|
Zarafshon iqtisodiy rayoni shaharlari
|
bet | 162/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari66.Zarafshon iqtisodiy rayoni shaharlari
Iqtisodiy rayon mamlakatimizning qoq markazida, Zarafshon daryosining o‘rta va quyi qismida shakllangan xo‘jalikning hududiy tizimini o‘z ichiga olgan; mintaqaning Mirzacho‘l, Quyi Amudaryo hamda Janubiy iqtisodiy rayonlar bilan tutashganligi, qulay iqtisodiy geografik o‘mi, shaharlar to‘ri va tizimining shakllanishiga ta’sir etgan. Hudud shaharlarining umumiy soni jihatidan faqat Farg‘ona va Janubiy rayonlarga yon bosadi (jami 232 ta shahar va shaharchalar). Shundan, 2 ta yirik, 1 ta katta, 4 ta o‘rta va 225 ta kichik shaharlarga ega. Rayonning umumiy maydoni 168,1 ming km2 bo‘lib, u mamlakat hududining 37,4 foizini tashkil qiladi. Bu jihatdan Zarafshon iqtisodiy rayoni 0 ‘zbekistonda faqat Quyi Amudaryo rayonidan kichikroq, xolos. Aholisi 5,0 mln. yoki respublika umumiy aholisining deyarli 1/5 qismiga barobar. Mintaqaning urbanistik salohiyati nisbatan yuqori. Urbanizatsiya darajasi 41,9 foizni tashkil etadi. Respublika jami shahar aholisining 15,6 foizi mazkur rayonga to‘g‘ri keladi. Mintaqa shaharlari shakllanish tarixi, katta-kichikligi va bajaradigan funksiyasiga ko‘ra, o‘ziga xos xususiyatga ega. Binobarin, mintaqaning ayrim shaharlari mamlakatimiz qadimgi davlatchiligining shakllanish va rivojlanish markazlari bo‘lsa, ba’zilari o‘tgan asming 50-yillarida paydo bo‘lgan “yangi” shaharlar sirasiga kiradi. Buxoro va Navoiy viloyati shahar manzilgohlari joylashuvida keskin farqlanishlar ko‘zga tashlanadi. Mazkur mintaqaning cho‘llik xususiyatiga xos holda shaharlar to‘ri va tizimida, aholi joylashuvi hamda ixtisoslashuvida o’ziga xos xususiyatlami kuzatish mumkin. Samarqand viloyati shaharlarining aynan karvon yo‘llari kesishgan Buyuk Ipak yo‘lida, madaniyat va sivilizatsiyalar tutashgan chorrahada joylashuvi, mikro va mezogeografik o‘mining qulayligi shaharlar geografiyasining kengayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Navoiy viloyatining tabiiy sharoti asosan cho‘ldan iborat ekanligi ishlab chiqarish kuchlari hamda aholining joylashuv xususiyatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Viloyat iqtisodiyoti industrial-agrar yo‘nalishga ega bo‘lib, respublika hududiy mehnat taqsimotida asosan tog‘-kon sanoati, xususan rangli metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari sanoati hamda qishloq xo‘jaligida go‘sht-jun chorvachiligiga ixtisoslashgan. Yalpi hududiy mahsulotning 46,5 foizini sanoat, 6,9 foizini qurilish, 14,0 foizini qishloq xo‘jaligi, 7,9 foizini transport va aloqa beradi (2016-y.). Darhaqiqat, hudud iqtisodiyoti mamlakatimiz uchun eng muhim va noyob “strategik” ahamiyatga ega bo‘lgan sanoat tarmoqlariga ixtisoslashgan. Bu yerda oltin va fosforitning asosiy qismi olinadi; milliy iqtisodiyot uchun eng zarur bo‘lgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement”, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati va “Elektrkimyozavodi” qo‘shma korxonasi kabi yirik sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Sanoatining hududiy tarkibida, eng avvalo Navoiy va Zarafshon shaharlari ajralib turadi. Jumladan, Navoiy shahriga jami viloyat sanoat mahsulotining 51,0 foizi va Zarafshonga 40,0 foizi to‘g‘ri keladi. Qolgan hududlar ichida sanoat biroz Qiziltepa va Xatirchi tumanlarida rivojlangan, Tomdi va Uchquduq qishloq joylarida esa ishlab chiqarishning mujassamlashuvi ancha past. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mamlakatimizdagi eng navqiron viloyat Navoiyning tabiiy sharoitiga mos ravishda o‘tgan asming 70-yillarigacha shahar manzilgohlari deyarli shakllanmagan. (1939-yilda respublikada 47 ta, 1959-yilda 101 ta shahar manzilgohi). Hudud dastlabki shaharlaming paydo bo‘lishi va rivojlanishida ishlab chiqarish kuchlari va yirik qishloqlami shaharchalarga aylantirilishi katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Mintaqada shaharlar soni kam va ular tarqoq holatda joylashgan. Bu viloyat shaharlar geografiyasidagi o‘ziga xos jihatlardan biri sanaladi.
Buxoro ma’muriy jihatdan 11 ta shahar, 69 ta shaharchalami o‘z tarkibiga oladi. Mintaqa shaharlari juda boy tarixi, ko‘hna va navqironligi bilan alohida ajralib turadi. Biroq, hududga ta’sir etuvchi tabiiy omillar (“cho‘llik” xususiyati) shahar manzilgohlarining shakllanishi va xo‘jalik yuritish nuqtayi nazardan biroz noqulaylik tug‘diradi. Ammo tranzit, transchegaraviy va xalqaro magistral yo‘llaming kesib o‘tganligi ba’zan uning markaziyligini ham ta’minlaydi. Mintaqa milliy iqtisodiyotda asosan qorako‘lchilik, neftni qayta ishlash, to‘qimachilik sanoat tarmoqlari bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, bu yerda oziq-ovqat sanoati, paxta yetishtirish, xalqaro turizm ham rivpjlanmoqda. Iqtisodiyoti agrar-industrial yo‘nalishga ega hudud yer osti zaxiralariga ancha boy. Aniqlangan qazilma boyliklar ko‘proq yoqilg‘i va qurilish sanoatini rivojlantirishda ahamiyatlidir. Viloyat orografiyasining o‘ziga xosligi, cho‘l va voha shaharlarining shakllanishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu bois, Qizilqum cho‘llaridan iborat tekislik qismida shaharlar siyrak, shimoli-sharq va sharqidagi balandlik va tog'liklardan iborat Buxoro-Qorako‘l vohasida aglomeratsiya va uning “yo‘ldosh” shaharlari shakllanmoqda. G‘ijduvon-01ot yo‘nalishidagi hududning “tarixiy geografik o‘qi”da rayon iqtisodiyotining negizi Olot, Qorako‘l, Jondor, 112 Buxoro, Galaosiyo, Vobkent, G‘ijduvon shaharlari mujassamlangan. Kogon, Vobkent, Jondor, Qorovulbozor, Galaosiyo va boshqa ko‘plab shaharchalar shakllanayotgan Buxoro aglomeratsiyasining yo‘ldoshlari sanaladi
Samarqand viloyati O‘zbekiston Respublikasining markazida, Zarafshon vodiysining o‘rta qismida qadimgi karvon yoilari (Buyuk Ipak yo‘li) kesuvchan hududda joylashgan. Mintaqa Sharq va G‘arb mamlakatlari bilan savdo iqtisodiy munosabatlami olib borishda katta mavqega ega qadimiy sivilizatsiyaning asosiy markazi bo‘lgan. Hozirda bu hududdan mahalliy va xalqaro avtomobil hamda temir yo‘llaming o‘tganligi shaharlar geografiyasining shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Biroq viloyat tabiiy sharoitining turlicha ekanligi va tabiiy resurslarining notekis taqsimlanganligi, orografik hamda boshqa to‘siqlaming mavjudligi 116 aholi manzilgohlarini qulay geografik o‘ringa ega bo‘lgan Zarafshon vodiysida joylashishiga zamin yaratgan. Mamlakat geourbanistik tizimida mintaqa shaharlar to‘ri va tizimi zichligi, funksional xususiyati, sanoat tarmoqlarining diversifikatsiyasi bilan yuqoriroq o‘rinda turadi. Jumladan, 1970-yilgi aholi ro‘yxati davrida mintaqada 13 ta shahar manzilgohlari, shu jumladan, 3 shahar va 10 ta shaharchalar ro‘yxatga olingan bo‘lsa (1959-yilda 3 va 6 ta;), 2008-yilda 11 ta shahar, 12 ta shaharcha hamda 2017-yilda 11 ta shahar, 88 ta shaharcha qayd etilgan
|
| |