Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari




Download 1,66 Mb.
bet170/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

74. Shaharlar bosh rejasi
Shuningdek, qishloq tumanlari uchun rayon planirovkasi ishlab chiqiladi. Alohida aholi manzilgohlari uchun esa Bosh rejalar tuzilib, shahar va qishloq hududi sanoat, uy-joy qurilishi, dam olish nuqtayi nazaridan kichik rayonlarga ajratiladi, hatto ayrim korxona, maktab, bekat, do‘kon kabi obyektlami joylashish o‘mi aniq belgilanadi. Bosh rejalar 1:10000 yoki 1:5000 masshtabda yaratiladi. Bunday rejalar shahaming alohida qismi uchun ham tuzilishi mumkin. Xorijiy mamlakatlarda sanoat yoki industrial parklar, tashkillashtirilgan sanoat rayoni, industriya uchastkasi kabilar uchun ham ishlab chiqiladi. Ularning maydoni ko‘pincha 200 gektardan oshmaydi. Rayon planirovkasining sxema va loyihalari hamda aholi manzilgohlarining Bosh rejalari odatda, 25 yilga mo‘ljallangan bo‘ladi. Ana shu davr uchun aholi sonining bashorati ham ishlab chiqiladi. Bu bashoratlar turli usullarda (ekstropolyatsiya, mehnat resursi balansi, turli yoshdagi aholi sonini demografik surish yoki siljitish va b.) bajariladi. Yirik loyihalar ustida ba’zan o‘nlab, hatto yuzlab ilmiy tadqiqot institutlari ishlaydi. Loyihalarni ishlab chiqishda 20-30 turdagi mutaxassislar - arxitektorlar, ekolog, gidrolog, geomorfolog, tabiiy 61 va iqtisodiy geograflar, yo‘l quruvchilari, iqtisodchi va boshqalar ishtirok etadi. Shuning uchun rayon planirovkasi bir necha fanlar qirrasida vujudga kelgan boiib, kompleks xarakterga ega. Bunda har bir mutaxassis o‘z sohasi ustida ishlaydi, iqtisodiy geografning vazifasi shuki, u hudud bitta bo‘lgani bois, uni yagona tizim sifatida qarab, obyektlarni o‘zaro bir-biriga mutanosibligi va ta’sirini o‘rganadi. Bunda fandagi tizim - tarkib usuli q o i keladi. Yana bir muhim vazifa - hududni iqtisodiy rayonlashtirish: rekreatsiyaga xos, sanoat korxonasi uchun yoki aholi yashashi uchun ma’qul bo‘lgan hududlami ajratib berish, ya’ni rayonlashtirishdir. Yana shuni ham unutmaslik kerakki, mamlakatimizning bozor munosabatlariga o‘tishi, mulkchilikning turli shakllarini vujudga kelishi tufayli davlatning ilgarigi boshqaruvchanlik roli o‘zgaradi. Bu esa rayon planirovkasining maqsad va vazifalariga ham yangicha qarashni taqozo etadi. Rayon planirovkasi ilk marta 1919-yilda Angliyada vujudga keldi. Ingliz olimi Piter Selfning “shaharlar o‘z doirasidan chiqib ketmoqda” degan fikri asosida, davlat tomonidan hududdan unumli foydalanish maqsadida, ayrim hududlaming (London, Liverpul, Plimut) rayon planirovkasini tuzishga kirishildi va shaharlami rivojlantirish uchun planlar ishlab chiqildi. Rossiyada 1933-yildan qurilish ishlari rayonlaming sxemalari asosida amalga oshirila boshlandi (Qrim, Poltava, Xarkov va b.) va yaxshi natijalar berdi. 0 ‘rta Osiyoda Janubiy Tojikiston HIChM si, Chirchiq, Angren-Olmaliq sanoat rayoni uchun shunday loyihalar ishlab chiqildi. Hozirgi kunda respublikamizda ToshBoshloyiha, 0 ‘zshaharsozlik LITI tomonidan barcha shahar va shaharchalaming Bosh rejalari ishlab chiqilmoqda. Demak, rayon planirovkasi, odatda, yangi o‘zlashtirilgan, katta ahamiyatga ega boigan sanoat rayonlari, yo‘llar, hududiy majmualar, shaharlar va boshqalar uchun loyiha va sxemalar tuzadi, aholi manzilgohlari - shahar, shaharcha va hatto qishloqlar uchun Bosh rejalar ishlab chiqiladi. Bosh rejalar asosida shahar va qishloqlarda qurilish ishlari olib boriladi.

Download 1,66 Mb.
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari

Download 1,66 Mb.