Shahrlarning hududiy tizimlari




Download 1,66 Mb.
bet153/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

57. Shahrlarning hududiy tizimlari
So‘nggi yillarda urbanizatsiya jarayoni sifat jihatdan o‘zgarib, o‘zining yuksak cho‘qqisiga erishdi; yirik shaharlar o‘z doirasidan chiqib, yangi hududiy tizimlar - shahar aglomeratsiyalari va megalopolislar ko‘rinishida namoyon bo‘la boshladi. “Aglomeratsiya” lotincha so‘z bo‘lib, “to‘plamoq”, “qo‘shib olmoq” ma’nosini bildiradi. Mazkur termin ko‘p sohalarda, masalan, sanoatda, geologiyada ishlatilib, keyinchalik aholi manzilgohlari uchun ham qo‘llanila boshlandi. Umuman olganda, “aglomeratsiya” tushunchasi dastavval nemis olimi Alfred Vebeming sanoat shtandorti nazariyasida qo‘llanilgan. U sanoat korxonalarini joylashtirishda transport, iste’mol omillari qatorida aglomeratsiya omiliga ham katta e’tibor bergan. Bu so‘zni birinchi marta amerikalik shaharshunos olim Adna Veber 1899- yilda shaharlar geografiyasi faniga olib kirdi va aholi manzilgohlarining bir joyda to‘planishi uchun ushbu terminni ishlatdi. Shahar aglomeratsiyalari rus - sovet adabiyotlarida 1910-20-yillardan A. Kruber, M. Dikanskiy, V. Semyonov - Tyan - Shanskiy tomonidan o‘rganila boshlandi va turli nomlar bilan ataldi, masalan, “iqtisodiy shahar”, “shahaming xo‘jalik okrugi”, “planlashtirilgan rayon” va h.k. Yirik shaharshunos olim G.M. Lappo unga shunday ta’rif beradi: “Shahar aglomeratsiyalari xilma-xil intensiv aloqalar bilan yagona, dinamik tizimga birlashgan aholi manzilgohlarining ixcham hududiy guruhidir”. “Shahar aglomeratsiyasi” tushunchasi ma’lum ma’noda shartli xarakterga ega. Sababi, bunday hududiy tizimlarda faqat shahar joy54 lar emas, balki ular orasida qishloqlar ham mavjud bo‘lib, ulaming aholisi ham aglomeratsiyalashuv jarayonida ishtirok etadi. Ammo shahar, ayniqsa, yirik shaharlaming bunday murakkab tizimlarni shakllanishidagi yetakchi rolini hamda shahar aholisi va shaharcha hayot tarzini tarqalishini hisobga olib, bunday tuzilmalar shahar aglomeratsiyalari deb ataladi. Shahar aglomeratsiyalarining vujudga kelishini G.M.Lappo 2 xil turini ajratadi. “Shahardan” - asosiy shahardan unga mos kelmaydigan obyektlar yaqin atrofiga olib chiqiladi yoki shahar uchun zarur bo‘lgan obyektlar uning atrofidagi yo‘ldosh shaharlarga quriladi. Shu tariqa aglomeratsiya paydo bo‘ladi va rivojlanadi. “Rayondan” - konlar yoki yangi yerlar o‘zlashtirilayotgan rayonlarda, Sharq mamlakatlarida ko‘proq sug‘orma dehqonchilik rayonlari da bir necha aholi manzilgohlaridan birortasi qulay IGO‘ ga ega bo‘ladi, u tez rivojlanib, dominantlik qiladi va aglomeratsiya yadrosiga, qolganlari esa unga yoMdosh shaharlarga aylanadi. Lekin ko‘pchilik hollarda aralash tipdagi aglomeratsiyalar uchraydi.16 Shahar aglomeratsiyalari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy tushunchalari bo‘lgan hududiy mehnat taqsimoti, iqtisodiy rayonlashtirish, hududiy majmualar va iqtisodiy geografik o‘rin bilan chambarchas bog‘liq. Ayniqsa, ular hududiy tarkib, hududiy tizim va hududiy majmualarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Avvalambor, shahar aglomeratsiyalari har qanday hududiy tarkibni shakllantiruvchi asosiy belgidir. Ular o‘ziga xos hududiy tizimni anglatadi. Bunda shahar aglomeratsiyalari zaminida sanoat va transport tuguni yotadi. Kengaygan urbanistik tizim va integratsiyalashgan yo‘l bo‘ylari o‘rtasida kapital, mahsulot, odamlar oqimi kuchayadi, bu qishloq va shahar faoliyati o‘rtasidagi farqlami pasaytirishga xizmat qiladi (.M.Pacione, 2009, 192-b.). Ayni vaqtda, shahar aglomeratsiyalari yagona iqtisodiy geografik o‘rin, iqtisodiy makon, bozor muhitini ham bildiradi. Ularda yagona investitsiya muhiti, ekologik, nozoogeografik va kriminogen vaziyat ham vujudga keladi. Xususan, shahar aglomeratsiyalarining yagona sotsial muhit ekanligini ta’kidlash lozim. Chunki aglomeratsiyada o‘ziga xos yashash sharoiti, kishilaming haftalik mehnat - hayot faoliyati sodir bo‘ladi.

Download 1,66 Mb.
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   171




Download 1,66 Mb.