Toshkent iqtisodiy rayoni shaharlari




Download 1,66 Mb.
bet158/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

62. Toshkent iqtisodiy rayoni shaharlari
Toshkent iqtisodiy rayoni respublikada poytaxt mintaqasi, rivojlangan sanoat, qurilish, transport tizimi, iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmasi, o‘zining iqtisodiy-ijtimoiy, demografik va urbanistik salohiyati bilan yuqori mavqeni egallaydi. Bunga uning qulay geografik o‘mi, tabiiy-geografik, iqtisodiy-ijtimoiy, tarixiy, demografik va boshqa qator omillar ta’sir ko‘rsatgan. Mintaqaning tog‘ va tekislikning kesishgan qismida, G‘arb va Sharqni bog‘lovchi muhim karvon yo‘llari bo‘yida joylashgani, bu yerdan Chirchiq va Ohangaron daryolarining oqib o‘tishi azaldan ko‘plab aholi manzilgohlarining vujudga kelishida bosh omil bo‘lib hisoblangan. Keyinchalik Toshkent-Krasnovodsk (hozirgi Turkmanboshi) va Toshkent - Orenburg, Turkiston - Sibir, Toshkent - Barraj, ToshkentYangiyo‘l - Chinoz, Toshkent - Keles - Darvoza, Toshkent - Angren temir yo‘llarining qurilishi, Toshkent - Xojikent, Toshkent - Xovos temir yo‘lining elektrlashtirilishi uning transport geografik o‘mini 75 yaxshiladi, Shu bilan birga, Katta 0 ‘zbek trakti, Chimkent, Jizzax, Qo‘qon va boshqa yo‘nalishdagi magistral yo‘llar boshqa o‘lkalar bilan iqtisodiy aloqalarini mustahkamladi va bu yerlarda qator aholi manzilgohlarini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Mintaqani vujudga kelishidagi yana bir muhim omil - ko‘p funksiyali, katta ilmiy-texnik, geosiyosiy va iqtisodiy-madaniy qudratga ega boMgan rivojlangan sanoat va transport tuguni, poytaxt - Toshkent shahrining mavjudligidir. Uning ta’sir doirasida mintaqada shaharlashish jarayoni jadal bormoqda. Iqtisodiy rayon urbanistik salohiyatining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Urbanizatsiya darajasi 73,2 foizni tashkil etadi. Jami shaharlar soni 17 ta bo‘lib, yagona millioner shahar, 3 ta katta va 3 ta o‘rta shaharga ega. Hududiy urbanistik tarkibiga ko‘ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyati shaharlaridan iborat.
Toshkent shahri uzoq va murakkab tarixga ega bo‘lib, uning qachon paydo bo‘lganligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. So‘nggi yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar, xususan, Yunusobodning Mingo‘rik dahasidan qazib olingan topilmalar shundan dalolat beradiki, bundan taxminan 2200-yillar muqaddam uning o‘mida shahar xarobalari bo‘lgan. Shahar turli nomlar bilan (Yuni, Choch, Shosh, Binkat) tarixiy manbalarda uchraydi. Uning hozirgi nomi XI asrda Abu Rayxon Beruniy va tarixchi Mahmud Qoshg‘ariy asarlarida tilga olingan.

Download 1,66 Mb.
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent iqtisodiy rayoni shaharlari

Download 1,66 Mb.