|
Shaharlarning vujudga kelish tarixi
|
bet | 149/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari53. Shaharlarning vujudga kelish tarixi
1. Shaharlaming tarixi juda uzoq. Biroq bu tarix insoniyat tarixidan qisqa bo‘lib, bu davr jamiyat tarixiga mos keladi. Uni bir necha tarixiy bosqichlarga ajratish mumkinki, har bir davr o‘zining shahar hosil qilish omillari, shaharlar infratuzilmasi, aholi soni, shaharlaming qurilish uslublari, bajargan vazifalariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. 1. Qadimgi shaharlar (eramizning V asrigacha). Umuman olganda, shaharlaming vujudga kelishini ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bogMaydilar. Ma’lumki, dastlabki ijtimoiy mehnat taqsimoti dehqonchilikning ehorvachilikdan ajralib chiqishidir. Dehqonchilik, xususan, sug‘orma dehqonchilikning paydo bo‘lishi muqim, doimiy (statsionar) aholi manzilgohlarining barpo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Dastlabki sug‘orish inshootlari yoki vositalarini ko‘pchilik qurib, undan foydalanar va ulami qo‘riqlardi. Shu asosda kishilaming qadimiy jamoasi vujudga kelgan. Ammo bu jamoa (jamiyat emas), kishilaming hududiy birligi u davrda shahar ham qishloq ham deb aytilmasdi. Shaharlar, ijtimoiy mehnat taqsimotining navbatdagi bosqichi, ya’ni dehqonchilikdan hunarmandchilik va savdoning ajralib chiqishi natijasida paydo bo‘lgan. Ushbu kasbdagi kishilar, bevosita qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydilar va binobarin, ular har xil mehnat qurollari ishlab chiqarish hamda tovar ayirboshlash (almashtirish)da vositachilik vazifasini bajargan, qulay joyda o‘mashgan aholi punktlarida yashaganlar. Keyinchalik bunday joylar «shahar» deb atalgan. Ilk shaharlaming vujudga kelishi, asosan daryobo‘yi sivilizatsiyasi bilan bog‘liq. Qadimgi Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Xitoy kabi 23 davlatlarda eramizdan avvalgi 4-3-ming yilliklarda shaharlar bo‘lgani tarixiy manbalardan ma’lum. Ur, Uruk, Lagash, Kish, Harappa, Bobil, Nineviya, Memfis eng qadimgi shaharlardan hisoblanadi. Ilk Mesopotamiyadagi shahar - Urda aholisining tabiiy ko‘payishi hozirgi tabiiy ko‘payishga o‘xshamagan. Shaharlar o‘lchami 370x240 m boiib, keng to‘g‘ri ko‘chali, pishgan g‘ishtdan qurilgan. Sotsial hududiy joylashuv oddiy bo‘lgan. Bloklar yoki chegaralar bilan maxsus tikuvchilar, kulollar, elit qatlam va boshqa rayonlar alohida ajratilgan. Shaharlar atrofi bilan umumiy hudud 640 akr (250 gektar) va aholisi 20 000 dan ortiq bo‘lgan. Harappa qirolligi egizak poytaxtdan alohida tarzda mutlaq kuchga ega bo‘lgan rohib-qirol tomonidan boshqarilgan. M.aw. 2000-yilliklargacha Shumer shahar davlatlarida savdo belgilari bo‘lgan. Lekin o‘zgarmas moddiy madaniyat va hozirgacha olimlar tomonidan oxirigacha qisman o‘qilgan yozuvlar shuni anglatadiki, Nil daryosi shaharlaridan farqli ravishda, Harappa madaniyati va shaharlari mustaqil ravishda paydo bo‘lgan. Bir asr davomida barqaror rivojlanganiga qaramay, Harappa sivilizatsiyasi bosqinchilar tomonidan m.aw. 1500-yilda buzib tashlangan. Mesopotamiya shaharlari m.aw. 2000-yillarda mavjud bo‘lgan. Mezoamerikadagi bir qancha sivilizatsiyalar esa, masalan, Maya, 300-1000-yillarda eng rivojlangan sivilizatsiyalardan bo‘lgan. Tikal, Vaksastum, Mayapan kabi shaharlar kichik davlatlaming poytaxti bo‘lib, rohib tomonidan tayinlangan boshqaruvchi tomonidan boshqarilgan va ozod konfederatsiyaga birlashtirilgan (M.Pacione, 2009,33-b.). Quldorlik davrida shaharlar qul savdosi markazi bo‘lgan. Ayni shu vaqtda, ular davlat markazlari vazifasini ham o‘taganlar, shaharlarda hokimiyat-boshqaruv, armiya, chinovniklar to‘plangan. Natijada, shahardavlat (goroda-polisi) vujudga kelgan. Masalan, Rim, Afina, Vizantiya, Karfagen, Buxoro, Samarqand (Marokand), Xiva shular jumlasidandir. 2. 0 ‘rta asr shaharlari (VI-XVI asrlar). Feodalizmda shaharlar rivojlanishi hunarmandchilik va qishloq xo‘jaligi, yerdan foydalanish bilan (feod - yer) bog‘liq bo‘lgan. Bu davrda ijtimoiy mehnat taqsimoti yanada chuqurlashib, shaharlaming savdo (dengizbo‘yi savdosi) va harbiy strategik ahamiyati ortadi, ular katta hududlaming siyosiy, diniy, iqtisodiy va madaniy hamda savdo markazlari funksiyasini bajargan. Natijada Parij, 24 Moskva, Venetsiya, Madrid, London, Dehli, Guanchjou, Agra shaharlari bu davming yirik shaharlariga aylangan. Buyuk geografik kashfiyotlar dengizbo‘yi shaharlarining rivojlanishini tezlashtiradi. Aholi soni mazkur davr boshlarida urushlar, epidemiyalar oqibatida sekinlik bilan o‘sib, davr oxirlarida esa tez o‘sgan. Yevropaning eng yirik shaharlarida 200-500 minggacha aholi yashagan, Osiyoda esa ular ancha ko‘p - 1-2mln. gachaaholigaegabo‘lgan(Guanchjou, Dehli, Chanyan).5 3. Ishlab chiqarish shaharlari (XVII-XX asrning birinchi yarmi). Mazkur davrda shaharlaming shakllanishi va jadal taraqqiy etishining asosini mashinalashgan sanoat tashkil etadi. Ijtimoiy va geografik mehnat taqsimoti takomillashib, ko‘plab aholi qishloqlardan shaharlarga ko‘chib kela boshlaydi. Shaharlar aholi va ishlab chiqarish mujassamlashgan yirik markazlarga aylanadi. Dunyodagi eng birinchi sanoat shahri - Buyuk Britaniyadagi sanoat inqilobi ro‘y bergan Manchester shahri hisoblanadi. Chikago, Kyoln, Essen, Detroyt, Nyu-York, Peterburg, Amsterdam, London, Parij kabi shaharlar sanoat ishlab chiqarishi asosida jadal rivojlana boshlagan. 1800-yilgacha London o‘zining 900 000 aholisi bilan dunyoda eng katta shahar boMgan. 1X01-1851-yillarda Birmingem aholisi 273 % ortib, 7 1 000 nal'ardan 256 000 nafarga ko‘paydi, Manchesterda esa shu davrda 75 000 nafardan 338 000 nafarga ortdi (351%). Glazgoda aholi soni 84 000 kishidan 350 000 kishiga ko‘paydi (317 %). Lavton (1972) hisobi bo‘yicha, Britaniyaning 27 mln.ga ortgan aholisining deyarli barchasi 1801-1911-yillarda urbanistik hududlarda istiqomat qilgan. XIX asrning ko‘pgina yirik sanoat shaharlarida boylik o‘z aksini monumental jamoaviy binolar qurilishi va madaniy institutlarda topdi (M.Pacione, 2009, 46-b). Sanoat shaharlari XIX asrda shaharlaming rivojlanayotgan aholisiga ko‘rsatilayotgan urbanistik xizmatlar va infrastrukturasiga ulkan zarba bo‘lib qo‘shildi. Jamoat sanitariyasi va suv ta’minoti nomutanosibligi yuzaga keldi va nisbatan past qatlam istiqomat qiluvchi hududlarda suv ta’minoti deyarli mavjud bo‘lmagan. 0 ‘rta asr Londonida 200 000 dan ortiq drenajsiz quduqlar mavjud bo‘lib, Temza daryosi virtual ochiq kanalizatsiyaga aylanib qolgan. Bu kabi holat boshqa yirik sanoat shaharlarida ham kuzatilgan hamda vabo, tif kabi kasalliklar kambag‘allar 5 Перцик E. География городов (Геоурбанистика).-М., 1991, 140 с. 25 o‘rtasida tarqalgani hayratlanarli holat emas. 1832-yilda vabo epidemiyasi 5000 londonlikni oiimiga sababchi bo‘lgan boisa, xuddi shu yili Glazgoda 2800 kishini hayotdan olib ketdi. Boylik, tanlov imkoniyati aholi guruhlari o‘rtasida turlicha bo‘lgan (M.Pacione, 2009, 49-b). Rivojlangan davlatlarda shaharlar yirik ishlab chiqarish markazlari bo‘lishi bilan bir qatorda, aholi tabaqalanishiga asoslangan boy va qashshoq kvartallar, transport tirbandligi, atrof-muhitning ifloslanishi, ishsizlik, jinoyatchilik kabi muammolar keskinlashadi6. Aholi ko‘payishi, tabiiy resurslaming ko‘plab o‘zlashtirilishi, yirik sanoat korxonalarining ortishi shaharlar, ayniqsa, poytaxt shaharlaming markazlashuviga sabab bo‘ldi. 4. Postindustrial shaharlar (1970-yillardan hozirgi kunga qadar). Fan-texnika inqilobi natijasida, sanoat yetakchilik qilgani holda, shaharlaming ilm-fan, texnik-iqtisodiy, moliyaviy, siyosiy-madaniy fiinksiyalari ortib boradi. Ular ko‘p funksiyali shaharlarga aylanib, murakkab shahar tizimlarini (shahar aglomeratsiyalari, megalopolislar) shakllantiradi. Bu davr jahon miqyosida globallashish jarayonining yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lib, xalqaro ish yuritish, moliya-kredit, iqtisodiymadaniy, savdo, siyosiy-tashkiliy funksiyalar shaharlar rivojlanishining asosini tashkil etadi. Bunday funksiyalaming takomillashib borishi natijasida xalqaro miqyosda ish bajamvchi “dunyoviy shaharlar” vujudga kelmoqda, masalan, xalqaro moliyaviy markazlar - London, Birmingem, Syurix, Jeneva; xalqaro turizm markazlari - Singapur, Kuala-Lumpur, Parij; iqtisodiy markazlar - Nyu-York, Tokio, Seul; siyosiy markazlarGaaga, Vena va h.k. Respublikamizda bozor munosabatlari sharoitida shaharlar siyosiy-madaniy, iqtisodiy-moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, investitsiya va innovatsiya markazlari sifatida rivojlanmoqda. “Bellning fikricha, industrial shaharlami postindustrial shaharlardan ajratib turavchi chegara 1956-yilda AQSHda sanoat sivilizatsiyasi ta’sirida birinchi marta oq yoqali ishchilar miqdori ko‘k yoqali ishchilar sonidan ortib ketganida sezilgan. Bell uchun postindustrial jamiyatlardagi mukammallik davri iqtisodiy tashkilot va sotsial munosabatlar tabiatidagi fundamental o‘zgarishlami anglatadi. Natijada, postindustrial shahar belgilari quyidagicha ko‘rinish oladi: 6 Перцик E. География городов (Геоурбанистика}.-М., 1991, 9 с. 26 Iqtisodiy asos deindustrializatsiya va tertiarizatsiyada namoyon bo‘ladi. Ish bilan ta’minlash Fordism7 tizimidagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda aks etadi. Bular: • Global iqtisodiy tizimga chuqur integratsiya. • Urbanistik shakllami qayta tarkib topishi. Daromadlar notengligi, sotsial va hududiy ajratish, urbanistik hududni xususiylashtirish va himoya qilinishi zarur bo‘lgan hududlaming ortishi kabi rivojlanayotgan muammolami ko‘payishi (M.Pacione, 2009, 51-b.). Bu davr uchun quyidagi xususiyatlar xos: Dunyo shaharlari global tizimining shakllanishi. Bu samaradorligi yuqori bo‘lgan markazlardan uzoqda joylashgan yerlar bilan dunyoning bir xil ko‘rinishga keltirilishi, ya’ni ishchi kuchi va kapitalning global shaharga kelib mujassamlashuvi orqali alohida “dunyo shaharlari”ning kengayishi va ulaming quyi darajadagi shaharlarga ta’sirining oshishi. Qisqacha aytganda, mahalliy globallashib, global hududlar mahalliylashib bormoqda. Urbanistik shakllami tubdan qayta qurilishi. Bu qayta ishlash katta miqdorda neologizmlami ishlab chiqib, ular shaharlarni bir vaqtning o‘zida ichkaridan tashqariga va tashqaridan ichkariga yo‘nalgan o'zgarishlarini ifodalovchi jarayonlar-megashahar, tashqi shahar, shahar chcgarasi, metropleks8, texnoburb9, post-suburbia, texnopolis, geicrpas va ekzopolis kabilami o‘z ichiga oladi (M.Pacione, 2009,
|
| |