|
Shahar hosil qiluvchi asosiy omillar
|
bet | 150/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari54. Shahar hosil qiluvchi asosiy omillar
. Shaharlar duch kelgan yerda, o‘z-o‘zidan vujudga kelavermaydi, ular qulay geografik o‘rinda, aholi ehtiyojiga ko‘ra, turli omillar ta’sirida shakllanadi. Dastlabki shaharlaming shakllanishida tabiiy sharoit muhim rol o‘ynagan, shaharlar asosan issiq mintaqalarda, sug‘orma dehqonchilik rivojlangan yerlarda paydo bo‘lgan. Insoniyat hayoti tarixida uch asosiy o‘zgarishlar yuz bergan: 1 - m.aw. 7000-yillikda qishloq xo‘jaligining rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan inqilob va Iroqdagi Jarmo, Isroildagi Jericho kabi neolit davri manzilgohlari rivojlanishi bo‘lgan. 2 - sanoatdan oldingi inqilob bo‘lib, u shaharlami yuzaga keltirgan. 3 - XVIII-XIX asrlardagi sanoat inqilob bo‘lib, bizning hozirgi shaharlarimiz ilk ko‘rinishini yaratib bergan. Bu shaharlar hozirgi postindustrial shaharlargacha bo‘lgan davmi o‘z ichiga oladi. Atrof-muhit, topografiya, iqlim, ijtimoiy ahvol va tabiiy resurslar ilk shaharlar o‘sishiga asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bo‘lganligini, biz, Yaqin Sharq shaharlarining Tigr va Evfrat daryolari oralig‘ida joylashganligi, daryolar shaharlami nafaqat suv, balki unumdor tuproq bilan ham ta’minlanganligidako‘rishimiz mumkin (M.Pacione, 2009, 37-b.). Agar xaritaga qarasak, tabiiy sharoiti noqulay bo‘lgan oikalarda, cho‘l, tog‘ yoki sovuq mintaqalarda ulaming nihoyatda siyrak joylashganini ko‘ramiz. Qadimda shaharlar savdo-sotiq va hunarmandchilik negizida paydo bo‘lgan. Keyinchalik bunga eng ko‘p sanoat va transport sababchi bo‘lgan. Ko‘p hollarda, garchi tabiiy sharoit noqulay 32 bo‘lsa-da, tabiiy resurslami o‘zlashtirish asosida ko‘plab shaharlar vujudga kelgan. Qazilma boyliklami o‘zlashtirish asosida shakllangan shaharlarni ilmiy adabiyotlarda «resurs shaharlar» deb ham yuritiladi. Bunday shaharlar, odatda, o‘z atrofi, qishloq joylar bilan kam bog‘langan boiadi. Ulaming nomlari ham ko‘pincha kon nomini anglatadi, masalan, Gazli, Jezqazg‘an, Toshko‘mir, Magnitogorsk va boshqa resurs shaharlar odatda kichik bo‘ladi, agar shahar hayoti shu resurs bilangina bog‘liq bo‘lsa, resurs tugagach, shahar inqirozga uchrashi mumkin. Lekin ko‘p hollarda bunday shaharlarda boshqa tarmoqlar shakllanib, uning iqtisodiy asosini tashkil etadi va shahar rivojlanishda davom etadi. Masalan, Angren shahri ko‘mir konini qazib olish asosida vujudga kelgan “resurs shahar” bo‘lgan, keyinchalik kaolinni qayta ishlash, chinni ishlab chiqarish, Angren IESi faoliyati bilan u sanoat shahriga aylandi. 2013-yilda Angren iqtisodiy industrial zonasining tashkil etilishi uning rivojlanishi uchun yana bir muhim omil bo‘ldi. Shahaming vujudga kelishi va rivojlanishining muhim omilidan biri - aholi boiib, u shahaming tarkibiy qismi hisoblanadi. Aholisiz shahar bo‘lmaydi, shahaming o‘lchami - katta-kichikligi ham aholi soni bilan belgilanadi. Aholining tabiiy va mexanik o‘sishi, qishloqlaming shaharga aylanishi shahaming o‘sishiga ta’sir etadi va aksincha. MDH davlatlari mustaqillikka erishgach, Rossiyaning shimoliy sovuq o‘lkalaridagi shahar va shaharchalardan aholi ko‘plab markazga ko‘chib ketib, ular “bo‘shab” qoldi. Kalkutta, Lagos, Shanxay kabi shahar va aglomeratsiyalar esa, aksincha, atrofdan ko‘plab aholini yig‘ib olib, yiriklashib ketmoqda. Shahar aholisi soni tabiiy o‘sish, aholi migratsiyasi va ma’muriyhududiy o‘zgarishlar hisobiga o‘zgarib boradi. Jahon miqyosida shaharlaming tez ko‘payishi va jadal rivojlanishiga ta’sir etadigan muhim omil - sanoatdir. 1780-yillarda ro‘y bergan sanoat inqilobi natijasida sanoat shaharlari (industrial shaharlar) vujudga kela boshladi. Hozirgi kunda yer yuzidagi barcha shaharlarda sanoat korxonalari mavjud. Ayrim shaharlar sof sanoatga ixtisoslashgan bo‘ladi: Chirchiq, Bekobod, Olmaliq va h.k. Ayniqsa, ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish shakllari - ixtisoslashuv, ko33 operatsiya, mujassamlashuv va boshqalar asosida shaharlar va ularning ti/imlari shakllanadi. Mamlakatlardagi sanoat ishlab chiqarishini asosiy qismini shaharlar beradi. Shaharlaming ajralmas tarkibiy qismidan biri - transport hisoblanadi. N.N.Baranskiy shaharlar yo‘llar bilan birga hududning asosi - “qovurg‘asini” tashkil etadi, deb hisoblaydi.12 Shaharlaming ko‘pchiligi yo‘llar bo‘ylarida, ulaming chorrahalarida vujudga keladi. Transport rivojlanishi bilan shahar hududi ham, yer yuzida ulaming tarqalish hududi ham kengayib boradi, barcha shaharlar bir-birlari bilan transport yo‘llari orqali bogTanib, shaharlar to‘rini hosil qiladi. XIX asrda shaharlar rivojlanishiga FTI (texnologik inqilob) ta’sir eta boshladi. Shahar hosil qiluvchi tarmoqlar sifatida ilm-fan, texnika chiqa boshladi. Bu esa ko‘plab aholini o‘ziga jalb etib, shaharlar juda yiriklashib ketdi. Shaharlaming geografik o‘mi deganda, biz shaharlaming atrofidagi geografik obyektlarga nisbatan joylashgani va bu obyektlaming shahar rivojlanishiga ta’sirini tushunamiz. Shahaming geografik o‘mi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi va dunyoning eng yirik shaharlari ham o‘z darajasini o‘zgartirishi mumkin. Resurslaming kamayishi, iqlimiy o‘zgarishlar, qurg‘oqchilik oqibatida qishloq xo‘jalik mahsulotlari taqchilligi va siyosiy o‘zgarishlaming barchasi shahaming holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ikkilamchi omillar sifatida esa, shahar va shaharchalaming о‘mi bo‘lib, hududiy birlik egallab turgan joyning tabiiy xususiyatlari uning boshlang‘ich va keyingi rivojini ko‘rsatib beradi. Ammo, rivojlanish mobaynida xuddi shu o‘rin shahar o‘sishi va kengayishi uchun cheklovchi omil bo‘lib qolishi mumkin. Atmosfera ifloslanishi, suv ta’minoti muammolari, transport yo'nalishidagi o‘zgarishlar ijobiy joylashuvni salbiy tomonga o‘zgartirishi mumkin
|
| |