|
Toshkent shahri va IG’O va rivojlanishi
|
bet | 159/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari63. Toshkent shahri va IG’O va rivojlanishi
Toshkent shahri uzoq va murakkab tarixga ega bo‘lib, uning qachon paydo bo‘lganligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. So‘nggi yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar, xususan, Yunusobodning Mingo‘rik dahasidan qazib olingan topilmalar shundan dalolat beradiki, bundan taxminan 2200-yillar muqaddam uning o‘mida shahar xarobalari bo‘lgan. Shahar turli nomlar bilan (Yuni, Choch, Shosh, Binkat) tarixiy manbalarda uchraydi. Uning hozirgi nomi XI asrda Abu Rayxon Beruniy va tarixchi Mahmud Qoshg‘ariy asarlarida tilga olingan. Shahaming hozirgi kungacha bosib o‘tgan tarixini quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin: 1 - davr (1917 - yilgacha). Shahaming qulay geografik o‘rinda: qit’alararo savdo yo‘Harming kesishgan qismida joylashgani uni yirik savdo markaziga aylantirdi. Toshkent shahri tekislikda, o‘troq dehqonchilik va ko‘chmanchi chorvachilik rayonlarining kesishgan qismida joylashgan bo‘lib, bu yerda turli mahsulotlar ayirboshlanar edi. U g‘arb va sharq, shimol hamda janub o‘rtasidagi savdo iqtisodiy aloqalarda asosiy o‘rin tutgan. Shu bilan bir qatorda, ko‘chmanchi xalqlaming bosqinlariga qarshi 0 ‘rta Osiyo hududidagi harbiy funksiyalami bajaruvchi istehkom ham edi. Shahar ko‘plab chet el bosqinchilariga qarshi kurash76 larda vayron bo‘ldi, lekin qulay yerda joylashgani uchun yana o‘zini bir necha bor tiklab oldi. Shahar qal’a devorlari bilan o‘ralgan bo‘lib, uning o‘rtasida bozor bo‘lgan. Bozordan sakkiz tomonga yo‘l o‘tib, uni atrof bilan bog'lagan. 1865-yilda Rossiyaga qo‘shib olingach, Toshkent 0 ‘rta Osiyoga kiruvchi asosiy “darvoza” rolini o‘ynadi. Shahar Ural, Volgabo‘yi, Rossiyaning markaziy qismi va Sibir bilan savdo-iqtisodiy munosabatlami olib bordi. Bu yerdan xilma-xil yuk - ipak, gazlama, paxta, ten, hunarmandchilik buyumlari va qishloq xo‘jalik mahsulotlari, qorako‘l, quritilgan meva, sholi, guruch, gilam olib ketilar, mashina, asbob-uskuna, metall, shakar kabi mahsulotlar olib kelinar edi. Shahar hududiy jihatdan kengayib, Anhor kanalidan sharq va janubga-Salor daryosi tomonga qarab kengaya bordi va uning “yevropacha” yangi qismi qurila boshlandi. Yangi sanoat korxonalari qurildi, Toshkent qo‘shimcha vazifalami o‘z zimmasiga ola boshladi; hunarmandchilik - savdo markazi va harbiy strategik markazdan endi u Turkiston general gubematorligining va Sirdaryo viloyatining markaziga, ya’ni ma’muriy boshqaruv funksiyalami ham bajaruvchi yirik shaharga aylandi. 2-davr (1917 - 1940 yy.) Oktabr inqilobidan so‘ng shahar hayotida katta o‘zgarishlar yuz berdi. 1924-yildan boshlab shahar rekonstruksiya qilinib, sanoat korxonalari, yangi uy-joylar, o‘quv yurtlari va boshqa binolar qurildi. U Turkiston o‘lkasining sanoat va transport markaziga aylandi. Bu davrda nafaqat shahar ichi, balki uning atroflarida ham yangi qurilishlar amalga oshirildi. 1930-yilda poytaxtlik funksiyasini olishi Toshkent shahrini 0 ‘zbekiston, qolaversa, 0 ‘rta Osiyodagi ma’muriy-madaniy markaz darajasiga olib chiqdi. Shahar hududi shimoli-sharqiy tomonga qarab kengaydi. Markaziy qismi radial-halqasimon shaklda bo‘lib, 12 ta radial va 3 ta halqa yo‘ldan iborat edi. Shahar boshqa o‘lkalardan o‘zining relyef, iqlim, milliy xususiyatlari jihatdan farq qilishi qurilishlarda o‘ziga xoslikni talab etdi. 1939-yilda TashNIIGenplanida (A.I.Kuznetsov va M.M.Kleymanov) 25 yilga mo‘ljallangan maydoni 13,8 mingga va aholisi 900 ming kishiga teng keluvchi shahar loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, shahar hududi shimoli-sharqiy va janubi-g‘arbiy tomonga - Cho‘ponota arig‘igacha, sharqda Qorasuvgacha boigan hududni o‘z ichiga olgan edi. 1939-yilda shahar 77 aholisi 584 ming kishini tashkil etib, u 0 ‘rta Osiyodagi eng yirik, ko‘p funksiyali shaharga aylandi va 90 km2 maydonni egalladi (Toshkent, Ensiklopediya, 2009). 3-davr (1940 - 1945 yy.). Bu davr qisqa vaqtni o‘z ichiga olsa-da, ro‘y bergan urush tufayli katta o‘zgarishlarga boy bo‘lib, shahaming rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. Mazkur davr uchun Rossiya, Ukraina, Belorussiyadan ko‘plab sanoat korxonalari va aholining ko‘chirib keltirilishi xos bo‘ldi. Umsh yillarida Toshkent harbiy arsenal sifatida, mudofaa-tashkiliy ishlami bajardi. 1942-yilda bu yerdagi sanoat korxonalarining yarmi harbiy mahsulot ishlab chiqarar edi. Front chizig‘idan yana 100 dan ortiq korxonalar va ko‘plab aholi evakuatsiya qilindi. Bu davrda Toshkent shahri sanoatida juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdiki, bu uning keyingi sanoat tarkibida mashinasozlik va metallurgiya sanoatiga ixtisoslashuvi uchun asos bo‘ldi. Agar 1940-yilda ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlarining 81% i yengil sanoat hissasiga to‘g‘ri kelgan boisa, 1941-yilda 60 foizini og‘ir sanoat egalladi (asosan harbiy sanoat) (Toshkent, Ensiklopediya, 2009). Shu bilan birga, bu yerda yuqori malakali kadrlar to‘plandi, xalq xo‘jaligining turli sohalari, fan va madaniyatkino, teatr, o‘quv yurtlariga asos solindi. 1946-yilda uning hududi 130 km2 ga teng bo‘ldi yoki 10-yil ichida deyarli 1,5 martaga kengaydi. 4-davr (1946-1990 yy). Mazkur davrda shahar muhim transport va sanoat markazi sifatida faoliyat ko‘rsatishni davom ettirdi, Sharqda uning siyosiy roli ortdi. Aholi sonining ko‘payib borishi, funksiyalarining ortib borishi bilan uning maydoni ham kengaydi. Shaharda ko‘p qavatli binolar qurila boshladi, aholi soni tez ortib bordi. 1966-yilgi zilziladan so‘ng u qayta tiklandi va zamonaviy shaharga aylandi. Ko‘plab uy-joylar, boshqaruv organlari binolari, ilmiy tekshirish institutlari, o‘quv yurtlari, madaniy obyektlar, savdo markazlari, sanoat korxonalari qurildi. Aholi soni ortib borib, u 1960-yilda millioner shaharga aylandi. 1970 - yilda Tashgiprogor instituti tomonidan 25 ming ga maydon va 1,5 mln. aholiga mo‘ljallangan yangi reja tuzildi: Visokovoltniy, Risoviy, Shimoli - sharq, Yunusobod, Qoraqamish massivlari qurildi. 1977-yilda uning turli qismlari metro bilan bog‘landi. Shahar mavjud imkoniyatlaridan ortiq darajada vazifalami bajara boshladi. Natijada, o‘z muammolarini shaharning ma’muriy - hududiy doirasida hal eta olmay, atrofi bilan bogTandi.
Ko‘p mehnat talab qiluvchi, ekologik “xavfli” va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan bevosita bog‘liq sanoat korxonalari tashqariga chiqarildi va yo‘ldosh shaharlarda qurildi. Xususan, yirik shaharga mos kelmaydigan obyektlar, asosan oziq-ovqat sanoati korxonalari, jumladan, konserva, paxta tozalash, go‘sht kombinati va boshqalar chetga-Yangiyo‘l, 0‘rtaovul, Qibray shaharlariga qurildi yoki olib chiqildi. Zangiota, Chirchiq, Qibray, Piskent, Bektemir sha79 harlarida ayrim korxonalaming filiallari joylashtirildi. Ulaming asosida Toshkent atrofida shaharlar vujudga keldi va rivojlandi. 1985-yilda TashNIIGenplan instituti tomonidan (Raimov Т., Lifanovskaya М., Mirzayev M. va b.) shahami bevosita Toshkent viloyati bilan birga hududiy tashkil etishning 2010-yilga mo‘ lj allangan konsepsiyasi yaratildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahrini asosan janubig‘arbiy va shimoli-sharqiy tomonga, qisman atrofga perimetral holatda rivojlantirish mo‘ljallandi. Bo‘ka, Chinoz, Yangiyo‘l, Parkent va boshqalar tez rivojlanishi mumkin bo‘lgan shaharlar qatorida turdi. Bu davrda shahar maydoni 256 km2 ni tashkil etdi va 0 ‘rta Osiyoda aholi soni, iqtisodiy, madaniy jihatdan eng yirik shahar va yirik aglomeratsiyaning markazi sifatida faoliyat ko‘rsatib, Kiyev, Minsk, Baku, Novosibirsk shaharlari qatorida turdi. 5-davr (1991-yildan hozirgi kungacha). Respublikaning mustaqillikka erishishi 2 milliondan ortiq aholiga ega boigan milliy poytaxt zimmasiga yanada ulkan davlat siyosiy vazifalarini yukladi. 0 ‘tish davrida shaharda bozor munosabatlariga xos muhit shakllandi: iqtisodiyot tarmoqlarida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, yirik sanoat ishlab chiqarishi o‘mini kichik va o‘rta korxonalar egalladi, yerdan foydalanishga bo‘lgan munosabat o‘zgardi, yangi tarmoqlar vujudga keldi, poytaxt shaharning xalqaro miqyosda geosiyosiy va boshqaruv mavqeyi ortdi, siyosiy-ma’muriy va ilmiy-madaniy kabi sof poytaxtlik funksiyalari tez rivojlandi. Xususan, ilmiy tekshirish, konstruktorlik-loyihalash tashkilotlari, bozor infratuzilma shoxobchalari, oliy o‘quv yurtlari, kadrlar tayyorlash, transport infratuzilmasi va savdo markazlari to‘plandi. Toshkent mustaqil davlatning siyosiy markaziga aylandi. Mustaqillik yillarida shahar ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tilishi bilan tadbirkorlik, xorijiy sarmoyalar kiritish, yangi bankmoliya tizimini shakllantirish, mulkni xususiylashtirishga e’tibor qaratildi. Shahar qurilishida katta ishlar amalga oshirildi, xiyobon, ko‘cha, maydonlaming nomlari qayta nomlandi. Shahar transporti yanada takomillashdi. 1996-yil 31-yanvar “Toshkent shahrida uy-joy qurilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, asosiy e’tibor aholini uy-joy bilan 80 ta’minlash (yosh oilalarga kreditga uy-joy berish), aholini turmush darajasini oshirish, ijtimoiy muhofaza qilish, shaharda aholi yashashi uchun qulay va sog‘lom muhit yaratishga qaratildi. 2008-yilda shaharning 2200-yillik yubileyi nishonlandi. Shahar chegaralari janubiy, shimoli-sharqiy, shimoli-g‘arbiy yo‘nalishlarda kengaytirildi (7-jadval). “Toshboshboshqarma” ilmiy tekshirish instituti tomonidan 2030-yilga mo‘ljallangan Toshkent shahri va okrugini rivojlantirish loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, shahar maydonini Qibray, 0 ‘rtachirchiq, Zangiota tumanlari maydoni hisobiga kengaytirish, shahar-bog‘ga aylantirish, aeroportni 45 km Jizzax tomonga olib chiqish, uchinchi halqa yo‘lini qurish, Olmazor tumanidan Sirg‘ali tumaniga “yengil metro” qurish va h.k. rejalar belgilangan va ular amalga oshirilmoqda.
|
| |