ra turlarga ajratishda shaharda faoliyat ko‘rsatuvchi tarmoqlar asosiy o‘rin tutadi. Ular ikki turli bo‘ladi: shahar hosil qiluvchi tarmoqlar va shaharga xizmat qiluvchi tarmoqlar. Ulaming orasidagi chegara shartli hisoblanadi, asosan, sanoat, transport, rekreat44 siya, ilm-fan yoki boshqa sohalarga ixtisoslashgan, ya’ni o‘zi ishlab chiqargan mahsulot yoki ko‘rsatayotgan xizmatlari shahar chegarasidan chiqib, boshqa hududlarga yoyilsa va shahaming kengayib rivojlanishiga asos (shahaming iqtisodiy asosi) bo‘lsa, bunday tarmoqlar shahar hosil qiluvchi, agar faqat shahar uchun yoki shahar aholisini ta’minlash uchungina xizmat qilsa, u holda shaharga xizmat qiluvchi tarmoq hisoblanadi. Ba’zan shaharga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar rivojlanib borib, shahar hosil qiluvchi tarmoqlarga aylanadi. Funksional tipologiya shaharlaming hududiy mehnat taqsimotida tutgan o‘mi, “yuzini” ko‘rsatib turadi. Shaharlaming qaysi sohaga ixtisoslashuvi, ularning bajaradigan vazifasini aniqlash funksional tipologiya doirasida amalga oshiriladi. Bunda mezon qilib shahar aholisining bandlik tarkibi olinadi, ya’ni qaysi sohada mehnat resurslari ko‘proq (mamlakat shahar joylari bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalish mazkur shahaming funksional tipini ifodalab beradi. Odatda, shaharlar quyidagi funksional turlarga bolinadi: 1. Ko‘p funksiyali siyosiy-ma’muriy markazlar, poytaxt shaharlar. 2. Ko‘p funksiyali shaharlar - viloyat markazlari. 3. Ko‘p tarmoqli yirik sanoat markazlari. 4. Kam tarmoqli (1-2) sanoat shaharlari. 5. Transport markazlari. 6. Agroindustrial shaharlar. 7. Tuman markazlari. 8. Rekreatsiya shaharlari. 9. Ilm-fan markazlari. Yuqoridagi funksional gumhlar shaharlaming katta-kichikligiga qarab ham turlanadi. Bu holda shaharlaming funksional klassifikatsiyasi vujudga keladi.
|
| |